Qarshi muhandislik iqtisodiyot instituti sanoat Texnologiyasi fakulteti «kimyoviy texnologiya»


Polietilentereftalatni spirtlar yordamida parchalash


Download 131.17 Kb.
bet14/14
Sana04.04.2023
Hajmi131.17 Kb.
#1327414
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   14
Bog'liq
yangi YMB KvaF Laboratoriya (Lotincha)

Polietilentereftalatni spirtlar yordamida parchalash


Ishdan maqsad: Polietilentereftalatni (PET) turli xil ko‘p atomli spirtlar bilan kimyoviy parchalanishini o‘rganish. Reaksiyaga taьsir etuvchi omillarni kuzatib borish va ular xaqida tegishli fikr muloxazalar qilish.
Xom-ashyo: Polietilentereftalat (ikkilamchi polietilentereftalat)- 48 gr (0,25 molь/elem.zveno), istalgan ko‘p atomli spirt (etilenglikol, dietilenglikol, gitserin) 0,5 molь, rux atsetati 0,5% umumiy massaga nisbatan.
Jixozlar: 4-x kolba, aralashtirgich, shisha nay, termometr, qaytar sovutgich, elektr plitasi, azot gazi to‘latilgan shar, o‘lchov tarozi 0,001 yoki 0,01 g aniqlilikda, shtativ.


Ishni bajarish tartibi: Avvaliga laborotoriya ishini bajarish uchun kerakli bo‘lgan barcha xom-ashyo va jixozlarni tayyorlab olinadi. Xom-ashyolarni aloxida –aloxida qilib o‘lchov tarozisida 0,01 g aniqlilikda tortib olinadi. Katalizator sifatida qo‘llaniluvchi moddani 0,001 g aniqlikda o‘lchab olamiz. 4-x kolbani tozaligiga, nam emasligiga ishonch xosil qilib uni shtativga maxkam o‘rnatamiz. Kolbani maxkamlagach xom-ashyolarni ketma ketlikda (polietilentereftalat, ko‘p atomli spirt, rux atsetat) solamiz, so‘ngra aralashtirgich, sovutgich, termotetr, va kapilyar naylanri o‘rnatib, elektr plitasini elektr tarmog‘iga ulaymiz. Xaroratni sekin asta oshirib boramiz spirt va PET aralashmasi gomogen xolatga o‘tgunga qadar xaroratni oshirib boramiz va xaroratni 220-225 oC da 4-6 soat davomida ushlab turamiz vaqt bo‘lgach jarayonni to‘xtatib xona xarorratigacha sovitamiz va aralashmani aralashmani fizik-kimyoviy analiz usullari yordamida tekshirib ko‘ramiz.


PET va glitserin asosidagi poliollar sintezi
Aralashtirgich va termometr bilan jihozlangan uch og‘izli kolbaga 48 gr (1 mol) ikkilamchi PET, 46 gr (2 mol, 57,5 gra 2,5 mol, 69 gr 3 mol) glitserin va 0,1 gr (0,1%) ruh atsetati solinadi va ular aralashtiriladi. Doimiy aralashtirib reaksion aralashmaning temperaturasini 3-4 soat davomida 220ºC ± 2 gacha chiqariladi. Tayyor oligomer sal jigarrang tusli qovushqoq suyuqlik holatida bo‘ladi.


Adabiyotlar
1.А.П.Григоръев, О.Я.Федотова “Лабораторний практикум по технологии пластических масс” Москва, Вис.шк. 1986.
2.Magrupov F.A. “Sintetik va tabiiy yuqori molekulali birikmalar kimyoviy texnologiyasi” fanidan ma`ruzalar matni.Toshkent 2014 y.
3. Ульрих Пот “Полиэфиры и алкидные смолы” Перевод с неметского Л.В.Казаковой. Москва “Пейнт-Медиа” 2009 г.


Download 131.17 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   14




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling