Laborotoriya ishi 3
Stirol bilan akrilonitrilni radikal sopolimerlanishi
Stirolni akrilonitril bilan sopolimerini suspenziya usulida olish.
Ishdan maqsad: Ushbu laborotoriya mashg’ulotida polimerlarnish reaksiyalari yordamida sintetik YUMB lar ishlab chiqarishning suspenziya usuli bilan sopolimerlar sintez qilinadi. Sintez qilingandan so‘ng polimerlarning hosil bo’lish unumdorligi aniqlaniladi.
Xom-ashyo: Stirol -18 gr, Akrilonitril-15, benzoil peroksid (umumiy massaga nisbatan 0,01 ), distillangan suv, Stabilizator
Jixozlar: Byunzen kolbasi, Petri chashkasi yoki shisha bo‘lakchasi, termometr, qaytar sovutgich, aralashtirgich
Ishni bajarish tartibi. Avvaliga xom ashyolar kerakli miqdorda tarozida 0,001 aniqlikda o’lchab olinadi. 50 – 60 oC xaroratda reaksion kolbada stabilizator suvda eritiladi. To‘liq stabilizator suvda erigandan so‘ng monomer solinadi va stirolda eritilgan benzoil peroksidni tomchilatib qo‘shiladi. Tinimsiz aralashtirilgan xolda xarorat 60 oC dan oshmasligi kerak. Xarorat yuqori ko‘tarilishi va aralashtirgichni to‘xtab kolishi natijasida maxsulot qumog‘-qumog‘ xolga kelib qoladi. Reaksiya oxirida hosil bo‘lgan maxsulotni distillangan suv bilan to‘ldirilgan stakanga solinadi. Hosil bo‘lgan granula xolidagi cho‘kmani iliq suvda ( suvni rangi tiniqlanguncha) yuviladi.
Topshiriq
1. Yuvilgan granulalarni bir xil og‘irlikka kelguncha quriting.
2. Sopolimerning hosil bo’lish unumdorligini xisoblang.
Adabiyotlar
1.А.П.Григоръев, О.Я.Федотова “Лабораторний практикум по технологии пластических масс” Москва, Вис.шк. 1986.
2.Magrupov F.A. “Sintetik va tabiiy yuqori molekulali birikmalar kimyoviy texnologiyasi” fanidan ma`ruzalar matni.Toshkent 2014 y.
3. Ульрих Пот “Полиэфиры и алкидные смолы” Перевод с неметского Л.В.Казаковой. Москва “Пейнт-Медиа” 2009 г.
Do'stlaringiz bilan baham: |