Qarshi muhandislik iqtisodiyot instituti sanoat Texnologiyasi fakulteti «kimyoviy texnologiya»


Ochiq alangali olov va portlovchi moddalar bilan ishlayotgandagi


Download 131.17 Kb.
bet4/14
Sana04.04.2023
Hajmi131.17 Kb.
#1327414
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   14
Bog'liq
yangi YMB KvaF Laboratoriya (Lotincha)

Ochiq alangali olov va portlovchi moddalar bilan ishlayotgandagi
xavfsizlik choralari
25. Yonuvchi va ayniqsa tez alangalanadigan suyuq moddalarni ochiq alangali olovda qizdirish yoki alanga yaqinida saqlash qat‘iyan mumkin emas. Bunday moddalar suv yoki havo hamomlarida elektr qizdirgichlar yordamida qizdiriladi va haydaladi. Bunday hamomlarning qizdiruvchi va tok o’tkazuvchi qismlari yaxshilab himoyalangan bo’lishi kerak.
26. Benzol, nitrobenzol, toluol, xloroform, spirtlar, organik efirlar va boshqa turdagi tez alangalanuvchi va yonuvchan moddalar bilan tajribalar ochiq alangasi yo’q so’ruvchi shkafda o’tkaziladi.
27. Yengil alangalanadigan, miqdori 0,5 litrdan ortiq bo’lgan suyuqliklarni qizdirishda pribor tagiga, avariya sodir bo’lsa, suyuqlik oqib tushishi uchun ehtiyotdan bo’sh kyuvetalar qo’yilish kerak. Tajriba tugagach barcha idishlar tozalab yuvilib, yig’ishtirilish lozim.
28. Deyarli barcha yonuvchan moddalar uchuvchan bo’ladi va ular inson organizmiga havo bilan kirib zararli oqibatlarga olib kelishi mumkin. Shuning uchun bunday moddalar bilan olib boriladigan ishlar yopiq, so’ruvchi shkaflarda olib boriladi.
29. Yonuvchan moddalarni kanalizatsiyalarga ag’darish mumkin emas. Ishlatilgan bunday modda qoldiqlari yaxshi yopiladigan biror idishga to’planib maxsus quduqlarga to’kiladi.


Simob bilan ishlashdagi xavfsizlik qoidalari
30. Metall holidagi simob laboratoriya amaliyotida ochiq va yopiq holda keng qo’llaniladi (reometrlar, termometrlar va hokazo). Simob va uning ba‘zi tuzlarining bug’lari kumulyativ ta‘sirli kuchli zaharlardir. Simob bug’ining havodagi kontsentratsiyasi 0,01 mg/m3 dan oshmasligi kerak.
31. Simob bug’lari suvoq, yog’och, latta, zang kabilarga yaxshi yutiladi va keyinchalik dissorbtsiyalanib bug’lanadi. Metall holdagi simob polga to’kilib ketsa, uning juda mayda zarrachalari devor, pol, mebel tirqishlariga kirib ketib, so’ngra asta bug’lanib yotishi mumkin. Simob solingan asboblar (masalan manometrlar, reometrlar) xonalarga o’rnatilganda, ular ostiga maxsus idishlar o’rnatilishi kerak.
32. Beixtiyor to’kilib ketgan simob, tezda maxsus so’rg’ich yoki nasos yordamida yig’ib olinishi kerak. Mayda zarrachalar esa amalgamalangan (Zn) plastina yordamida yig’ib olinadi. So’ngra pol 3% li kaliy permanganat eritmasi, 1 litr 20% li temir (IV) xlor eritmasiga 5 ml kontsentrlangan sulfat kislotasi qo’shib tayyorlangan eritmasi aralashtiriladi va xona pollari demerkurizatsiyalanadi. So’ngra esa xona havosi simob miqdoriga analiz qilinadi.



Download 131.17 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   14




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling