Qarshi muhandislik-iqtisodiyot instituti texnologik jarayonlarni avtomatlashtirish va boshqaruv
Download 1.85 Mb. Pdf ko'rish
|
Avtomatikaning boshqarish
20.2 Triggerlar va ularning turlari Ko‗pgina raqamli qurilmalar ma‘lumotni saqlash va qayta ishlashda bir-birini o‗rnini bosadi yoki to‗ldiradi. Arifmetik va mantiqiy qurilmalarda ma‘lumot saqlashda ko‗proq triggerlardan foydalaniladi. Trigger – elementar xotira yacheykasi va boshqarish sxemasidan tashkil topgan, elementar xotira yacheykasining kirish qismiga bevosita ta‘sir qiluvchi ma‘lumotni signallar kombinasiyasiga o‗zgartiruvchi ikkita barqaror holatli chiqishga ega qurilmadir. Triggerlar impuls shakllantiruvchilarida, yakka signal generatorlarida, chastota bo‗luvchilarini qurishda, hisoblagichlarda (schetchik), registrlarda, to‗plovchi summatorlarda, boshqarish qurilmalarida keng qo‗llaniladi. 20.1-rasmda triggerning umumiy sxemasi ko‗rsatilgan. x 1 …x n – ma‘lumotlar kiritilishi, s 1 …s m – sinxronizasiya kirishi yoki taktli kirish, v 1 …v k boshqaruvchi kirish, S y , R y –o‗rnatilgan kirish, S * R * - elementar xotira yacheykasining ma‘lumot kirishi, Q Q, -chiqishlar. 128 20.1-rasm. Triggerning umumiy sxemasi Kommutasion kirishlar dasturlanadigan universal triggerlarda tashqi birikishlar uchun qo‗llaniladi. 1-rasmda ko‗rsatilgan ba‘zi bir kiruvchi signallar triggerlarning real sxealarida mavjud bo‗lmasligi mumkin, oddiy triggerlarda esa boshqarish sxemalari ham bo‗lmasligi mumkin. Triggerlarning vazifaviy belgilanishi va texnik hujjjatlarda tasvirlanishi qoidaga ko‗ra GOST 2.743.82 ga ko‗ra aniqlanadi. M‘lumotli kirishlar uchun quyidagi belgilanishlar qabul qilingan: S (Set- moslama) - trigger bo‗linuvchi moslamasini «1» holati uchun kirish ( 0 , 1 Q Q ), R (Reset –tashlab yuborish, bekor qilish) trigger bo‗linuvchi moslamasini «0» holati uchun kirish ( 1 , 0 Q Q ), T (Toogle-relaksator)- trigger hisobli kirishi, J (Jerk – tasodifiy ulanish) Triggerlar klassifikasiyasi ularning turli xil aniqlashtiruvchi belgilari bo‗yicha amalga oshirilishi mumkin. Mantiqiy aloqalarni tashkil etish usuli bo‗yicha bo‗linuvchi moslama holati «0» yoki «1» (RS - triggerlar), hisoblovchi kirishli (T - triggerlar), universal bo‗linuvchi moslamaning holati «0» va «1» (JK - trigger), ma‘lumotni bitta kirishda qabul qiluvchi (D- trigger), universal moslamali bitta kirishli (DV -trigger), kombinasiyalashgan (masalan, RST-, JKRS-, DRS- triggerlar va h.k.), murakkab mantiqiy kirishli. Triggerlar yana quyidagi turlarga bo‗linadi: Ma‘lumotni yozib olish usuli bo‗yicha: sinxronlanmaydigan (asinxron, taktlanmaydigan), sinxronlanadigan (sinxron, taktlanadigan), Sinxronlash usuli bo‗yicha: statik boshqariladigan xotirali, dinamik boshqariladigan xotirali, Ma‘lumotli kirishlar soniga ko‗ra bir kirishli, ikki kirishli va ko‗p kirishli, Taktli kirishlar soniga ko‗ra: bir taktli, ikki taktli, ko‗p taktli, Chiqish signali ko‗rinishiga ko‗ra: statik va dinamik (statik triggerlarda chiqish signal barqaro holatlarda vaqt o‗tishi bilan o‗zgarmaydi), Ma‘lumotni eslab qolish usuli bo‗yicha: xotirani mantiqiy va dinamik tashkil etuvchilari, 129 Ma‘lumotni saqlash usuliga ko‗ra: ma‘lumotni aktiv saqlovchi, passsiv saqlovchilarga bo‗linadi. Triggerlar strukturani tashkil etilishiga ko‗ra to‗g‗ri va dual, o‗zgarmas strukturali va dasturlanuvchi triggerlarga ajratiladi. Download 1.85 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling