101
13.3 – rasm. Diafragmali rostlash organlari.
Diafragmani markaziy qismini nisbatan egarga nisbatan surilishi asosida Utish
yo‗lini yuzasi o‗zgaradi.
Diafragmali rostlash organlari ko‗pincha kislota va ishqorlarning oqimlarini
boshqarish maqsadida ishlatiladi.
Diafragma kislotaga chidamli elastik materiallardan
tayyorlanadilar masalan,
ftoroplast yoki kislotaga chidamlm emallar bilan qoplanadi.
Diafragmali rostlash organlarining o‗tkazuvchanlik xarakteristikalari shlangli
rostlash organlarinikiga o‗xshaydi.
13.4 – rasm. Diafragmali rostlash organlari.
13.3 Kran ko‗rinishidagi rostlash organlari
Kran ko‗rinishidagi rostlash organlari bu shunday
rostlash organlariki undagi
zatvor konus sifatidagi o‗z o‗qi atrofida ayladigan ishqalanuvchi yuzasi egar-
gnezdosini ishqalanish yuzasida sirpanadi. Bunday
rostlash organlari uzluksiz
rostlash uchun juda kam ishlatiladi. Bu turdagi rostlash organlarida zatvorni va egarni
ishqalanuvchi yuzalar doimo kontaktda bo‗ladi.. Kranlarda bosimlar farqi qancha
katta bo‗lsa, zatvorni egarga bosib siqib turuvchi kuchni qiymati ham shuncha katta
bo‗ladi. Kranli rostlash organlaridagi zatvor-probkani
burash uchun ijro mexanizmi
katta quvvali bo‗lishi shart. Ikki pozisiyali rostlash vaqtida kranli rostlash
organlarining yutuqlari juda kattadir:
102
- katta bo‗lmagan og‗irligi va gabarit o‗lchovlari,
ular konstruktiv tomonidan
ancha sodda va uncha qimmat emas;
-to‗liq ochiq vaqtida ularni gidravlik qarshiliklari nisbatan kichik.
Klapanlar ko‗proq potokni to‗sib qo‗yuvchi armaturalar ko‗rinishida ishlatiladi.
13.5 – rasm. Kran ko‗rinishidagi rostlash organlari.
Ishqalanadigan yuzalarni yog‗lash usuli bo‗yicha
kranlar quyidagi turlarga
bo‗linadi:
- yog‗lovchi yog‗ni berilmaydigan turi;
- yog‗ni doimiy berib turiladigan turi.
Zatvor-probkani yo‗nalishi bo‗yicha kranlar:
- probkasi ko‗tprilmaydigan;
- pobkasi ko‗tariladigan.
Kranlarda germetiklikni saqlab qolish uchun ularni probualarini gnezdo-egarga
katta kuch bilan siqib bosib turish kerak bo‗ladi.
Do'stlaringiz bilan baham: