Qarshi muhandislik-iqtisodiyot instituti texnologik jarayonlarni avtomatlashtirish va boshqaruv


Download 1.85 Mb.
Pdf ko'rish
bet74/131
Sana20.11.2023
Hajmi1.85 Mb.
#1788394
1   ...   70   71   72   73   74   75   76   77   ...   131
Bog'liq
Avtomatikaning boshqarish

13.2 Diafragmali rostlash organlari 
Diafragmali rostlash organlari bu shunday rostlash organiki unda elastik 
materialdan qilingan diafragmani markazi surilishi oqibatida o‗tish yo‗li bekitiladi.
Bir vaqtning o‗zida diafragma bo‗luvchi to‗siq vazifasini ham o‗taydi. Rostlash 
organining korpusida ko‗ndalang to‗siq va egar bo‗ladi.


101 
13.3 – rasm. Diafragmali rostlash organlari. 
Diafragmani markaziy qismini nisbatan egarga nisbatan surilishi asosida Utish 
yo‗lini yuzasi o‗zgaradi.
Diafragmali rostlash organlari ko‗pincha kislota va ishqorlarning oqimlarini 
boshqarish maqsadida ishlatiladi.
Diafragma kislotaga chidamli elastik materiallardan tayyorlanadilar masalan
ftoroplast yoki kislotaga chidamlm emallar bilan qoplanadi. 
Diafragmali rostlash organlarining o‗tkazuvchanlik xarakteristikalari shlangli 
rostlash organlarinikiga o‗xshaydi. 
13.4 – rasm. Diafragmali rostlash organlari.
13.3 Kran ko‗rinishidagi rostlash organlari 
Kran ko‗rinishidagi rostlash organlari bu shunday rostlash organlariki undagi 
zatvor konus sifatidagi o‗z o‗qi atrofida ayladigan ishqalanuvchi yuzasi egar-
gnezdosini ishqalanish yuzasida sirpanadi. Bunday rostlash organlari uzluksiz 
rostlash uchun juda kam ishlatiladi. Bu turdagi rostlash organlarida zatvorni va egarni 
ishqalanuvchi yuzalar doimo kontaktda bo‗ladi.. Kranlarda bosimlar farqi qancha 
katta bo‗lsa, zatvorni egarga bosib siqib turuvchi kuchni qiymati ham shuncha katta 
bo‗ladi. Kranli rostlash organlaridagi zatvor-probkani burash uchun ijro mexanizmi 
katta quvvali bo‗lishi shart. Ikki pozisiyali rostlash vaqtida kranli rostlash 
organlarining yutuqlari juda kattadir:


102 
- katta bo‗lmagan og‗irligi va gabarit o‗lchovlari, ular konstruktiv tomonidan 
ancha sodda va uncha qimmat emas; 
-to‗liq ochiq vaqtida ularni gidravlik qarshiliklari nisbatan kichik. 
Klapanlar ko‗proq potokni to‗sib qo‗yuvchi armaturalar ko‗rinishida ishlatiladi.
13.5 – rasm. Kran ko‗rinishidagi rostlash organlari.
Ishqalanadigan yuzalarni yog‗lash usuli bo‗yicha kranlar quyidagi turlarga 
bo‗linadi: 
- yog‗lovchi yog‗ni berilmaydigan turi; 
- yog‗ni doimiy berib turiladigan turi. 
Zatvor-probkani yo‗nalishi bo‗yicha kranlar: 
- probkasi ko‗tprilmaydigan;
- pobkasi ko‗tariladigan. 
Kranlarda germetiklikni saqlab qolish uchun ularni probualarini gnezdo-egarga 
katta kuch bilan siqib bosib turish kerak bo‗ladi.

Download 1.85 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   70   71   72   73   74   75   76   77   ...   131




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling