Qarshi muhandislik-iqtisodiyot instituti texnologik jarayonlarni avtomatlashtirish va boshqaruv


Download 1.85 Mb.
Pdf ko'rish
bet73/131
Sana20.11.2023
Hajmi1.85 Mb.
#1788394
1   ...   69   70   71   72   73   74   75   76   ...   131
Bog'liq
Avtomatikaning boshqarish

NAZORAT SAVOLLARI: 
1. Bir egarli rostlash organlari haqida ma‘lumot bering?
2. Bir egarli rostlash organining qanday turlari mavjud?
3. Burchakli bir egarli rostlash organlari qayerlarda ishlatiladi? 
4. Zatvor turlari haqida ma‘lumot bering?
5. Ikki egarli rostlash organlari haqida ma‘lumot bering?
6. Ikki egarli rostlash organini bir egarli rostlash organidan farqini tushuntiring?
7. Zatvorlar farqini tushuntiring? 


99 
ADABIYOTLAR:
1. Yusupbekov N.R., Muxamedov B.I., Gulomov Sh.M. Texnologik jarayonlarni 
nazorat qilish va avtomatlashtirish. –Toshkent: O‗qituvchi, 2011. –576 b. 
2. Vaxidov A.X., Abdullaеv D.A. Avtomatikaning tеxnik vositalari. Toshkent
2012. 
3. Шандров Б.В., Чудаков А.Д. Технические средства автоматизации. М.: 
Академия, 2007. 
4. Емельянов А.И. и др. Исполнительные устройства промышленных 
регуляторов. –М.: Машиностроение, 1975. 
MAVZU: SHLANGLI, DIAFRAGMALI VA KRAN KO‗RINISHIDAGI 
ROSTLASH ORGANLARI 
REJA:
1. Shlangli rostlash organlari 
2. Diafragmali rostlash organlari 
3. Kran ko‗rinishidagi rostlash organlari 
 
Tayanch iboralar: Ijro mexanizmi, ijro etuvchi qurlma, rostlash organi
uzluksiz rostlash organlari, Shlangli rostlash organi, Diafragmali rostlash organi, 
Kran ko‗rinishidagi rostlash organi, zatvor, egar, zatvor-probka, bosimlar farqi, 
o‗tkazuvchanlik xususiyati.  
 
13.1. Shlangli rostlash organlari 
Oxirgi yillarda elastik shlang ko‗rinishidagi rostlash organlari ko‗p 
ishlatiladigan bo‗ldi. Ular asosan kichik diametrlar uchun katta bo‗lmagan bosimlarda 
laboratoriya sharoitida qo‗llaniladi. 
Shlangli rostlash organlarida, korpus bu trubaning bir bo‗lagi bo‗lib, oxirgi 
tomonlari flyaneslar orqali maxkamlanadi.. Shlangali korpus sifatli tkanli armirovkali 
rezinkadan tayyorlanadi, chunki u yuqori mahkamlikka ega bo‗lishi kerak. Zatvor bu 
ikkita val bo‗lib, ular orasida shlang joylashgan bo‗ladi, vallar uz-aro vertikal o‗q 
bo‗yicha yaqinlashib yoki uzoqlashib shlang orasidagi sarfni miqdorini o‗zgartiradi. 
Shlangli rostlash organlarini zatvorlari richagli va zanjirli bo‗ladi. Yuqoridagi valni 
pastga surilganda pastki val tepaga ko‗tariladi, yuqoriga surilganda pastki val pastga 
suriladi. Sepli zatvorlarni konstruktiv jixatdan gobarit o‗lchamlari kata bo‗lmaydi, 
shuning uchun rositlash organlarida ko‗proq qo‗llanadi. 
13.1 – rasm. Shlangli rostlash organlari. 


100 
Shlangli rostlash organlari ko‗proq pulpa ko‗rinishidagi va kattiq zarrachalari 
bor muhitlar uchun qo‗llaniladi. 
Shlangli rostlash organlarining yaxshi tomonlari ishqalanuvchi yuzalarda kattiq 
zarrachalarning o‗tirib qolmasligidir. O‗lik zonalarning yo‗qligi, rostlash organidan 
oqayotgan oqimnmng to‗g‗ri chiziq bo‗yicha yo‗nalishi kattiq kichik zarrachalarning 
o‗tirib qolishiga yo‗l qo‗ymaydi.
O‗tkazuvchanlik xarakteristikasi, ya‘ni shlangli rostlash organidagi sarf bilan 
uni shtoki orasidagi bog‗lanish chiziqli bo‗lmaydi. 
Ko‗pincha rezinkali korpuslar silindr va oval ko‗rinishida ishlanadi.
Shlangli rostlash organlarida muhitni bosimi o‗tish yo‗lini ko‗payishiga olib 
keladi.
Shlangli rostlash organlarining o‗tkazuvchanlik xususiyati uni minimal 
xususiyatidan boshqa rostlash organlarinikiga nisbatan 8 marotabaga kamroqdir, yani 
K
VY
/ K
VM

Shlangli rostlash organlarida o‗tish yo‗lini katta bo‗lmagan miqdorda 
o‗zgartirilsa xam o‗z-o‗zidan o‗tish yo‗lini kamayishi va ortishi kuzatiladi. 
13.2 – rasm. Shlangli rostlash organlari. 
Ko‗pchilik shlangli rostlash organlarida germetik zichlik amalga oshirish 
o‗ng‗ay kechadi. 

Download 1.85 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   69   70   71   72   73   74   75   76   ...   131




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling