Qarshi muhandislik-iqtisodiyot instituti texnologik jarayonlarni avtomatlashtirish va boshqaruv
Download 1.85 Mb. Pdf ko'rish
|
Avtomatikaning boshqarish
110 NAZORAT SAVOLLARI 1. Avtomatik rostlagich deganda nimani tushunasiz? 2. Qanday rostlagich bevosita ta‘sir qiluvchi rostlagich deb ataladi? 3. Qanday rostlagich bilvosita ta‘sir qiluvchi rostlagich deb ataladi? 4. Uzlukli va uzluksiz ishlovchi rostlagichlarning farqini tushuntiring? 5. Rostalanuvchi kattalikni vaqt davomida talab qilingan chegarada saqlab turish jihatidan rostlagichlar necha xil bo‘ladi? 6. Bevosita ta‘sir qiluvchi statik bosim rostlagichning ishlash prinsipini tushuntiring? 7. Bevosita ta‘sir qiluvchi astatik bosim rostlagichning ishlash prinsipini tushuntiring? ADABIYOTLAR: 1. Yusupbekov N.R., Muxamedov B.I., Gulomov Sh.M. Texnologik jarayonlarni nazorat qilish va avtomatlashtirish. –Toshkent: O‗qituvchi, 2011. –576 b. 2. Vaxidov A.X., Abdullaеv D.A. Avtomatikaning tеxnik vositalari. Toshkent, 2012. 3. Шандров Б.В., Чудаков А.Д. Технические средства автоматизации. М.: Академия, 2007. 4. Емельянов А.И. и др. Исполнительные устройства промышленных регуляторов. –М.: Машиностроение, 1975. MAVZU: ELEKTR VA POZISION ROSTLAGICHLAR REJA: 1. Elektr rostlagichlar 2. Pozision Rostlagichlar Tayanch iboralar: Elektr rostlagichlar, pozision rostlagichlar, Pozision elektr rostlagichlar, pnevmatik rostlagichlar, Ikki pozisiyali rostlagichlar, uch pozisiyali rostlash, rostlash organi, uzluksiz rostlash organlari, unifikatsiyalashgan tizim, kontaktli topshiriq bergich. 16.1 Elektr rostlagichlar Elektr rostlagichlar ishlab chiqarish jarayonlarini avtomatlashtirishda keng ishlatiladi. Bunga quyidagi omillar sabab bо‗ladi. 1. Noelektrik kattaliklarni elektr rostlagichlar yordamida о‗lchash usullari yaxshi ishlangan va avtomatik о‗lchashning bir qator masalalarini hal qilishga, keng spektrdagi fizik-kimyoviy parametrlarni noinersion о‗zgartishga va ularni texnologik reglamentlarga rioya qilgan holda rostlashga imkon beradi. 111 2. Turli murakkab matematik operatsiyalarni bajarishni talab qiluvchi har xil rostlash qonunlarini elektr elementlarda amalga oshirish prinsipial qiyinchiliklarni hosil qilmaydi. 3. Rostlash tizimlaridagi elektr yuritmalarda energiya ta‘minoti uzilib qolganda, ijro etuvchi mexanizm qanday holatni egallab turgan bо‗lsa, shu holatda tо‗xtaydi, pnevmatik yuritmalarda esa bunday sharoitda rostlovchi organning о‗tish kesimi yoki batamom berqiladi, yoki tо‗la ochiladi va avariya xavfi hosil bо‗ladi. 4. Elektr datchik va о‗zgartgichlarning kо‗rsatishini masofaga uzatish juda oddiy bajariladi. 5. Elektr rostlagichlarning ishlashi yetarli darajada ishonchlidir. Elektr rostlagichlarning quyidagi modifikatsiyasi va qо‗shimcha qurilmalar komplekti ishlab chiqarilgan: 1) Unifikatsiyalashgan elektron agregat tizimlari (EAUS) 2) «Teplopribor» zavodining rostlagichlari; 3) Avtomatik nazorat va rostlashning unifikatsiyalashgan tizimi (USANR). EAUS asboblari energetika, metallurgiya, qurilish materiallari hamda oziq- ovqat sanoatlarida ishlatiladi. Tizim rostlashning mutanosib, mutanosib-integral, mutanosib-differensial va mutanosib-integral differensial qonunlarini amalga oshiradi. Tizimning bloklari uzluksiz yoki uzlukli chiqish signallariga ega. Tizimdagi alohida rostlovchi blokning uzluksiz chiqish signalini boshqa bir blokning kirishiga keltirish mumkin, bu esa kaskad yoki bir turli rostlash sxemalarini amalga oshirish imkonini beradi. Tizim tuzilishi bо‗yicha apparat prinsipiga asoslanadi. Bunda, rostlovchi bloklar chiqish signallarini tо‗g‗ri datchiklardan qabul qiladi. Tizim blok (agregat) prinsipida qurilgan deganda, uning tarkibiga turli vazifani bajaruvchi bloklar (datchiklar, о‗lchov о‗zgartgichlari, ikkilamchi asboblar, rostlagichlar, topshiriq bergichlar, differensiatorlar natijalarni masofadan turib kо‗rsatuvchi asboblar, ijro etuvchi mexanizmlar va boshqalar) kirgan tizimni tushunish lozim. Bu qismlarni muayyan usullar bilan bog‗lab stabillovchi, kuzatuvchi, dasturli va kо‗p aloqali rostlash tizimlarini yaratish mumkin. Tizimni ishlab chiqishda ayrim bloklarning chiqish signallarini unifikatsiyalash talabi nazarda tutilgan. EAUS tizimi tokli sxemani amalga oshiradi chiqish signali 0,5...5 mA chegaralarda о‗zgaruvchi doimiy tok). Chiqish signallari doimiy yoki о‗zgaruvchi kuchlanishga ega bо‗lgan, induktiv, transformatorli yoki ferrodinamik datchiklar bilan ta‘minlangan asboblarning ham chiqish signali 0,5...5 mA diapazondagi doimiy tokka ega bо‗lib, meyorlovchi о‗zgartgichlar bilan birgalikda ishlatilishi mumkin. 112 16-1-jadvalda tizim rostlovchi qurilmalarning rusumlari keltirilgan. 16.1-jadval О‗lchash blokining vazifalari va rusumlari Shakllanuvchi bloklarga ega bо‗lgan rostlovchi qurilmalarning rusumlari ER-62 (ER-62-EG) (PI- rostlash qonuni, rele kontaktli chiqish) RPI va RP-2 (RPI-EG) (PI- rostlash qonuni, rele kontaktsiz chiqish) KPI-62 (RI-rostlash qonuni, uzluksiz kontaktsiz chiqish) 1 2 3 4 O‗zgaruvchan tokli uchta (induktiv, differensial-transformator va ferrodinamik) datchik signallarini qo‗shish (I-III) Shuning o‗zi, faqat to‗rtta datchik uchun (I-IV) Termojuft signalini o‗zgartirish (I-T) Termojuft signalini o‗zgaruvchan tokli ikkita datchik signallari bilan qo‗shish (I - T2) Qarshilik termometrining signalini o‗zgartirish (I-S) Ikkita qarshilik termometrlarnning signallarini qo‗shish, (I - 2S) Magnitli kislorod o‗lchagich signalini o‗zgartirish(I-MK) Unifikasiyalashgan ikkita 0 ... 5 mA signallarni qo‗shish Unifikasiyalashgan to‗rtta 0 ... 5 mA signallarni qo‗shish RPIK-III RPIK -IV RPIK -Т RPIK -Т2 RPIK -С RPIK -2С RPIK -МК - - - RPIB -III RPIB -IV RP2 -P2 RPIB -T RP2 -T2 RPIB -T2 RPIB -S RPIB -2S RP2 -2 RPIB-M K RP -2 - RP2 -U2 KPI -SH KPI -IV KPI-T KPI -T2 KPI -S KPI -2S KPI -M - - - EAUS larning shakllantiruvchi bloklari rostlashning izodrom qonuni amalga oshiradi. Rostlashning PID qonunini amalga oshirish uchun qo‗shimcha ravishda DLP-P yoki DL-T differensiatorlardan foydalanish kerak. Differensiatorlar PID rostlash qonunini shakllantirishda va rostlash qonuniga oraliq nuqtalardan hosila kiritishda ishlatiladi. Download 1.85 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling