va uning vaqt xarakteristikasi (b).
k
G -gazning kelishi;
c
G -gaz sarfi; u-rostlanayotgan kattalikning chetga chiqishi; x-
rostlagichning chiqish signali(ijro etuvchi mexanizm rostlovchi organining nisbiy siljishi).
15.2-rasmda bevosita ta‘sir qiluvchi bosim astatik rostlagichi tasvirlangan.
Rostlanuvchi obyektda (quvurning ma‘lum uchastkasi) bosimning о‗zgarishi
impu‘ls liniyasi 6 orqali qattiq markazli elastik membrana 5 ga ta‘sir qiladi. Bu
membrana ijro etuvchi mexanizmning rostlanuvchi organidagi zolotnik 9 va shtok 7
bilan bog‗langan likopcha 4 ga tayanadi. Salnik 8 ijro etuvchi mexanizmning
germetikligini ta‘minlaydi. Muhitning bosimi rostlagich qabul qiluvchi kallagining
ustki bо‗shlig‗iga keladi va membrana 5 ga ta‘sir qiladi. Membrana sezgir va
boshqaruvchi element vazifasimni bajaradi. Gazning rostlanuvchi bosimi rostlovchi
organning qanchalik ochiqligiga bog‗liq.Richag 2 shtok 7 bilan qattiq bog‗langan va
tayanch nuqtasi 3 ga ega. Richagning bо‗sh tomoniga yuk 1 osiladi. Yukning vazni
membrana 5 va shtok 7 ning pastga qarab siljishiga teskari tas‘ir qiluvchi kuch hosil
qiladi. Yuk va membrana hosil qilgan kuchlar teng bо‗lganda rostlovchi organda
shtok 7 harakatsiz bо‗lib, muayyan holatni egallaydi. Agar muvozanat buzilsa, ya‘ni
rostlash tizimida tengsizlik paydo bо‗lsa, shtok 7 siljiydi va rostlovchi organdagi
о‗tish kesimi о‗zgaradi. Bu о‗zgarish muvozanat qaytadan tiklanguncha davom etadi.
Rostlovchi organning siljish tezligi rostlanuvchi parametrning berilgan qiymatdan
chetga chiqishiga mutanosib bо‗lib, naycha 6 dan о‗tib rostlagichning qabul qiluvchi
qismiga keladigan gaz qiymatiga bog‗liq. Rostlash sistemsi ma‘lum inersionlikka ega
bо‗lgani sababli rostlash jarayonida о‗ta rostlash mavjuddir, buning natijasida о‗tish
jarayonining vaqti chо‗ziladi. Shuning uchun, astatik rostlagichlarning ishlatilishi
birmuncha cheklangan.
Do'stlaringiz bilan baham: |