Qarshi muhandislik-iqtisodiyot instituti texnologik jarayonlarni avtomatlashtirish va boshqaruv


Download 1.85 Mb.
Pdf ko'rish
bet83/131
Sana20.11.2023
Hajmi1.85 Mb.
#1788394
1   ...   79   80   81   82   83   84   85   86   ...   131
Bog'liq
Avtomatikaning boshqarish

PR1.5 pozision rostlagichi. PR1.5 rostlagichi rostlanayotgan yoki 
o‗lchanayotgan parametrning qiymati berilgan kattalikdan farq qilganda 0 va 1 
qiymatga ega bo‗lgan diskret pnevmatik signallarni hosil qilish hamda ikki pozisiyali
rostlash uchun ishlatiladi. Rostlagich (16.2-rasm) uch membranali taqqoslash 
elementi 2, quvvat kuchaytirgichi 3, almashlab ulagich 4 va qo‗l bilan topshiriq 
bergich 1 dan tuzilgan. 
O‗lchash blokidan kelgan kirish signali taqqoslash elementining B 
kamerasiga, topshiriq bergichdan kelgan bosim V kameraga beriladi. Agar kirish 
signali berilgan bosim qiymatidan katta bo‗lsa, u holda soplo S2 yopiq bo‗lib, 
taqqoslash elementining chiqishidagi signal 0 ga teng bo‗ladi. Kirish signali 
berilgandan kichik bo‗lsa, soplo S2 ochiladi va chiqishda birga teng bo‗lgan signal 
quvvat kuchaytirgichining G kamerasiga boradi. Quvvat kuchaytirgichi bu signalni 
kuchaytirib, ijro etuvchi mexanizmga beradi. 
PR1.5 rostlagichi PV10.1E, PV10.1P; PV10.2E, PV10.2P; PV3.2 kabi 
ikkilamchi asboblar bilan birgalikda ishlaydi. 
 
NAZORAT SAVOLLARI 
1. Elektr rostlagichlar haqida ma‘lumot bering? 
2. Nima sababdan avtomatlashtirishda elektr rostlagichlar keng ishlatiladi? 
3. Pozision elektr rostlagichlar haqida ma‘lumot bering?
4. Ikki pozisiyali rostlagichning ishlash prinsipini tushuntiring? 
5. 
Uch pozision rostlagichning ishlash prinsipini tushuntiring? 
 
 
 
ADABIYOTLAR:
1. Yusupbekov N.R., Muxamedov B.I., Gulomov Sh.M. Texnologik jarayonlarni 
nazorat qilish va avtomatlashtirish. –Toshkent: O‗qituvchi, 2011. –576 b. 
2. Vaxidov A.X., Abdullaеv D.A. Avtomatikaning tеxnik vositalari. Toshkent, 
2012. 
3. Шандров Б.В., Чудаков А.Д. Технические средства автоматизации. М.: 
Академия, 2007. 
4. Емельянов А.И. и др. Исполнительные устройства промышленных 
регуляторов. –М.: Машиностроение, 1975. 

Download 1.85 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   79   80   81   82   83   84   85   86   ...   131




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling