Qarshi muhandislik-iqtisodiyot instituti texnologik jarayonlarni avtomatlashtirish va boshqaruv
Mutanosib-integral (izodrom) rostlagichlar
Download 1.85 Mb. Pdf ko'rish
|
Avtomatikaning boshqarish
- Bu sahifa navigatsiya:
- Mutanosib-integral rostlagichning prinsipial sxemasi.
18.1 Mutanosib-integral (izodrom) rostlagichlar PR3.21 rostlagichining vazifasi PR2.5 rostlagichining vazifasiga o‗xshash. U taqqoslash elementlari I, II, VI, drosselli summator II, quvvat kuchaytirgichi IV, uzuvchi relelar V ,VII va sig‗im VIII dan iborat (18.1-rasm). Bu rostlash bloki ikkita mutanosib va integral qismlardan tuzilgan. Ularning kirishiga datchikdan rostlanayotgan kattalikning pnevmatik signali n P va ikkilamchi asbobga o‗rnatilgan topshiriq bergichdan rostlanuvchi kattalikning berilgan qiymati kelib, 0,2,...1 kgk/sm 2 oraliqda bo‗ladi. Blokning mutanosib qismn g‗alayonlanishdan so‗ng harakatga kelib, uning o‗zi esa summator I. III va drosselli summator II dan tuzilgan. 119 18.1- расм. Mutanosib-integral rostlagichning prinsipial sxemasi. PR3.21 rostlovchi blokining integral qismi summator VI va kuchaytirish koeffisianti K= 1 bo‗lgan birinchi darajali aperiodik bo‗g‗indan tuzilgan bo‗lib, pnevmatik integrallovchi bo‗g‗indan iborat. Mutanosib va integral qismlarning chiqish signallari yacheyka II da qo‗shiladi. Buning uchun integrallovchi bo‗g‗inning chiqishi yacheyka II ning I va III summatorlari kirishiga berilishi lozim. Sozlash parametrlarining (kuchaytirish koeffisiyenti - p K , izodrom vaqti - n T ) o‗zaro bog‗liq emasligi blokning muhim afzalligidir.- Kuchaytirish koeffisiyenti ( p K ) droselli summatordagi o‗zgaruvchi drosselning o‗tkazuvchanligini o‗zgartirib o‗rnatiladi, drosellash diapazoni DD-3000 ... 5 chegarada o‗zgaradi, bu esa kuchaytirish koeffisiyentining qiymati 0,03 ... 20 bo‗lishiga mos keladi. Izodrom vaqti n T aperiodik bo‗g‗in tarkibiga kirgan o‗zgaruvchi drosselning o‗tkazuvchanligini o‗zgartirib o‗rnatiladi va u 3 sekunddan 100 minutgacha bo‗lishi mumkin. PR3.21 rostlagichi ham PR2.5 rostlagichi ishlaydigan ikkilamchi asboblar bilan birgalikda ishlaydi. Mahalliy topshiriq bergich PR3.22 rostlagichi PR3.21 dan asbob kirishining topshiriq liniyasida qo‗l bilan topshiriq bergich borligi bilan farqlanadi. PR3.26 va PR3.29 rostlagichlari kerak bo‗lgan drossellash diapazonini o‗rnatish imkonini beruvchi qayta ulagich bilan ta‘minlangan. Qayta ulagichning uchta qayd qilingan holati bor. 120 I. DD = 2 ... 50%; II. DD=50 ... 200%; III. DD = 200 … 800% T n =0,025 minutdan gacha o‗zgaradi. PRZ. 29 rostlagichi PR3.26 dan mahalliy topshiriq bergichi borligi bilan farq qiladi. To‗g‗ri chiziqli statik xarakteristikali PR3.21 va PRZ.32 rostlagichlarida drossellash diapazonini 2 ... 3000% gacha sozlash mumkin. PR3.23 va PR3.33 nisbat rostlagichlari ikkita parametr nisbatini ushlab turish maqsadida ijro etuvchi mexanizmga boruvchi uzluksiz rostlash ta‘sirini olish uchun xizmat qiladi. Rostlagichlarda nisbat bo‗g‗insi bo‗lib, unga doimiy drossel rostlovchi drossel va topshiriq bergichlar kiradi. Nisbatni sozlash chegarasi 1:1 dan 5:1 gacha yoki 1:1 dan 10:1 gacha. PR3.24 va PRZ.34 nisbat rostlagichlari ikkita parametr nisbatini uchinchi parametr bo‗yicha to‗g‗rilash bilan rostlab turish maqsadida ijro etuvchi mexanizmga boruvchi uzluksiz rostlash ta‘sirini olish uchun xizmat qiladi. Download 1.85 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling