Qarshi muhandislik-iqtisodiyot instituti texnologik jarayonlarni avtomatlashtirish va boshqaruv
Download 1.85 Mb. Pdf ko'rish
|
Avtomatikaning boshqarish
- Bu sahifa navigatsiya:
- PR2.5 mutanosib rostlagichning prinspial sxemasi.
116 MAVZI: MUTANOSIB VA INTEGRAL ROSTLAGICHLAR REJA: 1. Mutanosib rostlagichlar 2. Integral (astatik) rostlagichlar Tayanch iboralar: Mutanosib rostlagichlar, Integral (astatik) rostlagichlar, ikkilamchi asbob, pnevmatik signal, taqqoslash elementi, drosselli summator, quvvat kuchaytirgichi, qo‗l bilan topshiriq bergich. 17.1 Mutanosib rostlagichlar Mutanosib rostlagichlar deganda rostlovchi organning rostlanuvchi parametri va topshirilgan qiymat orasidagi farqqa nisbatan mutanosib siljishi tushuniladi. Rostlanuvchi parametrning vaqt bo‗yicha o‗zgarishi va rostlovchi organning siljishi bir qonun bo‗yicha amalga oshadi. Rostlanuvchi parametrning har bir qiymatiga, rostlovchi organnnng ma‘lum bir holati mos keladi. PR2.5 mutanosib rostlagichi. PR2.5 rostlagichi rostlanuvchi parametrni berilgan kattalikda ushlab turish maqsadida chiqishda ijro etuvchi mexanizmga ta‘sir etuvchi uzluksiz signal olish uchun mo‗ljallangan. Asbob ikkilamchi asbobning qo‗l bilan topshiriq bergichi yoki standart pnevmatik signalli boshqa qurilmadan masofadan turib topshiriq oluvchi rostlagichdan iborat (17.1-rasm). 17.1-rasm PR2.5 mutanosib rostlagichning prinspial sxemasi. Rostlagich ikkita taqqoslash elementlari I va III drosselli summator II, quvvat kuchaytirgichi IV, o‗chiruvchi rele V, qo‗l bilan topshiriq bergich VI lardan iborat. Topshiriq bergich va o‗lchovdan kelgan signallar Р1 va Р2 taqqoslash elementi I ning 117 membranalariga ta‘sir etadi (manfiy kamera V, musbat kamera B) va teskari aloqa membranalarida havo bosimi hosil qilgan kuch (kamera A) bilan muvozanatlashadi. Taqqoslash elementi I ning 1 P chiqish bosimi o‗tkazuvchanligi bo‗lgan droselli summator II ning rostlanuvchi drosseli orqali taqqoslash elementi III ning A kamerasiga boradi, xuddi shu kameraga o‗tkazuvchanligi bo‗lgan drosseli summator II ning o‗zgarmas drosseli orqali IV чиk P P = chiqish bosimi ham keladi. Taqqoslash elementi III ning chiqish bosimi quvvat kuchaytirgichi yordamida kuchaytiriladi hamda ikkinchi taqqoslash elementi bilan manfiy teskari aloqada bo‗ladi. Tizimda hosil bo‗ladigan avtotebranishlarni yo‗qotish maqsadida taqqoslash elementi III ga ikkita teskari aloqa kiritilgan: V kameraga manfiy va B kameraga musbat. Tizim muvozanati buzilgan hollarda ro‗y beradigan avtogebranishlar musbat teskari aloqa yo‗liga o‗rnatilgan o‗zgarmas drossel bilan to‗xtatiladi. Qo‗l bilan boshqarishga o‗tish maqsadida rostlagichni uzish uchun o‗chiruvchi rele V dan foydalaniladi. PR2.5 rostlagichi PV10.1E, PV10.1 P, PV10.2E; PV.2P, PVZ.Z rusumidagi ikkilamchi asboblar bilan birgalikda ishlaydi. Download 1.85 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling