Qarshi muhandislik-iqtisodiyot instituti texnologik jarayonlarni avtomatlashtirish va boshqaruv
Download 1.85 Mb. Pdf ko'rish
|
Avtomatikaning boshqarish
- Bu sahifa navigatsiya:
- Uch pozision rostlagichning prinspial sxemasi.
- PR1.5 pozision rostlagichining prinsipial sxemasi.
16.2 POZISION ROSTLAGICHLAR
Rostlash qonunlari ichida rele qonuni eng oddiy hisoblanadi. Buni pnevmatik, elektr va boshqa rostlagichlar vositasida amalga oshirish mumkin. Unda rostlanayotgan kattalikning berilgan qiymatidan chetga chiqishidan foydalaniladi. Ikki pozisiyali rostlagichlar keng tarqalgan bo‗lib, bunda, rostlovchi organ ikkita chetki holatdan (ochiq yoki yopiq) birini egallaydi. Mavjud nazorat-o‗lchov asboblarining (elektron ko‗prik va potensiometrlar, manometrlar, termometrlar va boshqalar) ko‗pchiligi ikki va uch pozisiyali rostlashning sodda vositalari bilan ta‘minlangan. 113 Pozision elektr rostlagichlar o‗lchanayotgan parametrning berilgan qiymatini ikki yoki uch pozisiyali rostlash va o‗rnatishga imkon beradi. 16.1-rasmda pozision elektr rostlagichlarning prinsipial sxemasi ko‗rsatilgan. Pozision elektr rostlash topshiriq beruvchi mexanizm asbobga o‗rnatilgan kontaktli topshiriq bergich va qo‗shimcha qurilmaga PPR-1M rele bloki orqali amalga oshiriladi. Pozision elektr rostlagich ikki xil rostlashning bir turi uchun mo‗ljallangan: nosezgir zonada qayd etilgan eng kichik qiymatni ikki pozisiyali rostlash (16.1-rasm, b, v); o‗rta kontaktning sozlanuvchi ulash zonasiga ega bo‗lgan uch pozisiyali rostlash (16.1- rasm, a). 16.1-rasm. Uch pozision rostlagichning prinspial sxemasi. Avtomat pozision rostlash sxemasidan yana (16.1-rasmga qarang) o‗lchanayotgan parametrning asbob shkalasi chegarasida berilgan qiymatini signalizasiya qilish uchun foydalanish mumkin. Kontaktli topshiriq bergichning harakatchan kontakti 2 rostlanuvchi kattalikning sozlash tutqichi va asbob perosi bilan kinematik bog‗langan. Topshiriq bergich kontakt guruhining asosida joylashgan harakatsiz ikkita kontakt 1 va 3 nosezgir zonani kontaktlar o‗rtasidagi masofani o‗zgartirish yo‗li bilan rostlashga imkon beradi. Rostlash kerak bo‗lgan parametrning qiymati «qiymatni sozlash» tutqichi orqali o‗rnatiladi. Vazifa ko‗rsatkichining ohirgi qismi asbob perosi berilgan qiymatga erishgan nuqtasi tomon yo‗nalishda o‗rnatiladi, shu payt harakatchan kontakt 2 kontaktlar 1 va 3 ning o‗rtasida ularga tegmay, o‗rta holatda turadi. O‗lchanayotgan parametrning berilgan qiymatdan chetga chiqishi harakatchan kontakt 2 ning biror harakatsiz kontaktlar tomon siljishiga olib keladi: o‗lchanayotgan parametrning qiymati berilgandan kam bo‗lsa, harkatsiz kontakt 3 114 tomon (2, 3 kontakt -«Kam»); o‗lchanayotgan parametrning qiymati berilgandan ko‗p bo‗lsa, harakatsiz kontakt 1 tomon (2, 1 kontaktlar-«Kam»); o‗lchanayotgan parametrning qiymati berilgandan ko‗p bo‗lsa, harakatsiz kontakt 1 tomon (2, 1 kontaktlar -«Ko‗p») siljiydi. Nosezgir zonadagi kattalikni qayd etadigan ikki pozisiyali rostlashda kontaktli topshiriq bergichda faqat bitta harakatsiz kontakt 1 yoki 3 ishlatiladi. Ikki pozisiyali rostlash b va c variantlari (16.1-rasm) bir-biriga o‗xshash bo‗lib ulardan foydalanish parametrning kattalishish yoki kichiklashishiga bog‗liq. Masalan, harakatchan kontakt 2 ning harakatsiz kontakt 1 bilan ulanish paytida (16.1-rasm, c) R2 rele ishga tushadi va O-A zanjirni berkitadi. Kontaktlar 1, 2 uzilganda R2 rele bo‗lib, O-A zanjir ochiladi, O-C zanjir esa berqiladi. Bu sxemadagi ikkinchi harakatsiz kontakt mexanik tayanch vazifasini bajaradi va sxemaga ulanmaydi. Uch pozisiyali rostlash holatida (16.1-rasm, a) kontaktli topshiriq bergichdagi ikkala harakatsiz kontaktlar 1 va 2 ishlatiladi. Harakatchan kontakt 2 harakatsiz kontakt 1 bilan ulanganda R2 rele ishga tushadi va ishlovchi O-A zanjir berqiladi. Harakatchan kontakt 2 kontakt 1 dan ajralgan vaqtda R2 rele manbadan uzilib, yakor bo‗shaydi, O-A zanjir esa ochiladi, lekin O-C zanjir berqiladi. Bu holat harakatchan kontakt 2 harakatsiz kontakt 3 bilan ulanguncha saqlanadi, ya‘ni parametrning o‗rnatilgan nosezgir zona chegarasida bo‗lish vaqtida bu holat saqlanib keladi. Harakatchan kontakt 2 kontakt 3 bilan ulanganda R1 rele ishga tushadi, bunda, O-C ishlovchi zanjir uziladi va O-B zanjir berkiladi. Harakatchan kontakt 2 kontakt 3 dan ajraganda, R1 rele manbadan uziladi, yakor bo‗shaydi. O-B zanjir ochilib yana O-C zanjir berqiladi. Tizimning noturg‗un ishlashining oldini olish uchun ikkala rele ham D1 diod va S sig‗im orqali to‗g‗rilangan tok bilan ta‘minlanadi. D2 va D3 diodlar uchqun o‗chiruvchi diodlardir. R qarshilik relening qaytishidagi koeffisiyentni kamaytirib, tizimning turg‗unligini oshiradi. Rostlanuvchi organ yoki signalizasiya zanjiri ulangan kuch zanjirlar O, A, B, C klemmalarga ulanadi. 16.2-rasm. PR1.5 pozision rostlagichining prinsipial sxemasi. 115 PPR-1M qurilma qo‗shimcha asbobga o‗rnatilgan transformatordan 33V kuchlanish bilan ta‘minlanadi. Download 1.85 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling