Qarshi muhandislik-iqtisodiyot instituti texnologik jarayonlarni avtomatlashtirish va boshqaruv


Download 1.85 Mb.
Pdf ko'rish
bet78/131
Sana20.11.2023
Hajmi1.85 Mb.
#1788394
1   ...   74   75   76   77   78   79   80   81   ...   131
Bog'liq
Avtomatikaning boshqarish

NAZORAT SAVOLLARI 
1. Zadvijkali rostlash organlari haqida ma‘lumot bering? 
2. Zaporli zadvijka haqida tushuncha bering? 
3. Zatvor turlari haqida ma‘lumot bering?


106 
4. Ikki pozisiyali zadvijkali rostlash organlarini tushuntiring? 
5. Zatvor konstruksiyasi bo‘yicha necha xil bo‘ladi?
6. Klinli zadvijka nima?
7. Parallel zadvijkani tushuntiring? 
ADABIYOTLAR:
1. Yusupbekov N.R., Muxamedov B.I., Gulomov Sh.M. Texnologik jarayonlarni 
nazorat qilish va avtomatlashtirish. –Toshkent: O‗qituvchi, 2011. –576 b. 
2. Vaxidov A.X., Abdullaеv D.A. Avtomatikaning tеxnik vositalari. Toshkent, 
2012. 
3. Шандров Б.В., Чудаков А.Д. Технические средства автоматизации. М.: 
Академия, 2007. 
4. Емельянов А.И. и др. Исполнительные устройства промышленных 
регуляторов. –М.: Машиностроение, 1975. 
 
MAVZU: AVTOMATIK ROSTLAGICHLARNING TASNIFI 
REJA: 
1. Avtomatik rostlagichlarning tasnifi 
2. Bevosita ta‘sir qiluvchi rostlagichlar 
 
Tayanch iboralar: Avtomatik rostlagich, bevosita ta‘sir qiluvchi rostlagich
bilvosita ta‘sir qiluvchi rostlagich, rostlash organi, uzluksiz rostlash organlari, 
stabillovchi rostlagich, dasturli rostlagich, kuzatuvchi rostlagich, statik bosim 
rostlagichi, astatik bosim rostlagichi. 
15.1 Avtomatik rostlagichlarning tasnifi 
Avtomatik rostlagichlar sanoatning turli sohalarida tehnologik jarayonlarni 
avtomatlashtirishda 
keng 
ishlatiladigan 
texnik 
vositalardan 
hisoblanadi. 
Rostlagichlarni 
tasniflash 
rostlash 
qonuni, 
rostlanuvchi 
kattalikning 
turi, 
rostlagichning ish usuli, ishlatiladigan energiya turi, ijro etuvchi mexanizmning 
rostlovchi organiga kо‗rsatiladigan ta‘sirning xarakteri, rostlagich ishining 
xarakteristikasi (rostlash qonuni) kabi xususiyatlarga asoslanadi. 
Rostlanuvchi kattalikning turiga kо‗ra rostlagichlar quyidalarga bо‗linadi: 
bosim, sarf, temperatura, sath, namlik va hokazolarni rostlagichlar. Ishlash usuliga 
kо‗ra bevosita va bilvosita ta‘sir qiluvchi, rostlagichlar mavjud. Ijro etuvchi 
mexanizmning rostlovchi organini ishga tushirish uchun rostlanuvchi obyektdan 
olingan energiyaning о‗zi bilan ishlovchi rostlagichlar bevosita ta‘sir qiluvchi 
rostlagich deb ataladi. Agar ijro etuvchi mexanizmning rostlovchi organini ishga 
tushirish uchun qо‗shimcha energiya kerak bо‗lsa, bilvosita ta‘sir qiluvchi 
rostlagichlar ishlatiladi. Foydalaniladigan energiya turiga kо‗ra rostlagichlar elektr, 


107 
pnevmatik, gidravlik va aralash (elektr-pnevmatik, pnevmo-gidravlik va hokazo) 
rostlagichlarga bо‗linadi. 
Ijro etuvchi mexanizmning rostlovchi organiga kо‗rsatiladigan ta‘sirning 
xarakteri jihatidan rostlagichlar uzlukli va uzluksiz ishlovchi bо‗ladi. Uzlukli 
ishlovchi rostlagichlarda ijro etuvchi mexanizmning faqat rostlovchi organi 
rostlanuvchi kattalikning uzluksiz muayyan qiymatida harakat qiladi. Uzluksiz 
ishlovchi rostlagichlarda esa ijro etuvchi mexanizmning rostlovchi organi 
rostlanuvchi kattalikning uzluksiz о‗zgarish holatida uzluksiz harakat qiladi. 
Rostlanuvchi kattalikning о‗zgarishi va rostlovchi ta‘sir о‗rtasidagi bog‗lanish 
(yoki ijro etuvchi mexanizm rostlovchi organining harakati), ya‘ni rostlash qonuni 
nazarda tutilgan ish xarakteristikasiga kо‗ra rostlagichlar pozitsion, integral (astatik), 
mutanosib (statik), izodrom (mutanosib-integral), mutanosib-differensial (oldindan 
ta‘sir etuvchi statik), mutanosib-integral-differensial (oldindan ta‘sir etuvchi izodrom) 
bо‗ladi. 
Rostalanuvchi kattalikni vaqt davomida talab qilingan chegarada saqlab turish 
jihatidan rostlagichlar stabillovchi, dasturli va kuzatuvchi rostlagichlarga bо‗linadi.
Stabillovchi rostlagichlar rostlanuvchi kattalikning berilgan qiymatga (ma‘lum 
darajadagi xato bilan) tenglashishini ta‘minlaydi.
Dasturli rostlagichlar maxsus dasturli topshiriq bergich yordamida 
rostlanuvchi qiymatning vaqt bо‗yicha avvaldan ma‘lum bо‗lgan (qonun) bо‗yicha 
о‗zgarishini ta‘minlaydi. Bu dastur texnologik reglament talablariga muvofiq, 
tuzilgan bо‗ladi.
Kuzatuvchi rostlagichlarda rostlanuvchi kattalikning vaqt bо‗yicha о‗zgarishi 
rostlagich topshiriq bergichiga bilvosita ta‘sir qiluvchi boshqa kattalikning 
о‗zgarshiga mos bо‗ladi. 

Download 1.85 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   74   75   76   77   78   79   80   81   ...   131




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling