Qarshi muhandislik-iqtisodiyot instituti texnologiya fakulteti
Download 1.98 Mb.
|
Energotex lab orginal
4.1.Nazariy ma'lumotlar
Termodinamikaning differensial tenglamalari moddalarning kalorik, ya'ni issiqlik xolati (i, u, cp, cv) xususiyatlarini termodinamik parametrlar va moddalarning asosiy termodinamik xossalari termik kengayuvchanlik lari orqali ifodalash imkonini beradi. Shunday qilib, real gazlarning kalorik xususiyatlarini to’g’ridan to’g’ri eksperimental aniqlash shart emas, chunki o’lchashlar anchagina xatoliklar bilan bog’liq. Asosiy differensial tenglamalar quyidagi ko’rinishga ega: Entalpiya uchun Issiqlik sig’imlari uchun Shunday qilib, masalan, (2) tenglamada real gazning issiqlik sig’imi Ср qiymatni berilgan xaroratda va termik kengayuvchanlikni eksperimental qiymatlari berilgan bo’lsa Ср ni quyidagi formuladan aniqlash mumkin: (1) va (3) tenglamalardan amaliy xisoblar uchun foydalanish mumkin, moddalarning asosiy termodinamik xossalarini eksperimental yul bilan yoqi ularning xolatlarini xisoblash mumkin bo’lgan tenglamalar orqali aniqlash mumkin. Real gazlarning eng sodda xolat tenglamasi bo’lib, Van – der Vals tenglamasi xisoblanadi: Tenglama (5) molekulalarni oxirgi xajmini xisobga oluvchi tuzatma b ni va ularning o’zaro tortishish kuchlarini o’ziga oluvchi bosim а/v2 tuzatmasini nazarda to’tadi. Aloxida moddalar uchun doimiylar a va b ni kritik parametrlar orqali aniqlanishi mumkin. Kritik bosim Ркр va kritik xarorat Ткр orqali quyidagi formulalar orqali aniqlanadi: Gaz doimiysini esa quyidagi tenglamadan aniqlanadi. Van–der–Vaals tenglamasining aniqligi yuqori emas, shuning uchun xozirgi paytda gazlar xolat tenglamasining nazariy asoslangan virial kurinishidagi zichlik r darajalari bo’yicha sikiluvchanlik koeffisienti Z katoriga yoyilgan yagona xolat tenglamasidan xam foydalaniladi. Bunda: - ikkinchi, uchinchi, turtinchi va x.k. deb ataluvchi virial koeffisientlar. Tenglamadagi xar bir virial koeffisientlarni gazning molekulyar xususiyatlari asosida aniqroq asoslash mumkin. Ikkinchi virial koeffisient V ikki molekulaning o’zaro ta'siri natijasida ideal gazning xolat tenglamasidan ogishni xisobga oladi, uchinchi koeffisient esa uchta molekulani o’zaro ta'sirini xisobga oladi, va x.k. Shunday qilib, virial xolat makroskopik eksperiment natijalarini tenglamasi molekulalarning o’zaro ta'siri nuqtai – nazaridan tushuntirib beradi. Real moddalarning termodinamik xossalarini o’rganishning eksperimental usullari xolat tenglamasining virial koeffisientlarini aniqlashga va o’rganilayotgan moddaning termodinamik xususiyatlarini xisoblashda keltiriladi. Virial koeffisientlarni tajribada aniqlash uchun bosim p, xarorat T va solishtirma xajmni v o’lchash lozim bo’ladi. Entalpiya va Issiqlik sig’imi tajribada kalorimetr bilan aniqlanadi. O’rganilayotgan modda miqdori oldindan ma'lum kalorimetrik idishga joylashtiriladi. Bug’ va gazlarning issiqlik sig’imini aniqlash paytida oqizuvchi kalorimetrlardan foydalaniladi, chunki kalorimetr detallarini qizitishga sarflanayotgan Issiqlikni va issiqlik yo’qotishlarini moddaning kalorimetr orqali utayotgan miqdorini oshirish xisobiga anchagina kamaytirish mumkin. Issiqlik sig’imini quyidagi ifodadan aniqlash mumkin: Bunda Q – moddaga vaqt birligi ichida berilayotgan Issiqlik, J/s miqdori; M – moddaning massaviy sarfi (kg/sek); t1, t2 – tajribaning boshlang’ich va oxirgi xarorati °S. Download 1.98 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling