Qarshi muhandislik-iqtisodiyot instituti y. L karimov., Z. Y latipov., U. X eshonqulov., O. A qayumov
Download 2,54 Mb. Pdf ko'rish
|
Tog\' jinslari fizikasi Y.L KARIMOV., Z.Y LATIPOV., U.X ESHONQULOV., O.A QAYUMOV
Massivlardagi alohida hodisalar.
Ko‘mir qatlamlarini qazib olishda kon massivlari qatlamlari o‘zini bo‘lakcha holda tutadi. Ushbu holatlar bilan bog‘liq hodisalarga qatlamlarning gachanligi, gazga mo‘lligi, o‘z-o‘zidan yonib ketishi va otilib ketishligi xavfliligi va boshqalar. Tog‘ jinslarining gazchanligi tog‘jinslarining tabiiy sharoitda massa birligiga to‘g‘ri keladigan erkin yoki sorbsiyalangan gaz miqdoriga aytiladi. Ko‘mirdan ajralib chiqadigan qazib olingan ko‘mir massasi birligiga to‘g‘ri keladigan gaz miqdoriga ko‘mirning gazga mo‘lligi deyiladi. O‘z – o‘zidan yonib ketish – ko‘mirlarning o‘z – o‘zidan yonishini tavsiflaydigan parametri bo‘lib, oksidlanish reaksiyasi tezligi va o‘z – o‘zidan yonishning kiretik harorati bilan aniqlanadi. Otilib ketishga xavfliligi - ko‘mir qatlamlarida behosdan ko‘mir va gazlarning otishini aniqlaydigan parametr hisoblanadi. Kon zarbasi – kon massivining chegaraviy zo‘riqmalar holatida portlashiga o‘xshash mo‘rt yemirilib massivdan ko‘p miqdorda maydalangan va yanchilgan tog‘ jinslarning otilib chiqishiga aytiladi. 112 Otilish (strelyaniya) – kon zarbasining kuchsiz ko‘rinishi bo‘lib, 0,1 dan 10 kg tog‘ jinslarning otilishiga aytiladi. Maydalangan tog‘ jinslari tabiiy maydalangan va kon ishlari jarayonida maydalangan jinslarga bo‘linadi. Tabiiy maydalangan jinslarga qum sheben va graviylar kiradi. Maydalangan (yemirilgan) tog‘ jinslari maydalangan darajasiga qarab quyidagi texnologik turlarga bo‘linadi: 1. Bog‘langan portlatilgan jinslar bu holatda tog‘ jinslari bog‘langanligi to‘liq buzilmaydi. Massivning darzliklari ortadi, bo‘laklar orasidagi bog‘liqlik kuchlari ancha yuqori bo‘ladi. Bo‘laklarning o‘rtacha kattaligi 1 m bo‘lib, ayrim bo‘laklar 1,5 m bo‘ladi. 2. Katta bo‘lakli portlatilgan jinslar ushbu jinslar katta bo‘lakli bo‘lib, ular porlatilgan massada qislgan holda bo‘ladi. Eng katta bo‘laklari 1-1,5 m bo‘ladi. 3. Mayda bo‘lakli portlatilgan jinslar bo‘laklar orasidagi ko‘p bo‘shliq bo‘lib, ayrim bo‘laklari portlatilgan massada qisilgan bo‘ladi. Katta bo‘laklarining o‘lchamlari 0,6-0,7 bo‘ladi. 4. Maydalangan jinslar mayda bo‘lakli portlatilib va boshqa usullarda maydalangan jinslar. Bo‘laklar kattaligi 0,2 m dan kam, bunday kattalikda faqat foydali qazilmalar maydalanadi. 5. Juda maydalangan jinslar bo‘laklar kattaligi 0,1 m dan kichik bo‘lib, maydalash va elash yordamida foydali qazilmalar olinadi. Yumshatilgan yumshoq jinslar tabiiy bog‘lanishni yoo‘qotgan jinslar. Bo‘laklarning o‘rtacha diametri ô d kon massasini o‘rtacha kattaligini tavsiflaydi. Ayrim hollarda bo‘laklar o‘rtacha kattaligiga teskari bo‘lgan ko‘rsatkich disperslik qo‘llaniladi. Alohida bo‘laklar sinfini (massa hajm yoki bo‘laklar soni bo‘yicha) umumiy massasiga hajmiga yoki soniga nisbati % hisobida granulometrik tarkib deyiladi. 113 Bir erkin yuza bo‘lganda portlatilganda 2 , 1 05 , 1 ð Ê va 6 ta erkin yuza bo‘lganda ð Ê =2 va undan yuqori bo‘ladi. Portlovchi moddaning solishtirma sarfi ortishi bilan yumshatilish koeffitsiyenti ortadi. Download 2,54 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2025
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling