Qarshi muhandislik-iqtisodiyot instituti y. L karimov., Z. Y latipov., U. X eshonqulov., O. A qayumov
Download 2.54 Mb. Pdf ko'rish
|
Tog\' jinslari fizikasi Y.L KARIMOV., Z.Y LATIPOV., U.X ESHONQULOV., O.A QAYUMOV
Annotatsiya
Tog‘ jinslari fizikasi – tog‘ jinslarining fiziko – texnik xossalari, xossalarning o‘zgarish qonuniyatlari va ularni kon sanoatida qo‘llash prinsiplari haqidagi fan. Tog‘ jinsi fizikasi konchilik fanining tarmog‘i bo‘lib, tog‘ jinslarining yemirilish usullarini (burg‘ulab portlatib yoki mexanik usulda) aniqlashda, uskunalar va asboblar tanlashda, boyitish usullarini va boyitish uskunalarini tanlashda shuningdek kon massivini ustuvorligini ta’minlashda kerak bo‘ladi. Ushbu ishlar barchasi pul mablag‘lari bilan bog‘liq bo‘lib, kon korxonalarining samarali ishlashiga bevosita ta’sir qiladi. Tog‘ jinsi fizikasi fanining rivojlanishiga olimlardan: M. M. Protodyakonovlar, P. M. Simbarevich, T. N. Kuznetsov, N. A. Sitovich, L. Ch. Baron, P. L. Redinder, L. A. Shreyner, V. V. Rjevskiy, T. Y. Novik va boshqalar katta hissa qo‘shishgan. Mineral – tabiiy jins bo‘lib, kimyoviy tuzilishi va fizik xossalari taxminan bir xil bo‘lib, yer po‘stlog‘idagi fiziko – ximiyaviy jarayonlar natijasida paydo bo‘lgan. Yer po‘stlog‘ida keng tarqalgan minerallar: dala shpatlari – 60%, amfibol va piroksenlar – 17%, kvars – 12% va slyudalar – 3.8%ni tashkil qiladi. Kon qazish ishlarida barcha tog‘ jinslari ishtirok etadi. Bularga tub jinslar (o‘z o‘rnida joylashgan), qoplama jinslar, nanoslar, maydalangan, qayta yotqizilgan yoki ko‘chirib o‘tkazilgan jinslar. Qazish zaboylarida tog‘ jinslarining tabiiy holatdagi xususiyatlarini o‘rganish kerak bo‘ladi. Boshqa ishlarda (yuklash, tashish, maydalash) tog‘ jinslarining maydalangan holatlari o‘rganiladi. Shuning uchun tog‘ jinslarini o‘rganishda quyidagi tushushchalar kiritilgan: tog‘ jinsi massivi, maydalangan tog‘ jinslari (tog‘ jinslari massasi) va tog‘ jinslarining alohida bo‘laklari (tog‘ jinsi namunasi). Foydali qazilmalarni qazib olishda alohida minerallar yoki tog‘ jinslari yoppasiga massivdan ajratib olinadi. Shuning uchun tog‘ jinslari fizikasi minerallar va barcha tog‘ jinslarining fizik xususiyatlarini o‘rganadi. 5 Tog‘ jinslari murakkab agregat bo‘lib, ko‘p fazalidir (suv, neft, gaz va boshqalar). Shuning uchun tog‘ jinsi fizikasi qattiq jinslar fizikasi fanidan farq qiladi. Download 2.54 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling