Qarshi muhandislik-iqtisodiyot instituti y. L karimov., Z. Y latipov., U. X eshonqulov., O. A qayumov
Download 2.54 Mb. Pdf ko'rish
|
Tog\' jinslari fizikasi Y.L KARIMOV., Z.Y LATIPOV., U.X ESHONQULOV., O.A QAYUMOV
- Bu sahifa navigatsiya:
- Effuziv jinslar
Intruziv va iffuziv jinslar har xil sharoitda hosil bo‘lgani uchun, ular tuzilishi,
xususiyati va tabiatda yotish sharoitiga qarab bir–biridan keskin farq qiladi. Intruziv jinslar. Magma yer qobig‘ining chuqur qismida, katta bosim va temperatura ostida asta–sekin kristallanib u qotsa, uni tashkil etuvchi atom va molikulalari to‘liq kristallanadi va to‘liq kristalli jinslar hosil bo‘ladi. Ular tabiatda batolit, shtok, lakkolit, lapotit kabi shakllarda yotadi. Ularning asosiy turlari: gabbro, granit, granodiorit, siyenit va dioritlardir. Bu jinslar kristalli massiv jinslar bo‘lib, o‘ta mustahkam va nurash jarayonlariga chidamlidir. Effuziv jinslar magmaning yer yuzasiga otilib chiqib qotishidan hosil bo‘ladi. Bu holda magmaning bosimi tez pasayadi va temperaturasi esa tez soviydi, natijada jinslar to‘la kristallanishga ulgurmaydi. Shuning uchun effuziv jinslarning ba’zilari kristalli va massivdir (diabaz, bazal’t va hokazo), ba’zilari esa shishasimon bo‘lib g‘ovakdordir (pemza, obsidian, tuf va hokazo). Diabaz, bazal’tlar mustahkam, nurashga chidamli bo‘lsa, pemza va tuflar mustahkamligi past va tez nuraydigan jinslardir. Iffuziv jinslar tabiatda asosan gumbaz va oqim shakllarida yotadi. Magmatik jinslar asosan tog‘li xududlarda tarqalgan har xil tipdagi va shakldagi relyef turlarini hosil qiladi. Tog‘ jinslarining tuzilishini ularning strukturasi va teksturasi belgilaydi. Struktura–jinslarni tashkil etuvchi mineral zarracha va agregatlarining shakli, o‘lchami va o‘zaro bog‘liqligiga aytiladi. Masalan: mayda, yirik, har xil zarrachali, kristalli va boshqalar. Tekstura–o‘sha zarracha va agregatlarining jinslarda fazoviy joylashishiga aytiladi: zich, qat–qat bo‘lib (slansevatiy), g‘ovakdor va hokazo. Tog‘ jinslari hosil bo‘lish sharoitiga qarab 3–ta asosiy genetik guruhga bo‘linadi: magmatik, cho‘kindi va metamorfik jinslar. Magmatik tog‘ jinslari magmaning chuqurlikdagi yer qobig‘ining ichida sovib kristallanishi yoki yer yuzasiga qo‘yilib qotishi natijasida hosil bõladi. 19 Magmatik tog‘ jinslari hosil bo‘lish sharoitlariga muvofiq intruziv (plutonik) va iffuziv (vulqon) turlariga ajratiladi. Intruziv jinslarda magma yerning ichki qismida sovib kristallanishidan hosil bo‘ladi. Bu jinslarning strukturasi bir–biridan farq qiladi; intruziv jinslar to‘lik kristall strukturasi bilan tavsiflanadi, ya’ni, kristallar bilan bir qatorda vulqon shishasi yoki hosil bo‘lishi tez sovush bilan bog‘liq bo‘lgan yopiq kristall massa katta rol o‘ynaydi. Uncha katta bo‘lmagan chuqurlikda hosil bo‘lgan tomirli va subvulqon jinslar hosil bo‘lish sharoitlariga ko‘ra intruziv jinslarga kiradi, ammo ba’zida bu jinslarning tashqi ko‘rinishi va mufassal tadqiqotlarga muvofiq ularni iffuziv anologlardan ajratib bo‘lmaydi. Magmatik tog‘ jinslari tarkibidagi SiO2 (kremnezyom) ning miqdoriga ko‘ra nordon, o‘rta, ishqor, asosli va o‘ta asosli turlariga bo‘linadi. Nordondan o‘ta asosli magmatik jinslarga o‘tgani bilan jinslarning minerallik tarkibi o‘zgarib boradi; nordon jinslarda kvars ko‘rinishidagi erkin (1–jadval) SiO 2 keng tarqalgan bo‘lsa, o‘rta jinslarda u kam miqdorda uchraydi, yanada asoslanganlarida esa umuman yo‘q. a) b) c) 4-rasm. a)Magmatik b) metomorfik va c) cho‘kindi tog‘ jinslari 20 Magmatik jinslarning kimyoviy tarkibi va hosil bo’lish sharoitlariga ko’ra tasnifi. 1–jadval. Download 2.54 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling