Qarshi muhandislik-iqtisodiyot instituti y. L karimov., Z. Y latipov., U. X eshonqulov., O. A qayumov


Download 2.54 Mb.
Pdf ko'rish
bet16/57
Sana21.10.2023
Hajmi2.54 Mb.
#1714750
1   ...   12   13   14   15   16   17   18   19   ...   57
Bog'liq
Tog\' jinslari fizikasi Y.L KARIMOV., Z.Y LATIPOV., U.X ESHONQULOV., O.A QAYUMOV

Nazorat savollari. 
1.Tog‘ jinslari deb nimaga aytiladi va u qanday genetik guruhlarga bo‘linadi? 
2. Tog‘ jinslari qanday turlarga bo‘linadi? 
3.Magmatik tog‘ jinslari qanday paydo bo‘ladi? 
4.Magmatik tog‘ jinslari qanday turlarga bo‘linadi?
5.Magmatik tog‘ jinslar hosil bo‘lish sharoitlariga ko‘ra qanday turlarga 
bo‘linadi? 
6.Cho‘kindi tog‘ jinslari qanday paydo bo‘ladi va u qanday guruhlarga 
bo‘linadi? 


36 
II BO‘LIM. TOG‘ JINSLARI NAMUNALARIDAGI ASOSIY 
JARAYONLAR VA ULARNING FIZIK – TEXNIK XOSSSALARI 
2.3-§. Tog‘ jinslari namunalarining mexanik xossalari. 
Tog‘jinslarining zichligi va elastik xususiyatlari 
Tog‘ jinsi – bu zich yoki bo‘shoq agregatlardir, ular bir yoki har xil 
minerallardan tarkib topib, yer osti yoki yer qatlamlarida bo‘ladigan geologik 
jarayonlar ta’sirida hosil bo‘ladigan boshqa jinslar bo‘laklaridir. Aslida hamma tabiiy 
geologik hosil bo‘lgan jinslar tog‘ jinslariga kiradi, ular doimo mineral tarkibli 
bo‘ladilar. Jism mineral tarkibi – bu keltirilgan tog‘ jinsining umumiy vazni yoki 
hajmi dan kelib chiqqan minerallarning foiz ketma-ketligidir. Tog‘ jinsi suyuq
amorf, kristall va gaz hosil qiluvchi minerallardan tashkil topgan bo‘lishi mumkin. 
Jins xususiyatlari - birinchi bo‘lib, mineral tarkibi va makrotuzilishi – struktura – 
teksturaviy alomatlariga bog‘liqdir. Bir mineraldan tarkib topgan tog‘ jinsiga 
monomineral deyiladi (ohaktosh, bo‘r, kvarts, osh tuzi, gips, marmar va boshqalar), 
bir qanchasidan tashkil topsa – poliminerall deyiladi. Ko‘pincha tog‘ jinslari ana 
shundaydir. Granodioritning mineral tarkibi (%): plаgiоklаz(46); оrtоklаz (15), kvаrts 
(21), biоtit (3), аmfibоl (13) vа bоshqаlаr (2); grаnit-pоrfir оrtоklаz (40), plаgiоklаz 
(26), kvаrtsit (25), biоtit (5),bоshqаlаr (3) аktsеssоr (1); siеnit: оrtоklаz (72), 
plаgiоklаz (12), аmfibоl (7), biоtit (3), pirоksеn (4), bоshqаlаr (2)... Tog‘ jinslari 
mineral tarkibi bir-biriga yaqinroq bo‘lsa ham, tuzilishi, struktura va teksturasi bilan 
farqlanadi. 
Mexanik yuklamalarga qarshilik ko‘rsatish xususiyatlari bo‘lgan tog‘ 
jinslarning mexanik xossalari elastiklik, plastiklik, mustahkamlik va realogik 
xususiyatlarga bo‘linadi.
Tog‘ jinslarining elastiklik xususiyati ularning chegarasida ishlatilib, bunda 
shunday yuklama miqdori ta’sir etadiki, yuklama olingandan so‘ng tog‘ jinsi ilgarigi 
holatiga qaytadi. Elastik tebranishlarining to‘lqin jarayonlari tog‘ jinslarining akustik 
xususiyatlarida namoyon bo‘ladi. 


37 
Tog‘ jinslarining plastiklik xususiyatlari yuklamalar elastiklik chegarasidan 
o‘tganda sodir bo‘lib yuklama olingandan so‘ng tog‘ jinsi o‘zining oldingi holatini va 
o‘lchamlarini tiklay olmaydi va qoldiq deformatsiya hosil bo‘ladi.
Mustahkamlilik xossalari tog‘ jinslarini yemiruvchi yuklamalarini ko‘rsatadi.
Tog‘ jinslariga uzoq vaqt yuklamalar ta’sir etganda ularning deformatsiya 
holatini o‘zgarishi va zo‘riqmalarning o‘zgarishlarini realogik ko‘rsatkichlari 
belgilaydi. 

Download 2.54 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   12   13   14   15   16   17   18   19   ...   57




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling