Qarshi muhandislik-iqtisodiyot instituti y. L karimov., Z. Y latipov., U. X eshonqulov., O. A qayumov
Download 2.54 Mb. Pdf ko'rish
|
Tog\' jinslari fizikasi Y.L KARIMOV., Z.Y LATIPOV., U.X ESHONQULOV., O.A QAYUMOV
- Bu sahifa navigatsiya:
- Dinamo metomorfizm
- Regional metomorfizmi
metomorfizm, dinamo metomorfizm va regional metomorfizm.
Kontakt metomorfizm bu magmaning Yer qa’riga singishi bilan bog‘liq bo‘lib, magma kesib o‘tgan joyda, cho‘kindi jinslarning yuqori temperatura, bosim, har xil gazlar va suv bug‘lari ta’sirida o‘zgarib yangi bir jinslarni hosil qilishidir. Masalan: ohaktoshning marmarga, gil tuproqning slanesga, kvarsli qo‘mning kvarsitga aylanishi. Dinamo metomorfizm – Yer qa’ridagi tektonik harakatlar natijasida ro‘y beradi, ya’ni: bu harakatlar natijasida katta bosim sodir bo‘lib, hosil qilingan bosim ta’sirida tog‘ jinslari buklanadi, burmalanadi va darz ketadi. Dinamo metomorfizmida jinslar qayta kristallanmaydi va kimyoviy reaksiyaga kirishmaydi. Milonit, brekchiyasimon kataklazit deb ataluvchi jinslar hosil bo‘ladi. Regional metomorfizmi katta–katta maydonlarda ro‘y beradi va xilma–xil tog‘ jinslarini o‘z ichiga qamrab oladi. Bunda hamma metomorfizm omillari, ya’ni yuqori temperatura, bosim, hamda gazsimon va suyuq moddalar ishtirok etadi. Uning natijasida tog‘ jinslarining tarkibi va tuzilishi o‘zgarib boshqa jinslarni hosil qiladi. Masalan, granit–gneyga aylanadi. Metomorfizm jarayoniga uchragan jinslarining mineral va kimyoviy tarkibi, strukturasi butunlay o‘zgarib to‘la kristallangan jinslarga aylanadi. Mineral tarkibiga kirgan jinslarga o‘xshab, kristalli strukturaga, xilma–xil teksturali (slanessimon yo‘l– yo‘l, tolali, yaxlit–massiv) bo‘ladi. Metomorfik jinslarning asosiy turlarini gneyeslar, slaneslar, kvarsitlar va marmar toshlar tashkil etadi. Ular nurashga chidamli bo‘lib, mustahkam jinslar hisoblanib, asosan tog‘ va tog‘ oldi xududlarini ishg‘ol etadi. Tog‘ jinslarining yoshi va geologik jadval. Yer po‘stining rivojlanish tarixini o‘rganish, bu tog‘ jinslarining geologik yoshini aniqlashdan boshlanadi. Shuning uchun tog‘ jinslarining yoshini aniqlash ham ilmiy, ham amaliy ahamiyatga egadir. Tog‘ jinslarining yoshini aniqlash, 27 ularning xossasi va xususiyatlarini to‘g‘ri baholashda juda ham muhim omillardan biri bo‘lib hisoblanadi. Tog‘ jinslarining yoshi ikki xilda aniqlanadi, ya’ni: absolyut va nisbiy yosh. Absolyut yosh tog‘ jinslarining paydo bo‘lish vaqtini ko‘rsatib, uning ma’lum geologik davrda paydo bo‘lganidan hozirgacha bo‘lgan davrni ko‘rsatib, million va ming yillar bilan o‘lchanadi. Shuningdek, absolyut yosh tog‘ jinslari tarkibidagi radioktiv elementlarining yemirilishi uchun ketgan vaqtni hisoblash yo‘li bilan aniqlanadi. Tog‘ jinslarining yoshi yer qatlamlarining qaysi biri oldin yoki keyin paydo bo‘lganini qiyosiy taqqoslash yo‘li bilan aniqlanadi. Download 2.54 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling