Qarshi muhandislik-iqtisodiyot instituti y. L karimov., Z. Y latipov., U. X eshonqulov., O. A qayumov
Download 2.54 Mb. Pdf ko'rish
|
Tog\' jinslari fizikasi Y.L KARIMOV., Z.Y LATIPOV., U.X ESHONQULOV., O.A QAYUMOV
KIRISH
Foydali qizilmalarni qazib olish va kon jinslarining fizik xususiyatlarini o‘rganish qadim zamonlardan mavjuddir. O‘sha vaqtning o‘zidayoq kremniy, tuz va mineral bo‘yoqlarni qazib chiqaradigan shaxtalar bor bo‘lgan. Asosan shaxtalar qadim rivojlangan mamlakatlar - Gretsiya, Hitoy, Misr va qadim Rimda bo‘lsa, qadimgi uyum qoldiqlarini esa Ural, Oltoy, Ukraina, Boltiq bo‘yi, Qozog‘iston va O‘rta Osiyoda topilgan. 1584 yilda Rossiyada Davlat buyrug‘i bilan tosh ishlari bo‘yicha birinchi tog‘-kon ta’limoti ochildi. M.M. Protodyakonov (kattasi) birinchilardan bo‘lib, kon bosimi haqidagi teoriyani ishlab chiqqan. Jins mustahkamlik xususiyatlarini boshlang‘ich sistematik o‘rganilishi uning nomi bilan bog‘liqdir. 1926 yilda u konchilik ishlarida va hozirda ham keng qo‘llaniladigan jinslar mustahkamligining klassifikatsiyasini yaratdi. Foydali qazilmalarni ishlab chiqarishda kon jinslarining mexanik xususiyatlaridan foydalanib ko‘pgina olimlar P.A. Rebikder, M.M. Protodyakonov (kichik), P.M. TSimbarevich, G.N. Kuznetsov, N.A. TSitovich, L.I. Baron, K.V. Ruppeneyt, L.A. Shreyner, N.G. Dombrovskiy, A.I.Beron, B.N. Kutuzov, V.V. Rjevskiy, I.A. Turganinov, G.Y. Novik, J.S. Yerjanov, I.V. Baklashov, V.S. Yamshikov, A.N. Xanukayev va boshqalar izlandilar. A.A. Petrovskiy, A.I. Zaborovskiy, A.G. Tarxov, V.N. Daxnov, M.P. Volarovich, E.I. Parxomenko, B.N. Dostovalov, A.S. Semenov, Y.I. Protasov, M.N. Tonkonogov va boshqalar tog‘ jinslarining elektrometriyasini o‘rgandilar, elektrik va issiqlik xususiyatlarini V.S Kravchenko, Y.D. Dyadkin, A.V. Brichkin, A.P. Dmitriyev va boshqalar. 1988 yilda akademiklar P.P. Lazarev va I.M. Gubkin Kurskdagi magnit anomaliyali bazada kon jinslarini keng ko‘lamda o‘rganish ishlarini boshladilar. P.M. Nikiforov va M.S. Molodenskiylar gravimetriyani, akademik V.I. Vernandskiy va A.I. Zaborovskiylar radiometriyani o‘rgandilar, jinslarning fizik xususiyatlari keng ko‘lamda V.N. Kobranova tomonidan o‘tkazildi. Hozirgi vaqtda kon jinslarining fizikasi hamma tog‘-kon geologik ilmiy- tadqiqot institutlari, o‘quv dargohlarining amaliyot xonalarida va tabiiy sharoitlarda o‘rganilmoqda. Foydali qazilmalarni ishlab chiqarish oshgan sari kon jinslarida hosil 9 bo‘layotgan fizik jarayonlarni o‘rganishga majburiyat o‘sib bormoqda. Bu faqatgina kon mutaxassislarining kon jinslarinin har bir sharoitlarda ularni boshqarish, fizik xossalarini yaxshi bilishi va oldindan baholay olishida amalga oshadi. O‘zbekiston anchagina foydali qazilmalarga boydir, bularga volfram, molibden, mis, rux, vismut, kadmiy, pirit, qalay, simob, surma, qo‘rg‘oshin, oltin, kumush, kamyob metallar, ko‘mir, neft, gaz, mineral suvlar, qurilish materiallari, kaolin, marmar, granit kiradi. O‘rta Osiyo regioni-baland tog‘li seysmoaktiv region bo‘lib, havosi keskin o‘zgaruvchandir va qishda -20 0 S, yozdа esа +42 0 S, kunduzi +40 0 S, kеchаsi +10 0 S haroratli issiq iqlimi bilan ajralib turadi. Bu narsa albatta tog‘ jinslarining fizik xossalariga qat’iy ta’sir qiladi. Zamonaviy tog‘ sanoati – bu sanoatning eng rivojlangan tarmog‘i bo‘lib, xalq ho‘jaligini xom ashyo energetikasini yonilg‘i, qora va rangli metallarni - ruda, kimyo sanoatini - xom ashyo, qishloq ho‘jaligini - o‘g‘it va qurilish sanoatini - qurilish mollari bilan ta’minlaydi. Hamma jarayonlarni kompleks mexanizatsiyalashda mehnat unumdorligini muayyan ravishda o‘sishiga turtki bo‘lib, tog‘lik hosildorligiga asos bo‘lmoqda. Bu tog‘ jinslarini samarali ravishda buzishda, massivni mustahkamlashda, tog‘ jinslarida hosil bo‘ladigan jarayonni har tomonlama kuzatishni yaratishda, rudadan foydali komponentlar olishning yangi yo‘nalishlarini ishlab chiqishda amalga oshiradi. Tog‘ jinslari xususiyatlariga qarab uni ishlab chiqarishning texnikasi va texnologiyasi jarayonini aniqlash mumkin. Kon bosimi va uni boshqarish, kon qazilmalari va uning qoldiqlarini tuzilishini, karer devorlarining chidamliligini, ochiq va yer osti kon ishlarining texnika va texnologiyasini tanlash, suv oqimining kengligi, foydali qazilmalar sifati va boshqalarning tog‘ jinslarini fizik-mexanik xususiyatlari bilan bog‘liqligidir. XX asrning 60 yillarida asosiy konchilik fanining tarkibiga kirgan “tog‘ jinslari fizikasi” yana bir ajralgan mustaqil yo‘nalish bo‘ldi. Bu bilan tog‘ jinsini yangi geologik xamda fizik xususiyatlarini o‘rganish va kon qazilmasi borasida yondoshishga turtki bo‘ldi. Jinsning fizik xossasini o‘rganmay turib uni burg‘ilash, buzish, foydali qazilmaga birinchi ishlov berish va qazib olishning yangi usullarini qo‘llashni to‘xtatib turdi. Konchilik ishi 10 mutaxassisi har qandoy vaziyatda ham tog‘ jinslarini fizik xossalarini bilishi va uning o‘zgarish ehtimolini to‘g‘ri baholashi zarur. Tog‘ jinslari fizikasining asosiy vazifasi ularning o‘zaro o‘lchamlarini mujassam o‘rganib, mahsuldorligini muammolarsiz hal qilishdir. Kelajakda tog‘ jinslarini yanada yangicha texnologiyalar bilanolinib ish unumdorligini oshirish uchun uning fizik, kimyoviy va boshqa hususiyatlarini chuqur va har tomonlama o‘rganish zarur. To‘liq ma’lumotlarga ega bo‘lmagan holda, ortiqcha harajatlar qilib uncha axamiyatga ega bo‘lmagan mahsuldorlik, moddiy tomonlama va vaqtning besamara sarfi zarariga uchrashi mumkin. Zamonaviy masshtab va usullarda birinchi holda har xil o‘lchamdagi tog‘ jinslarining mexanik va zichlilik xususiyatlari bilan bog‘liq bo‘lgan bir muncha ma’lumotlarni aniqlash lozim. Tabiiy va amaliy tekshiruv natijalariga ko‘ra ularning hususiyatlari ancha o‘zgaruvchan va turli murakkab, tasodifiy omillarga bog‘liqdir. Bu omillarni paydo bo‘lishi va ta’sir etishini bir vaqtning ichida hisobga olib bo‘lmaydi. Tog‘ jinslari fizikasida ehtimollar nazariyasi apparati va matematik statistikasi qo‘llaniladi. Bunda tajribali o‘rnatilgan qonuniyatlarini va makroskopik usul bilan qoldiqlarga bog‘liqlikning fizik xossalarini o‘rganiladi. Tog‘ jinslarining fizik xossalari asosan konchilik ishlarini olib borishda, qazib olish texnologiyasi va foydali qazilmalarni qayta ishlashni yengillashtiradi. Konchilik ishlab chiqarish sanoati bosqichlari ularning fizik xususiyatlarini (qidirish va foydali qazilma konlarini ishlab chiqish, ochish va qayta ishlash, kon mashinalarini konstruktorlash, elektrifikatsiya va ishlab chiqarish jarayonlarini avtomatlashtirish, portlatib-burg‘ilash ishlari) o‘rganish bilan bog‘liqdir. Tog‘ jinslarini ishlab chiqarish va qayta ishlash quyidagi jarayonlarni o‘z ichiga oladi: - yеmirilish (zаrrаchаlаr aro bog‘liqlikdagi kuchlаrning buzilishi); - yuklаsh; - trаnspоrtlаsh; - yig‘ish va qayta ishlash (tuproq uyulmasi hosil bo‘lishi). 11 1) Kon jinslarini buzishning quyidagi hollari mavjud: qo‘l va mashina bilan, portlatish, gidravlik va ultratovushli. Bu ishda maxsus qattiq asbob – uskunalar, suyuqlik, gaz yoki ularning aralashmasidan foydalaniladi. Bu holatda yemirilishning samarasi mahsulot mustahkamligiga bog‘liqdir bo‘ladi. Bundan tashqari yemirilish: termik, elektrik, magnitli, elektrmagnitli va kimyoviy bo‘lishi mumkin. Bunda yemirishga qanday usul ta’sir etilgan bo‘lsa, olingan energiya orqali kon jinsining o‘zidan shuncha energiya ishlab chiqaradi. Bunda jinsning tarangligi, issiqligi, elektrikligi, magnitliligi va gidravlik xarakterlari muhim rol o‘ynaydi. Kon jinslarini buzilgandan keyin yuklash (qo‘lda, mashinada va gidravlik) ularning fizik xossalariga bog‘liqdir (solishtirma, hajmiy og‘irligi, mustahkamligi, yopishqoqligi, yumshoqligi, ishqalanish koeffitsiyenti va boshqalar). Ularni transportlashga fizik- mexanik xususiyatlarining ham ta’siri kattadir (bo‘laksimonligi, qiyalikning tabiiy burchagi, uyma og‘irligi, yemirilishi va hakozolar). Tuproq uyulmasi va burmachanglik hosil bo‘lganda konveyyer yoki gidravlik transportdan foydalaniladi. To‘yintirish foydali qazilmalar va g‘ovak jinslarning solishtirma va hajm og‘irligiga ko‘ra asosanlanadi. Flotatsiya, magnit, elektr va boshqa ko‘rinishdagi ajratishlar kon jinsining hususiyatlariga bog‘liq bo‘ladi. 2) Turli xil fizik maydonlar ta’siri ostida tog‘ jinslarining fizik xususiyatlari o‘zgarib turishi tabiiy holdir. Foydali qazilmalarni izlash va ishlab chiqarishdagi texnikaning rivojlanishida ahamiyatli bo‘lgan xususiyatlari chuqur va birma-bir o‘rganiladi. 3) Tog‘ jinsi fizikasi va jarayonlari asosan quyidagi xususiyatlarni o‘rgatadi: 4) Zichliligi (solishtirma, hajm og‘irligi, zichligi, g‘ovakligi va yumshoqligi); 5) Mexanikasi (har xil mexanik kuch ta’sirida maydonlardagi tog‘ jinslarining roli). Bu xususiyatlar tog‘ jinslarining ma’lum bir kuchlanishda turlicha og‘irlikdagi xarakterlovchi guruhlarga bo‘linadi: a) deformatsiyali, tarang; b) reologik (vaqt ta’sirida jism xususiyatlarining o‘zgarishi); v) mustahkam (kon jinslarini buzishda keskin kuchlanish); g) akustik (tarang to‘lqin uzatilish shartlari); d) foydali 12 qazilmalar qazib olishda va to‘yintirishda turli xildagi mexanik buzilmalarda tog‘ jinslarining qarshiligi. 6) Gidro-gazodinamik – tog‘ jinslariga suv va gazning ta’siri. 7) Issiqlik-tog‘ jinslariga issiqlik o‘tish shartlari va haroratli maydonda o‘zini tutishi. 8) Elektr va elektromagnit xossalari – tog‘ jinslarining elektrlangan maydondagi o‘zaro ta’siri. 9) Magnit xususiyati – magnitlangan maydonda tog‘ jinslarining o‘zini tutish shartlari. 10) Radioaktiv xususiyati – o‘zida mavjud bo‘lgan radioaktiv yadrolar mujassamligi tufayli, radioaktiv maydonning jadalligini tavsiflash. Yutiluvchan usul – bunda tog‘ jinsining atrofdagi radioaktiv maydondan radioaktiv to‘lqin taralishini yutilishidir. |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling