Qarshi muhandislik-iqtisodiyot instituti y. L karimov., Z. Y latipov., U. X eshonqulov., O. A qayumov


Download 2.54 Mb.
Pdf ko'rish
bet51/57
Sana21.10.2023
Hajmi2.54 Mb.
#1714750
1   ...   47   48   49   50   51   52   53   54   ...   57
Bog'liq
Tog\' jinslari fizikasi Y.L KARIMOV., Z.Y LATIPOV., U.X ESHONQULOV., O.A QAYUMOV

Nazorat savollari. 
1. Namlikning ta’sirini ayting? 
2. Bosimning ta’sirini ayting?
3. Elektr va magnit xususiyatlariga ta’sirini ayting?
4. Haroratni tog‘ jinslarining magnit xususiyatlariga ta’sirini ayting?
5. Elektr va magnit xususiyatlariga ta’sirini ayting?


110 
3.2-§. Massivdagi tog‘ jinslarining fiziko – texnik parametrlari. 
Kon massivi jinslarini sinashning natural usullari quyidagilarga bo‘linadi: 
laboratoriya eksperimenti (o‘zgarilgan masshtabda), penetratsiya, geofizik va 
hisoblash usullari. 
Laboratoriya eksperimentini immitatsiya qilish usuli. Tog‘ jinslari bloklarini 
oldindan tayyorlab olish kerak bo‘ladi va bu blokka massivdan qisman ajratib olinadi. 
Ushbu usulda tog‘ jinslarining mustahkamlik parametrlari, qisman gidravlik va 
issiqlik usullari o‘rganiladi. Bu usul ko‘p mehnat talab qilib, ko‘proq natijalar olish 
imkonini bermaydi. 
Penetratsiya usulida tog‘ jinslariga turli identorlarni botirib, ularning 
mustahkamlik, elastiklik, plastiklik xususiyatlari va jinslarning kon – texnologik 
parametrlarini aniqlash mumkin. Bu usulning qulayligi, soddalik va osonlik 
natijalarning olinishi bo‘lib, barcha penetratsiya usullari bilvosita usullar hisoblanadi.
Geofizik usullarga massivni o‘rganishdagi barcha geofizik usullar majmuasi 
kiradi va boshqa usullar bilan taqqoslanadi. 
Massivni o‘rganishni hisoblash usuli laboratoriyada o‘rganilgan namunalarni 
o‘zaro bog‘liqligi qonuniyatlaridan kelib chiqqan holda hisoblar yordamida massivga 
tadbiq qilinadi. Ushbu usulda elastik to‘lqinlarning tarqalish tezligidan mustahkamlik 
ko‘rsatkichlari, nurlarning yutilishidan tog‘ jinslarning zichligi skvajina elektr 
karotajidan tog‘ jinslarning suyuqlik o‘tkazuvchanligi va boshqalar aniqlanadi.
Tog‘ jinslarining massivdagi hajmiy massasi suvga to‘yinganligiga bog‘liq 
bo‘lmagan holda namunani hajmiy massasiga teng yoki kichik bo‘ladi. 
Tog‘ jinslarining massivdagi mustahkamligi namunalar mustahkamligidan 
kichikroq bo‘ladi. Texnik hisoblarda massivdagi mustahkamlikning kamayishi 
struktura bo‘shashish koeffitsiyenti К
с.о
bilan belgilanadi.
Tog‘ jinslarining quruq massividagi issiqlik o‘tkazuvchanligi namunaning 
issiqlik o‘tkazuvchanligidan, massivda qo‘shimcha bo‘shliq va yoriqlar borligi 
evaziga, kam bo‘ladi.


111 
Tog‘ jinslari massivining solishtirma issiqlik sig‘imi, quruq namunalarning 
solishtirma issiqlik sig‘imidan farq qiladi (massivda doimo qo‘shimcha namlik 
bo‘ladi). 
Tog‘ jinslari massivining issiqlikdan kengayish koeffitsiyentlari namunalarda 
aniqlingan ko‘rsatkichlardan kam bo‘ladi, chunki masivda qo‘shimcha yoriqlar 
bo‘lib, tog‘ jinslarning deformatsiyalanishi ortadi.
Solishtirma elektr qarshiligining 

massividagi o‘zgarishlarga ularning 
darzliklari va namligi asosiy rol o‘ynaydi. 
Massivning kon – texnologik parametrlari namunalarda o‘lchangan 
ko‘rsatkichlardan farq qiladi. Qattiqlik namunada o‘lchanganga nisbatan massivda 
kamroq bo‘ladi, abrazivlik, maydalanish ham kam bo‘ladi. Tog‘ jinslari massivining 
plastikligi va oquvchanligi laboratoriya usulida aniqlanganga nisbatan doimo yuqori 
bo‘ladi. 

Download 2.54 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   47   48   49   50   51   52   53   54   ...   57




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling