Qarshi muhandislik-iqtisodiyot instituti y. L karimov., Z. Y latipov., U. X eshonqulov., O. A qayumov
Download 2.54 Mb. Pdf ko'rish
|
Tog\' jinslari fizikasi Y.L KARIMOV., Z.Y LATIPOV., U.X ESHONQULOV., O.A QAYUMOV
Nazorat savollari.
1. Kon zarbasi deb nimaga aytiladi? 2. Otilish deb nimaga aytiladi? 3. Otilib ketishga xavfliligi deb nimaga aytiladi? 4. O‘z – o‘zidan yonib ketish deb nimaga aytiladi? 5. Tog‘ jinslarining gazchanligi deb nimaga aytiladi? 6. Massivning kon – texnologik parametrlari deb nimaga aytiladi? 114 3.2-§. Maydalangan tog‘ jinslarining tuzilishi, tarkibi va holatlari. Maydalangan tog‘ jinslari tabiiy maydalangan va kon ishlari jarayonida maydalangan jinslarga bo‘linadi. Tabiiy maydalangan jinslarga qum sheben va graviylar kiradi. Maydalangan (yemirilgan) tog‘ jinslari maydalangan darajasiga qarab quyidagi texnologik turlarga bo‘linadi: 1. Bog‘langan portlatilgan jinslar bu holatda tog‘ jinslari bog‘langanligi to‘liq buzilmaydi. Massivning darzliklari ortadi, bo‘laklar orasidagi bog‘liqlik kuchlari ancha yuqori bo‘ladi. Bo‘laklarning o‘rtacha kattaligi 1 m bo‘lib, ayrim bo‘laklar 1,5 m bo‘ladi. 2. Katta bo‘lakli portlatilgan jinslar ushbu jinslar katta bo‘lakli bo‘lib, ular porlatilgan massada qislgan holda bo‘ladi. Eng katta bo‘laklari 1-1,5 m bo‘ladi. 3. Mayda bo‘lakli portlatilgan jinslar bo‘laklar orasidagi ko‘p bo‘shliq bo‘lib, ayrim bo‘laklari portlatilgan massada qisilgan bo‘ladi. Katta bo‘laklarining o‘lchamlari 0,6-0,7 bo‘ladi. 4. Maydalangan jinslar mayda bo‘lakli portlatilib va boshqa usullarda maydalangan jinslar. Bo‘laklar kattaligi 0,2 m dan kam, bunday kattalikda faqat foydali qazilmalar maydalanadi. 5. Juda maydalangan jinslar bo‘laklar kattaligi 0,1 m dan kichik bo‘lib, maydalash va elash yordamida foydali qazilmalar olinadi. 6. Yumshatilgan yumshoq jinslar tabiiy bog‘lanishni yoo‘qotgan jinslar. Ushbu jinslar doimiy ishqalanish va ilashishga ega bo‘lmaydi. Yumshoq va maydalangan jinslar alohida tuzilish tavsifiga ega bo‘lib, ularga: 1) disperslik parametrlari: bo‘laklarning o‘rtacha diametri, granullometrik tarkib solishtirma yuza va boshqalar; 2) bo‘laklarning shakli tavsifi: bo‘laklarning chiziqli o‘lchamlari nisbati burchaklari; 3) joylashish parametrlari: ularning asosiysi yumshatilish koeffitsiyenti. 115 Bo‘laklarning o‘rtacha diametri ô d kon massasini o‘rtacha kattaligini tavsiflaydi. Ayrim hollarda bo‘laklar o‘rtacha kattaligiga teskari bo‘lgan ko‘rsatkich disperslik qo‘llaniladi. Alohida bo‘laklar sinfini (massa hajm yoki bo‘laklar soni bo‘yicha) umumiy massasiga hajmiga yoki soniga nisbati % hisobida granulometrik tarkib deyiladi. Yumshatilgan jinslarni bir xil emasligini bo‘laklar kattaligi nisbatidan aniqlanib, bir xil emaslik koeffitsiyenti ishlatiladi. 10 60 . d d Ê ð í bunda 60 d va 10 d tog‘ jinslari umumiy massasidan 60 va 10 % tashkil qiladigan maksimal diametrlar. Granulometrik tarkib maydalangan jinslarning muhim ko‘rsatkichi bo‘lib, tog‘ jinslari bo‘laklarining erkin yuzasini belgilaydi. Maydalangan tog‘ jinslari bo‘laklarining umumiy yuzasini uning hajmiga nisbati ïîð ïîâ óä V S S / solishtirma yuza deyiladi. Maydalangan tog‘ jinslarining hajmi granulometrik tarkib, bo‘laklarning joylashishiga va shakliga bog‘liq bo‘ladi. Umumiy g‘ovaklikdan tashqari bo‘laklar orasida orasida ham bo‘shliqlar bo‘ladi. Shuning uchun maydalangan tog‘ jinsining hajmi massivdagiga nisbatan doim o yuqori bo‘ladi. Maydalangan jinslar hajmi massivdagi hajmga nisbati ì ð ð V V Ê / yumshatilish koeffitsiyenti deyiladi. Yumshatilish koeffitsiyenti portlatilish parametrlari va sharoitiga portlovchi moddaning nisbiy sarfiga bog‘liq bo‘ladi. Bir erkin yuza bo‘lganda portlatilganda va 6 ta erkin yuza bo‘lganda ð Ê =2 va undan yuqori bo‘ladi. Portlovchi moddaning solishtirma sarfi ortishi bilan yumshatilish koeffitsiyenti ortadi. Yumshatilgan tog‘ jinslari texnologik turlari yumshatilish koeffitsiyenti bo‘yicha quyidagilarga bo‘linadi. Bog‘langan portlatilgan jinslarda ð Ê =1,03-1,1 katta bo‘ladi. Portlatilgan jinslarda ð Ê =1,2-1,3, mayda bo‘lakli portlatilgan jinslarda ð Ê =1,4-1,65, maydalngan jinslarda ð Ê =1,6-1,85 bo‘ladi. Maydalangan yumshoq jinslarda yumshatilish koeffitsiyenti ð Ê =1,15-1,30 bo‘ladi. Yumshatilgan jinslarni 116 idishga joylashtirishda cp d l / asosiy rol o‘ynaydi. cp d l / nisbat ortganda yumshatilish koeffitsiyenti juda kamayib ketadi. Yumshatilgan tog‘ jinslari alohida tuzilishga ega bo‘lganligi uchun qattiq jinslar bo‘laklaridan barcha fizik parametrlari keskin farq qiladi. Tog‘ jinslari yumshatilganligi uchun hajmiy og‘irlik ko‘rsatkichini qo‘llash mumkin bo‘lmaydi, uning o‘rniga to‘kma zichlik í qo‘llaniladi. To‘kma zichlik yumshatilgan tog‘ jinsini hajm birligidagi massasi bo‘lib, p í V m / . To‘kma zichlik hajmiy og‘irlikdan doimo kichik bo‘lib, p í K / . Tabiiy qiyalik burchagi o - faqat yumshatilgan jinslarga xos bo‘lib. Ularning erkin yuzasi bilan gorizontal tekislik orasidagi burchakka teng bo‘ladi. o - burchagi yumshoq jinslarning go‘yoki ichki ishqalanish burchagi ning chegaraviy qiymatiga teng bo‘ladi. Ulardan yumshatilgan tog‘ jinslari uchun (Moor nazariyasi bo‘yicha) mustahkamlik pasportini tuzadigan bo‘lsak, koordinata boshidan chiqadigan too‘g‘ri chiziq shaklida bo‘ladi (bunda 0 ð ва С=0 bo‘ladi) va tg Ñ formuladan tg bo‘ladi. Bundan o bo‘lib, ichki ishqalanish burchagi tabiiy qiyalik burchagiga teng bo‘ladi. Tabiiy qiyalik burchagi ishqalanish koeffitsiyentiga bog‘liq bo‘lib, o‘z navbatida tog‘ jinslarining zarrachalarining ko‘rinishiga, g‘adir – budurligiga granulometrik tarkibiga, namlik darajasiga va zichligiga bog‘liqdir. Qumlarning tabiiy qiyalik burchagi 19-37 о , oquvchan botqoq tuprog‘i suvlik lyoss 3-5 о ni tashkil qiladi. Yumshatilgan tog‘ jinslarining o‘rtacha tabiiy qiyalik burchagi quruq jinslar uchun 32-45 о , nam jinslar uchun 25-40 о va suvga to‘yingan jinslar uchun 10-25o ni tashkil etadi. Yumshatilgan tog‘ jinslarni siljishga bo‘lgan qarshiligi nihoyatda kam bo‘lganligi uchun, ularda asosan bo‘ylama to‘lqinlar tarqaladi va ushbu to‘lqinlarning tarqalish tezligi kam bo‘lib, havodagi to‘lqin tezligiga yaqin keladi (330 m/s). Yumshatilgan jinslarda asosan mayda dispers jinslarda plastik va reologik xususiyatlar yaqqol namoyon bo‘ladi. Yumshoq jinslarning zichlashishi boshlang‘ich hajmining bir necha 10% gacha borishi mumkin va bu kompression egri chiziqlar bilan tavsiflanadi. Yumshatilgan tog‘ jinslari va tuproqlar namlik ta’sirida asboblar va 117 uskunalar yuzasiga yopishish xususiyati bo‘lib, ularning yopishqoqligi deyiladi (lipkost). Yuqori darajadagi maydalangan (dispers) jinslarda agrigatsiya (yopishish, bo‘laklar hosil bo‘lish) hodisasi kuzatiladi. Yanchilgan jinslar zarrachalarining o‘lchamlari 0,15 mkm dan kichik bo‘lganda agrigatsiya hodisasi kuchayadi. Yumshoq tog‘ jinslarning zichlashishi issiqlik o‘tkazish koeffitsiyenti oshishiga olib keladi. Download 2.54 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling