105
oshiriladi. Bu ularning tarkibidagi chang va gil zarralarini ko‘p, ozligiga bog‘liq.
Agar jins tarkibida chang va gil zarralari ko‘p bo‘lsa, yuvish usuli qo‘llaniladi.
28-rasm. Qum va qumli tog‘ jinslari
Yuvmasdan fraksiyalarga ajratish usuli. Tahlil uchun kerakli o‘rtacha
namuna
katakchalarga bo‘lish usuli orqali ajratib olinadi. Buning uchun jins qattiq qog‘oz
yoki faner ustiga yupqa qavat bilan yoyiladi, yoyilmani uzunasiga va ko‘ndalang
yo‘nalishlarda pichoq
bilan ariqchalar chizilib, kvadratlarga ajratiladi va har qaysi
kvadratdan oz-ozdan tahlil uchun namuna olinadi. Olingan namuna tarozida tortiladi
va elaklar jamlamasidagi 10 mm li elakka solinib elanadi.
Elash jarayonida namuna
elakning boshqa qismlari bo‘yicha fraksiyalarga ajraladi. Bunda taglikka o‘tgan
zarralarning diametri 0,1 mm dan kichik, 10 mm li elakda qolgan zarralar esa 10 mm
dan katta zarralar deb olinadi. Har bir elakda qolgan zarralar og‘irligi avvaldan
og‘irligi aniq stakanchalarga solinib tarozida tortiladi
va dastlabki tahlil uchun
olingan havo haroratida quritiladi, jins og‘irligiga
nisbatan yuqoridagi formula
yordamida protsentda hisoblab chiqiladi.
Do'stlaringiz bilan baham: