Qarshi muhandislik-iqtisodiyot instituti y. L karimov., Z. Y latipov., U. X eshonqulov., O. A qayumov
Tog‘ jinslarining granulometrik tarkibi va injenerlik-geologik axamiyati
Download 2.54 Mb. Pdf ko'rish
|
Tog\' jinslari fizikasi Y.L KARIMOV., Z.Y LATIPOV., U.X ESHONQULOV., O.A QAYUMOV
Tog‘ jinslarining granulometrik tarkibi va injenerlik-geologik axamiyati
Tog‘ jinsini tashkil etuvchi kattaligi jihatdan bir —biriga yaqin bo‘lgan zarralar 99 yig‘indisiga fraktsiya deb ataladi va ular mm bilan ifodalanadi. Tog‘ jinsidan fraktsiyalarning protsent miqdori granulometrik tarkibi deyiladi. Zarralarning katta — kichikligi bir necha o‘n va yuz sm dan to mm ning mingdan bir ulushigacha va undan xam kichik bo‘lishi mumkin. Tog‘ jinsining granulometrik tarkibini tugri baholash uchun tarkibidagi zarralarning katta —kichikligini aniqlash lozim. Tog‘ jinslarining qaysi turkumga kiritilishi, ularni tashkil etgan zarralarning katta — kichikligiga qarab granulometrik analiz orqali belgilanadi. Katta va o‘rtacha donali jinslar g‘alvirlash analizi nomini olgan. Granulometrik analiz natijalari protsent xisobida ifodalanadi. Odatda injenerlik-geologik tekshirish ishlarida 7ta g‘alvir olinadi. Eng katta galvir teshikchalarining diametri 10mm, eng pastdaginiki esa 0,1mm ga teng. Binobarin,diametri 10mm dan katta jins donalari g‘alvirning eng yuqorigi qismida, 0,1mm dan kichiklari galvirning pastki qismida yig‘iladi. G‘alvirlash analizi quyidagicha bajariladi: 1. G‘alvirlar, rasmda ko‘rsatilgandek, bir —birining ustiga joylashtiriladi. 2. Analiz uchun olingan namuna yaxshi quritiladi va tarozida tortiladi, so‘ngra eng yuqoridagi g‘alvirga solinadi. 3. G‘alvirlar birgalikda tebratiladi. Bunda har bir g‘alvirda shu g‘alvir teshikchalaridan katta zarralar yig‘iladi. 4. Har bir g‘alvirda qolgan zarralar texnik tarozida tortiladi. 5. Har bir g‘alvirdagi zarralar fraktsiyasining miqdori kuyidagi formula orqali topiladi: A x q -------- * 100%, V bunda: A-g‘alvirda qolgan jinsning og‘irligi (gramm), V-analiz uchun oligan namunaning umumiy og‘irligi (gramm); G‘alvirlar yordamida asosan tarkibida gil va chang zarralari bo‘lmagan yoki juda oz bo‘lmagan qumlarning granulometrik tarkibi aniqlanadi. Agar qum tarkibida gil va 100 chang zarralari bulsa, u holda qum va undan kattaroq fraktsiyalar g‘alvirlar yordamida ajratiladi. Suv yordamida analiz qilishning har xil prinsplariga asoslaniladigan turli usullari bor. Bu usullar ichida eng ko‘p tarqalgani Robinzon usulidir. Robinzon usuli yordamida gil va chang zarralaridan tashkil topgan jinslarning granulometrik tarkibi aniqlanadi. Bu usul jins donachalarining turg‘un suvda cho‘kishiga asoslangan. Chayqatilgan donachalar o‘zinin kattaligiga qarab turli tezlikda cho‘kadi. Donachalar kancha katta bo‘lsa, cho‘kish tezligi shuncha tez bo‘ladi. Analiz uchun tayyorlangan jins quritish shkafida quritiladi, undan 20g.olinib, 100 yoki 200ml hajmli shisha kolbaga solinadi, ustidan toza suv quyiladi. So‘ng chayqatiladi va bir —biriga yopishgan zarralarni ajratish uchun elektr pletkasi ustiga qo‘yib bir soat davomida qaynatiladi. Kolbalarga bo‘tana sovigandan so‘ng teshikchalarning diametri 0,25mm va kichik g‘alvirdan o‘tkaziladi. Buning uchun tog‘aracha ustiga g‘arlvir qo‘yib, kolbadagi bo‘tana quyiladi. Kolba bir necha marta toza suv bilan yuvilib, g‘alvirga quyiladi. Galvirda qolgan zarrachalar maxsus idishga solinib quritiladi va texnik tarozida tortilib, og‘irligi aniqlanadi. Tog‘arachadagi bo‘tana bir litrli shisha bankaga solinadi va ustiga toza suv quyilib butananing hajmi bir litrga yetkaziladi. Hosil qilingan bo‘tani 1,3—1,5 litrli maxsus shisha silindrga solinadi va uchiga rezina shlang kiydirilgan shisha tayoqcha bilan chayqatiladi. Oradan ma'lum vaqt o‘tgandan so‘ng, hajmi 25ml maxsus pipitka bilan silindr ichidagi bo‘tana yuzidan 10sm chuqurlikda namuna olib, maxsus idishda quritiladi va uning nisbiy miqdori quyidagi formula orqali protsent hisobida aniqlanadi: a*V*C Xq --------- b*V1 bunda: a - pipitkadan olinib, maxsus idishda bug‘latilib quritilgan namunaning og‘irligi (gramm); V - silindrdagi bo‘tananing umumiy hajmi (1000ml); V1 - pipitkadagi bo‘tananing hajmi (25 ml), zarrachalarning umumiy miqdori (protsent), agar (0,25 mm dan) katta zarrachalar bo‘lmasa, Sq100%ga teng buladi; b - analiz uchun olingan namunaning miqdori (gramm). 101 Cho‘kindi tog’ jinslarining tarkibiga asoslangan bir qancha klassifikatsiyasi mavjud. Ko‘pchilik foydalanadigan V.V.Oxotin (1940) tuzgan klassifikatsiyasidir. Bunda gilli cho‘kindi jinslar 14 xilga bo‘linadi: 1. Gil —bunda gil zarralari 30% dan ortik, kum zarralari esa changga nisbatan kuprok. 2. Og‘ir qumoq tuproq —gil 20—%, chang zarralari qum zarralaridan ko‘proq. 3. O‘rtacha qumoq tuproq —gil 15—%, qum zarralari changga nisbatan ko‘proq. 4. O‘rtacha changli qumoq tuproq —gil 15—%, chang zarralari qumnikiga nisbatan ko‘proq. 5. Yengil qumoq tuproq —gil 10—%, qum zarralari changnikiga nisbatan ko‘proq. 6. Changli qumoq tuproq —gil 10—%, chang zarralari qumnikiga nisbatan ko‘proq. 7. Og‘ir qumloq tuproq —gil 6-%10, qumchangga nisbatan ko‘prok bo‘lib, asosan 2—, 25mmli donachalardan iborat. 8. Mayda donachali qumloq tuproq —gil 6—%, kum changga nisbatan ko‘proq, asosan 0,25—,005mm li donachalardan iborat. 9. Changli og‘ir kumlok tuproq —gil 6—%, chang qumga nisbatan ko‘proq. 10. Yengil qumloq tuproq —gil 3—%, qum changga nisbatan ko‘proq, asosan 2—, 25mm li donachalardan iborat. 11. Mayda donachali yengil qumloq tuproq —gil 3—%, qum changga nisbatan oz bo‘lib, asosan 0,25—,05mm li donachalardan iborat. 12. Changli yengil qumloq tuproq —gil 3—%, chang zarrachalari qumnikiga nisbatan ko‘proq. 13. Qum —gil 3%ga yaqin, qum asosiy qismini tashkil etib, 2—,25mm li donachalardan iborat. 14. Mayda donachali qum —gil 3%, qum changga nisbatan ko‘p bo‘lib, asosan 0,25—,05mm li donachalardan iborat. Tog‘ jinslarining granulometrik tarkibi deganda, ularni tashkil qilib turuvchi mineral zarrachalari katta-kichikligi tushuniladi. Ana shu zarralar katta-kichikligiga qarab ma’lum guruhdagi fraksiyalarga ajraladi (5-jadval). Har bir guruhdagi 102 fraksiyalar tog‘ jinslari hajmining u yoki bu qismini tashkil etadi. Shuning uchun injener-geologik amaliyotda tog’ jinslarini tashkil qilib turgan fraksiyalarni, ularning miqdorini aniqlash uchun qator usullar mavjud. CHO‘KINDI TOG‘ JINSLARINI TASHKIL QILIB TURUVCHI FRAKSIYALARNING (ZARRALARNING) KLASSIFIKATSIYASI (V.D Lomtadzedan) 5-jadval Fraksiyalar Fraksiyalarning o‘lchami, mm Fraksiyalar Fraksiyalarning o‘lchami, mm 1. Silliqlangan va qirrali xarsangtoshlar. 4. Qum zarralari: 2-1 katta > 800 dag'al 1-0,5 oʻrtacha kattalikda 800-400 yirik 0,5-0,25 mayda 400-200 o'rtacha 0,25-0,1 2. Silliqlangan va qirrali shag allar: mayda 0.1-0.05 juda yirik 200-100 5 Chang zarralari: Download 2.54 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling