91
2.10-§. Tog‘ jinslarining mexanik xossalariga tashqi maydon ta’siri.
Namlikning ta’siri. Tashqi moddiy maydon tog‘ jinslarida uning tarkibiy
qismini yoki aktiv fiziko – ximyaviy ta’sir ko‘rsatuvchi muhit vazifasini o‘taydi.
Suyuqlarning tog‘ jinslariga ta’siri dinamik yoki statik bo‘lishi mumkin.
Dinamik
ta’sir tog‘ jinslarini mexanik yemirilishga va qo‘zg‘alishga olib keladi, statik ta’sir
ularning
shishiga, ivishiga va erishiga olib keladi. Suv tog‘ jinslarining mayda
yoriqlari va g‘ovaklariga tashqi bosim ostida
kirib butun hajmga tarqaladi,
zarrachalar orasidagi bog‘lanishni kamaytiradi, yoriqlarni kengaytiradi. Suv ta’siri
ostida zarrachalar bog‘lanishini kamayishi tog‘ jinslarining
mexanik xossalarini
o‘zgarishiga sabab bo‘ladi. Tog‘ jinslarining namlanishidan Yung moduli kamayadi.
Tog‘ jinslarining namligining ortishi mustahkamlik ko‘rsatkichlarini kamayishiga va
deformatsiyalanish va plastikligini ortishiga olib keladi. Masalan, marmarning
deformatsiyalanishi 2 marta, gillik qumtoshniki 3 marta, qumtoshniki 3,5
marta
ortadi. Tog‘ jinslarining mustahkamligini kamayishi
suvda ivish koeffitsienti bilan
baholanib,
1
/
.
.
î
ñæ
í
ñæ
ð
Bu yerda:
ð
- suvda ivish koeffitsienti (razmokaniya);
î
ñæ
í
ñæ
.
.
,
- suvda ivigancha va ivigandan so‘nggi qisilishga bo‘lgan
mustahkamlik chegarasi.
Agar suvda ivish koeffitsienti 0,75 dan kam bo‘lsa, tog‘ jinslari
kam ustuvorlikka ega
bo‘lgan jinslar deyiladi. Namlik tog‘ jinslarining kon – texnologik parametrlarini
kamaytiradi (qattiqligini, abrazivliligini, mo‘rtligini). Masalan, ohaktoshlar qattiqligi
10-15%, grinitlar qattiqligi 5-10%, alevrolitlarniki 50% gacha, plastiklik koeffitsienti
20% gacha ortadi.
Bosimning ta’siri. Bosim ta’siri ostida tog‘
jinslari xususiyatlarining
o‘zgarishiga sabab, tog‘ jinslarining boshlang‘ich xususiyatlarining o‘zgarishidir.
Tog‘ jinslariga bosimning ta’siriga qarab, tog‘ jinsining g‘ovaklik va yoriqlari yopilib
zichlashishi mumkin yoki yoriqlar majmuasi hosil bo‘lib, alohida bo‘laklari orasidagi
92
bog‘lanish susayishi mumkin. Tog‘ jinslarining mustahkamligi ancha ortadi.
Masalan, ohaktoshning qisilishga bo‘lgan mustahkamlik chegarasi atmosfera
bosimida 260
mPa bosim 1000
mPa ko‘tarilganda 1300
mPa bo‘ladi.
Shuningdek
tog‘ jinslarining siljishga bo‘lgan qarshiligi ham juda ortib ketadi. Egilishga bo‘lgan
qarshilik ko‘p jinslarda bosim 300
mPa yetganda 10-15 marta ortadi.
Do'stlaringiz bilan baham: