Qarshi muhandislik-iqtisodiyot instituti y. L karimov., Z. Y latipov., U. X eshonqulov., O. A qayumov


Download 2.54 Mb.
Pdf ko'rish
bet47/57
Sana21.10.2023
Hajmi2.54 Mb.
#1714750
1   ...   43   44   45   46   47   48   49   50   ...   57
Bog'liq
Tog\' jinslari fizikasi Y.L KARIMOV., Z.Y LATIPOV., U.X ESHONQULOV., O.A QAYUMOV

 
yirik 
100-60 
yirik 
0.05-0,01 
o'rta 
60-40 
mayda 
0.01-0,02 
mayda 
40-20 
 
 
3. Silliqlangan va 
qirrali mayda 
shag'allar: 
6. Gil zarralari: 
 
yirik 
20-10 
dag'al 
0.002-0,001 
o'rtacha 
10-4 
mayin 
<0,001 
mayda 
4-2 
 
 
Bular: 1. Xarsangtoshlar, juda yirik, yirik shag‘allarni dala sharoitida 
(ochilmalarda) to‘g‘ridan-to‘g‘ri ko‘z bilan kuzatish, maxsus o‘lchash asboblari 
(metall chizg‘ich, ma’lum o‘lchamdagi yirik ko‘zlardan iborat bo‘lgan to‘r 
ko‘rinishidagi o‘lchagich, ma’lum masshtablarda fotoapparat yordamida rasmini 
olish va h.k.) yordamida aniqlash usuli;
2. Qum va qumli shag‘allarni tashkil qiluvchi fraksiyalarni maxsus elaklar yordamida 
elash usuli;


103 
3. Sof gil va gilli (lyoss va lyossimon) jinslarni tashkil etuvchi fraksiyalarni (qum, 
chang, gil) miqdorini aniqlash uchun qo‘llaniladigan Sabanin va pipetka usullaridir. 
Xarsang toshlarni, juda yirik shag‘allarni tashkil etuvchi fraksiyalar miqdorini 
aniqlash uchun o‘rganilayotgan maydon ma’lum kichik-kichik maydonchalarga 
(qismlarga) ajratilib chiqiladi. Bunday maydonchalarning o‘lchami eng katta 
fraksiyaning (xarsangtosh yoki yirik shag‘alning) o‘lchamidan 10 marotaba katta 
bo‘lishi talab etiladi. Jumladan, agar maydondagi eng katta fraksiyaning diametri 
1000 mm bo‘lsa, maydoncha tomonlarining o‘lchami 10000x10000 mm etib 
ajratiladi. So‘ngra har bir maydoncha ichidagi mavjud fraksiyalarning miqdori 
yuqorida keltirilgan o‘lchagichlar yordamida o‘lchab, hisoblab chiqiladi. Shu bilan 
birga har bir fraksiyaning qaysi genetik guruhdagi tog‘ jinslariga (magmatik, 
cho‘kindi, metamorfik) mansub ekanligiga ham e’tibor beriladi. Masalan, 
maydondagi tog‘ jinslarining 50% magmatik (intruziv, effuziv), 30% cho‘kindi va 
20% metamorfik tog‘ jinslariga to‘g‘ri kelishi mumkin. Bu esa o‘z navbatida u yoki 
bu daryo havzasida tarqalgan tog‘ jinslarining egallagan maydoni to‘g‘risida fikr 
yuritishga asos bo‘lishi ham mumkin. 
Elash usuli. Bu usul uchun metalldan yasalgan ikki xil elaklar yig‘masi (komplekti)
qo‘llaniladi. Birinchi xildagi elaklarning ko‘zlari 200, 100, 60, 40, 20, 10 mm 
o‘lchamlarda bo‘lib, shag‘allarni tashkil etuvchi fraksiyalar miqdorini aniqlashda, 
ikkinchi elak yig‘masi ko‘zlarining o‘lchami 10, 5, 2, 1, 0,5, 0,25, 0,1 mm (27 -rasm) 
bo‘lib, qum jinslarini hamda mayda shag‘allarni tashkil qiluvchi fraksiyalar 
miqdorini aniqlashda ishlatiladi. 


104 
17-rasm. Cho‘kindi qum va qumli gil jinslarning granulo-metrik tarkibini aniqlash 
maqsadida ishlatiladigan elaklar komplekti. 1-elaklar komplektining ustki qopqog‘i; 
2- elaklar komplektining tag qismi; 3- 0,1 mm dan mayda zarralar yig‘iladigan qismi. 

Download 2.54 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   43   44   45   46   47   48   49   50   ...   57




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling