Qarshi muhandislik iqtisodiyot instituti


Download 0.78 Mb.
bet8/21
Sana02.09.2023
Hajmi0.78 Mb.
#1672147
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   21
Bog'liq
Amaliy mashg\'ulot Un ishlab chiqarish texnologiyasi-1

Nazorat savollari
1.Don tarkibida qanday chiqindilar mavjud
2.Chiqindilarni ajratish uskunalarini markalari
3.R-3 BSD va R-3 BAB uskunasini tuzilishdagi farqlarini ayting
4. Ajratilgan namunadan qancha qism yoki ogirlikdagi don separatordan o’tkazib aniqlanadi
5.Separatorda necha foiz chiqqan chiqindi separatorni ishi to’g’ri ekanligini bildiradi.
6 – AMALIY MASHG‘ULOT
Mavzu: DON MASSASIDAN MINERAL CHIQINDILARIN TOZALASH USULLARI VA ТEXNOLOGIK JARAYON NAZARIYASINI O‘RGANISH.
Ishdan maqsad: Tosh ajratish mashinalarining ishini nazorat qilish va samaradorligini aniqlash.
Uskuna va asboblar: Tosh ajratish mashinasi, taxlil doskasi, analitik va texnik torozlari,
Nazariy qism:
Donni tegirmonning tayyorlash bo‘limidan yanchish bo‘limiiga yuborilganda tarkibida mineral aralashmalarning bo‘lishiga yo‘l qo‘yib bo‘lmaydi, zero ularning juda kam miqdori ham tayyor mahsulotning g‘ijirlashiga sabab bo‘ladi. Bundan tashqari ularning un tarkibida uchrashi organizm uchun zararlidir.
Komlekt tegirmonning tayyorlash bo‘limidan yanchish bo‘limidan yanchish bo‘limiga yuborganda tarkibida mineral aralashmalarning bo‘lishiga yo‘l qo‘yib bo‘lmaydi, zero ularning juda kam miqdori ham tayyor mahsulotning g‘ijirlashiga sabab bo‘ladi. Bundan tashqari ularning un tarkibida uchrashi organizm uchun ham zararlidir.
Komplekt uskunali un tortish zavodlarida mineral aralashmalarni hamyuvib tozalaydigan yuvish mashinalari ishlatilmaydi, shuninig uchun ham donni mineral aralashmalardan quruq tozalash usuli yuqori smamarali bo‘lmog‘i zarur. Bu amal RZ-BKT rusumli tosh ajratish mashinalarida bajariladi. Tosh ajratish mashinalari elevatorning ishchi binosida, tegirmon va yorma zavodlarining tozalash bo‘limida texnologik sxema bo‘yicha separatordan keyin o‘rnatiladi.
Mineral aralashmalarning tarkibi turlichadir. Bu mayda shag‘al, ko‘mir bo‘laklari, ruda (tog‘ jinsi), tuproq, kesak va shunga o‘xshaganlar bo‘lishi mumkin.
Dondan mineral aralashmalarni ajratib olishda ularning zichligi (1,9...2,7 g/sm3) asosiy rol o‘ynaydi. U don zichligi (1,3...1,4 g/sm3)dan deyarli ikki marta katta. Bu komponentlarning ishqalanish koeffitsienti bo‘yicha farqi ham ularning bir-biridan ajratishiga imkon beradi.
Don massasi tarkibidan mineral aralashmalarni ajratish jarayoni ichki organ qiyali saralovchi yuzada (dekada) ko‘tarilayotgan havo oqimi sharoitida amalga oshiriladi bir vaqtda kechayotgan bu jarayonni shartli ravishda uch qismga ajratish mumkin. Tebralib turuvchi saralovchi yuza bilan ko‘tarilayotgan havo oqimini to‘qnashuvi natijasida don qatlami yumshatilib, ichki ishqalanish koeffitsienti kamayadi va don massasi mavhum qaynash holatiga o‘tadi. Bunday qatlamda har xil komponentlar o‘z-o‘zidan saralanib, og‘ir zarralar quyi qatlamga, saralovchi yuzaga tushadi. Zichligi kichik bo‘lgan zarralar yuqori qatlamga xarakatlanadi. Qatlamga ajralgan aralashmalarda vibratsion harakatlanish jarayoni amalga oshadi va har xil zichlikdagi komponentlar qarama-qarshi tomonlarga harkatlanadi.
Tosh ajratish mashinalarining ish samaradorligi va unumdorligiga quyidagi omillar: tebranish chastotasi, amplitudasi va yo‘nalishi, havo oqimining tezligi, dekaning qiyalik burchagi va yuzasining ishqalanish koeffitsienti, don va mineral aralashmalar zichliklari orasidagi tafovut, donning yuklamasi va namligi muhim ta’sir ko‘rsatadi.
Donni mineral aralashmalardan tozalash samaradorligi 95% dan kam bo‘lmasligi kerak. CHiqindilar tarkibida don miqdori 1% dan oshmasligi kerak.
Tosh ajratuvchi uskunalarni uch xil modifikatsiyasi ishlab chiqariladi: RZ BKT, RZ BKT-100 va RZ BKT-150. Ularning ishlash prinsipi bir xil bo‘lib, konstruksiya tuzilishida qisman farq qiladi. (unumdorliklari 9 va 12 t/soat).
R3-BKT markali tosh ajratuvchi uskunalarning texnologik samaradorligiga 98...99% ni tashkil qiladi.

Download 0.78 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   21




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling