Qarshi muxandislik iqtisodiyot instituti falsafa kafedrasi


Yangi va eng yangi davr estetikasidagi asosiy yo’nalishlar


Download 0.56 Mb.
bet11/30
Sana26.01.2023
Hajmi0.56 Mb.
#1124801
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   ...   30
Bog'liq
8 Эстетика(А)

2.5. Yangi va eng yangi davr estetikasidagi asosiy yo’nalishlar.
Oktabr davlat to’ntarishidan so’ng 1917 – yili Rossiyada Sho’rolar tizumi vujudga keldi. Bu tuzum asoschilari V. I. Lenin va I. V. Stalin butun mamlakatda totalitar tartib o’rnatdilar, yangi mustamlakachilik siyosatini olib bordilar. Turkiston avval to’rt , so’ng besh milliy respublikaga bo’lindi. 30 – yillardan boshlab SSSR deb atalgan bu imperiyada falsafiy – ijtimoiy fanlar mafkuraga bo’ysundirildi, ularga mafkuraning bir ko’rinishi maqomi berildi. Natijada ular rivojlanishdan to’xtadi. Ammo jahonda bu fanlarning tarqqiyoti rosmana davom etdi, yangi- yangi oqimlar va yo’nalishlar vujudga keldi, mavjudlari yanada keng rivojlanish yo’liga chiqdi. Shular jumlasidan estetika ham taraqqiy topdi. Ana shu taraqqiyotdan ruhiy tahlil yoxud froydchilik yo’nalishi o’ziga xos o’ringa ega.
Ruhiy tahlil estetikasini yo’nalishi. Zigmund Froyd ( Freud 1956 - 1939 ) . Froyd inson ruhiy hatoyida uch bosqichni ajratib ko’rsatadi; ong , ongoldi, va ongtubi yoxud onglanmagan, ya’ni ongga aylanmgan holat. Onglanmaganlik va ongoldi ongdan nazorat ( senzura ) degan o’rta bosqich orqali ajralib turadi. Nazorat ikki vazifani bajaradi; birinchisi, shaxs o’ziga maqbul ko’rmagan va qoralagan his – tuyg’ular, fikrlar, tushunchalarni onglanmaganlik hududiga siqib chiqaradi; ikkinchisi , ongda o’zini namoyon etishga intilgan faol onglanmaganlikka qarshi kurashadi. Onglanmaganlikdagi fikrlar, his- tuyg’ular, umuman yo’qolib ketmaydi, biroq ularning hotiraga chiqishi uchun yo’l qo’yilmaydi. Shu bois ular ongda bevosita emas, balki bilvosita – bilmay gapirib yuborish, xato yozib yuborish , tush, nevrizlar singari g’alati harakatlar orqali namoyon bo’ladi. Shuningdek, onglanmaganlikning sublimatsiyasi – taqiqlangan intilishlarning ijtimoiy jihatdn maqbul harakatlarga aylangan tarzda ko’rininshi ham ro’y beradi. Onglanmaganlik g’oyat yashovchan , vaqtga bo’ysunmaydi. Undagi fikrlar, istaklar, his – tuyg’ular nazorat tufayli kechikib, hatto o’n yillardan so’ng ongga chiqsalar- da, o’z ehtiros quvvatini yo’qotmaydilar. Ongoldi holatini muvaqqat onglanmaganlik deyish mumkin, uning ongga aylanish imkoni bor, u onglanmaganlik bilan eng o’rtalig’ida bo’lib, ongning kundalik ishida xotira ombori vazifasini bajaradi.
San’at Froydning fikriga ko’ra, tush kabi, onglanmaganlik o’zini nisbatan ravshan va bevosita ko’rsatadigan soha. San’at timsollarida onglanmaganlik nazorat (senzura) uchun ma’qul keladigan ramziylik shakllarini oladi. Voqelik ijod jarayonida salbiy (negativ) kuch sifatida ishtirok etadi; u onglanmaganlikning erkin va to’g’ridan to’g’ri ifodalanishiga to’sqinlik qiladi. Xayolot (fantaziya ) ni Froyd badiiy ijodning asosi deb hisoblaydi. Xayolotning manbai esa – onglanmaganlik, inson ruhiy kuchlarining ombori. Real hayot bilan kelisha olmagan, jamiyat tomonidan ta'qiqlangan intilishlar o'zini xayolotda va xayolot asosida vujudga keladigan san’atda namoyon qiladi.
Onglanmagalikning siqib chiqarilgan intilishlar ongga urib ketib, oddiy asabiy xasta (nevrotik) odamda ruhiy jarohat paydo qiladi. San’atkor esa, undan farqli o’laroq, bu intilishlarni osongina xayolotga o’tkazib yuboradi. San’atkorda boshqa odamlarga nisbatan intilishlar shiddati kuchli bo’ladi: u qudrat, boylik, shon-shuhrat, ayollar,muhabbat va ulkan izzat-hurmatni istaydi, biroq bularga erishish vositasi unda yo’q. Shu bois u barcha qoniqmaganlar qatori voqelikdan chekinib, o’zining butun nafsi (libido)va qiziqishlarini xayoldagi obrazlarga o’tkazadi. Xayolotning vujudga kelishi nevroz va psixoz uchun sharoit yaratib beradi. Bu esa insonni patologiyaga, kasallikka olib keladi. Shunday qilib, ijodning ibtidosidayoq san’atkorni kasallikka va patologik asoratlar kutadi.
Froyd ilgari surgan g’oyalar san’at taraqqiyotiga, nafosatshunoslik ilmiga katta ta’sir ko’rsatadi.
Ekzistensiyachilik estetikasi yo’nalishi. Jan Pol Sartr (Sartre (1905-1980). Sartrining nafosat falsafasida tasavvur asosiy tushuncha tarzida o’rtaga tashlanadi. Tasavvurdagi hayot yoki tasavvur hayoti tasavvur hodisasi bilan belgilanadi va Sartr nazdida, sehrli hisoblanadi.Faylasuf ikki olam mavjudligini tan oladi: makon va zamonda mavjud real olam hamda makon va zamondan tashqari noreal (irreal) olam. Faqat ongning pozitsiyasi tasavvurdagi olamni real universum sifatida talqin etadi.
San’at asari undagi nafosat obyekti singari noreal. Sartr buni musiqiy asarni eshitish misolida isbotlashga harakat qiladi: “Simfoniya men uni idrok etayotgan joyda mavjud emas, u na mana shu devorlar oralig’ida, na mana shu g’ijjak kamonining uchlarida mavjud. U bor-yo’g’i “o’tmish”:asar aynan ana shu yerda Betxoven aqlida ma’lum vaqt ichida tug’ilgan. U butunisicha reallikdan tashqari mavjud. U o’zining xususiy vaqtiga ega, ya’ni uni davom ettiradigan va allerodan “oldin” mavjud bo’lgan vaqt emas: uning ortidan ham finaldan so’ng keladigan qandaydir vaqt yo’q. Yettinchi simfoniya aslo vaqtda mavjud emas”.
Demak, tasavvur olami oddiy, real olamdan butunlay farq qiladi. Uning farqi aynan noreallikda, ya’ni, u zamon va makondan tashqarida mavjud hamda o’zining ana shu borlig’i bilan real olamga qarama-qarshi turadi. Bunda tasavvurning asosiy vazifasi o’z obyektini norellashtirishdan iborat bo’ladi. Obyektni ko’rishi yoki unga egalik qilishi uchun fikr obrazli shaklga kiradi: tasavvur fikrlanadigan obyekt yoki egalik qilinadigan narsaning paydo bo’lishi uchun zarur qandaydir duoga o’xshaydi. Ongning belgidan (harf, nota ) obrazga va portretdan obrazga harakati ikki reallikni anglatmaydi, balki u faqat ramziy harakat, xolos. “Bilim o’zini bunda faqat obrazning shakli sifatida onglaydi: obrazni anglash bilimni anglashning quyiqlashuvchi,-deydi Sartr,-obrazning vazifasi-ramziylik”.
Tasavvurda ong go’yo o’z erkini to’la, boricha ro’yobka chiqaradi. Shu ko’rinishda u transcendental ongning asosiy tavsifiga aylanadi. Transcendental ong, har qanday tajriba chegarasidan chiqib ketadigan ong sifatida inson hayotiy va ijodiy faolligining manbai, asosi hamda katalizatori hisoblanadi.
Sartr estetikasi ko’proq amaliy tabiatga ega; unda muayyan tizim yo’q, lekin asosiy estetik go’yalar va tamoyillarni ko’rish qiyin emas. U o’zining ‘adabiyot nima?” risolasida zamonaviy jamiyatdagi San’atkor mavqei haqida fikr yuritib, ‘Nimani yozish kerak?” degan savolni o’rtaga tashlaydi. “Nosir yozadi, -bu aniq, shor ham yozadi,-deydi Sartr. Biroq bu ikki xil yozish jarayonida umumiy narsa faqat harf suratini chizayotgan qo’llar harakati. Boshqa jihatdan ular olami bir-biriga aloqasiz, biriga yaraydigan narsa ikkinchisiga yaramaydi. O’z tabiatiga ko’ra nasr o’ta amaliy; men nosirni so’zlardan foydalanadigan odam deb atashni jon deb istardim. Msyo jerden nasrni tuflisini so’rash uchun, Hitlir Polshaga urush e’lon qilishi uchun qo’llaydi. Yozuvchi bu gapdan; u anglatadi, isbotlaydi, ishontiradi, ishora qiladi… nosir aynan hech narsa gapirmaslik uchun gapiradi. Nasr san’ati nutqda namoyon bo’ladi, uning predmeti, tabiiyki, ma’nolik. Yani, so’z ibtidodagi ob’ekt emas, balki obyektning belgilari hisoblanadi”.She’riyat esa- boshqa gap. Sartr shoirlarning so’z qo’llashi haqida bunday deydi; “ Shoirlar –so’zdan foydalanishni inkor etuvchi odamlar… Shoirlar uchun so’zlar- yerda o’t –o’lan va daraxt singari o’sadigan tabiiy narsalar”. Nasr reallik bilan, she’riyat- tasavvur bilan bog’liq. Nasrda ijod ongli ixtiyor, mas’uliyat va muallifning axloqi bilan shartlanadi, she’riyatda esa ijod- muallifning anglab yetmagan dunyosi, anglab yetmagan tajribasi mahsuli: “Nosir o’z suratini chizgan bir paytda, - deydi Sartr, - she’riyat inson haqida mif yaratadi”.
Asl san’at asari Sartrning fikriga ko’ra, ijodkor va san’atni idrok etuvchi kishining harakati bilan yuzaga keladi; o’ziga odamlar uchun yaratiladi, o’zga odamlar uchun mavjud bo’lish imkoniga ega. Badiiy asarni o’qish, tinglash, ko’rish-idrok etish va ijodning omuxtaligi (sintezi) dan iborat. Bu omuxtalik subyekt va obyekt ma’nosini belgilaydi, ayni paytda ularning olam bilan munosabatini boyitadi. Idrok etish va ijodning omuxtaligini Sartr ko’yidagicha muayyanlashtiradi: “ Har bir adabiy asar- da’vat. Yozish o’quvchini chorlash… Yozuvchi shu tarzda o’quvchini erkinlikka chaqiradi, chunki erkinlik yozuvchi asarining yaratishida ishtirok etadi”. Ijod jarayoni- asarning notugal va mavhum tarzda yaratilishi. Shu bois san’atni idrok etuvchi tomonidan ham ijodkorlar talab etiladi.
XX asr tafakkuri benihoya boy rang – barang. Unda Froyd va Satrdan tashqari yana o’nlab buyuk mutafakkirlarning o’z qarashlarini ilmiy asoslab berdilar. Karl Yaspers, Martin Haydegger, Albert Kamyu, Xose Ortega-i- Gasset, Yozef Xuyzinga kabi nafosatshunos – faylasuflar shular jumlasidandir.



Download 0.56 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   ...   30




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling