Qarshi muxandislik iqtisodiyot instituti falsafa kafedrasi
Olmon mumtoz va Ovro’pa mamlakatlari estetikasi
Download 0.56 Mb.
|
8 Эстетика(А)
2.3. Olmon mumtoz va Ovro’pa mamlakatlari estetikasi
Insoniyat tafakkuri tarixida olomon mumtoz nafosatshunosligi nihoyatda yuksak darajaga ega ekanligi bilan ajralib turadi. Musulmon olami ilmiy tafakkuriga taqlidan Ovro’pa Uyg’onish davri boshlandi. Italiyalik va ispaniyalik insonparvarlar zimdan cherkov bilan olishdilar va insonni ilohiy mavjudod sifatida yuksakka ko’tardilar. Undan keyingi mumtozchilik va ma’rifatparvarlik davrlarida Ovro’pa o’z “ustozi” Sharqni ancha ortda qoldirib ketdi. Ilmiy – falsafiy tafakkur, hususan, estetika katta taraqqiyot yo’liga chiqdi; Frensis Xatcheson (Hutcheson / 1694-1747), Antoni Eshli Kuper Sheftsberi (Schaftesburu/ 1671-1713), Dayvid Hyum (Hume/ 1711-1776), Deni Dirdo(Diderot/1713-1784), Jan-Jak Russo (Rousseau / 1712-1778), Aleksandr Gotlib Baumgarten ( Baumgarten. 1714-1762), Gootxold Efraim Lessing (Lessing. 1729-1781) singari buyuk ma’rifarparvarlar katta yutuqlarga erishdilar. Immanuluil Kant (Kant 1724-1804) U olomon mumtoz estetikasining ibtidosida buyuk faylasuf bo’lib, “Go’zallik va ulug’vorlik tuyg’ulari ustidan kuzatishlar” (1764),” Sof aqlning tanqidi” (1781), “Amaliy aqlning tanqidi” (1788), “Muhokama qobiliyatining tanqidi” (1796) sarlarida nafosatshunoslik muammolariga maxsus to’xtaladi. Kantning fikriga ko’ra, go’zallik, hissiyot manfaatsiz, beg’araz, narsa- hodisaga bevosita maftunlikka borib taqaladi. Maftunlikning, muhabbatning obyekti esa shakldan boshqa narsa emas. Kant go’zallikning quyidagi to’rtta belgisini alohida ko’rsatib o’tadi: Birinchi belgisi-go’zallik manfaatsiz maftunlikning, muhabbatning obyekti. Ikkinchi belgisi- go’zallik tushunchalar yordamisiz, ya’ni, aql katerigoriyasiz, bizga umumiy maftunkorlikning narsa hodisasi sifatida namoyon bo’ladi. Esetik muhokama hech qachon mantiqiy asoslanishi mumkin emas. Uchinchi belgisi- go’zallik maqsadga muvofiqlik shakliga egaligi, ya’ni qandaydir aniq maqsad haqida tasavvur hosil qilmasdan turib, narsa-hodisadagi maqsadga muvofiqlikni idrok etish mumkinligi bilan ajralib turadi. Demak, go’zallik –narsa-hodisaning maqsadga muvofiqlik shakli, zero u maqsad haqida tasavvurga ega bo’lmasdan turib, idrok etiladi. To’rtinchi belgisi- go’zallik bizga tushunchasiz, zaruriy maftunlikning obyekti narsa-hodisasi sifatida yoqimlidir. Shunday qilib, go’zallik hammaga hech qanday manfaatsiz, shundayligicha, o’zining sof shakli bilan yoqishi zarur bo’lgan narsa-hodisadir. Gozallik bilan bir qatorda Kant ulug’vorlikni ham jiddiy tadqiq etadi. Uning fikriga ko’ra, go’zallikdan olinadigan lazzat – sifatning, ulug’vorlikdan olinadigan lazzat – miqdorning namoyon bo’lishi bilan bog’liq. Ulug’vorlikni mutafakkir ikkiga ajratadi; matematik va dinamik ulug’vorlik. Matematik ulug’vorlik ekstensiv miqdorni, makon va zamondagi ko’lamli miqdorni, dinamik ulug’vorlik kuch va qudrat miqdorini o’z ichiga oladi. Birinchi xil ulug’vorlikka yulduzi osmonni, okeanni, ikkinchisiga- yong’in, suv toshqini, dovul, zilzila, momaqaldiroqni misol qilib keltirish mumkin. Har ikkala holatda ham ulug’vorlik hissiy tasavvurimizdan ustun keladi, uni uzib qo’yadi. Keyin ezilganlik hissi faoliyatimizning jonlanishi bilan almashinadi, chunki bunda bizning faqat hissiyotimiz tang qoladi, ma’naviy jihatimiz, aksincha, yuksaladi. Aql hissiyot olamidagi barcha ulug’liklardan-da yuksak bo’lgan ulug’likni fikrlay bilishga qodir. Chunki biz o’zimizni hissiyotli mavjudod sifatida buyuk va qudratli sezamiz. Haqiqiy ulug’vorlik- bu aql, insonning ahloqiy tabiati, hissiy anglash chegarasidan narigi tomondagi nimagadir intilishi. Shu bois Kant, haqiqiy ulug’vorlikni kishi qalbidan qidirish kerak, deydi. Fridrix Shiller (Schiller / 1759-1805). Bu davrning eng zabardast va o’ziga xos nafosatshunoslaridan biri buyuk olmon shoiri va dramaturgi. U jamiyatni o’zgaririshni istaydi, lekin inqilobiy o’zgarishlarga qarshi. Uning fikricha, inqilob avvalo, axloqsizlik, u asrlar mobaynida qaror topgan axloqiy tamoyillarni ag’dar- to’ntar qilib tashlaydi; ikkinchidan, u nafosatga qarshi – inson tabiati uyg’unligini buzadi, narsa mavjudligi tabiiy tartibining muqaddasligini va go’zalligini parchalab yuboradi. Shu bois jamiyatni qayta qurilishdan avval insonni qayta qurmoq lozim. Buni esa shaxsning uyg’un rivojlanishi, go’zallik vositasidagi tarbiya orqali amalga oshirish mumkin. Go’zallik esa Shiller nazdida, hodisaga aylangan erinlik. Nafosat falsafasiga doir muhim asari bo’lmish “Insonning estetik tarbiyasi to’g’risida maktublar” ida Shiller, yuqoridagi fikridan tashqari, san’atning o’ziga xosligi masalasiga ham alohida to’xtaladi. Shu munosabat bilan u “o’yin ‘ va “ estetik ko’rinish” tushunchalarini qo’llaydi. Ulardan ikkinchisini Shiller san’atning belgilari deb ataydi. Yovvoyi qutulgan har bir ko’rinishdan zavq olishga, bezakka va o’yinga moyil bo’ladi. O’yin, majburiyatdan kelib chiqadigan, manfaatli va bir tomonlamaklikka ega faoliyatdan farqli o’laroq, erkindir. O’yinda insondagi barcha kuchlar mutanosib tarzda kelishib harakat qiladi. “Inson,- deb yozadi Shiller – faqat tom ma’noda inson bo’lgandagina o’ynaydi va o’ynagan paytidagina to’liq insonga aylanadi”. San’at o’yinli faoliyat sifatida quvonchli. O’yinning maxsuli – ko’rinish. Narsalarning realligi ularning ishi, narsalarning ko’rinishi –insonning ishi, deydi, Shiller.Uning fikriga ko’ra, san’at voqelikdan butunlay ajralib, sof ediallik darajasiga yetgandagina haqiqatga erishadi. Tabiat hissiy idrok etilmaydigan ruhning g’oyasi. U hodisa yotadi, biroq o’zi hech qachon hodisada namoyon bo’lmaydi. Faqat ideal san’atgina bu haqiqat ruhiga yetishadi va uni seziladigan shakl bilan ta’minlaydi. Download 0.56 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling