Qarshi muxandislik iqtisodiyot instituti falsafa kafedrasi
-Mavzu. SAN’ATNING KELIB CHIQISHI VA TARAQQIYOTI. SAN’AT TURLARI VA ULARNING O’ZARO ALOQADORLIGI
Download 0.56 Mb.
|
8 Эстетика(А)
- Bu sahifa navigatsiya:
- 4.1. San’atning kelib chiqishi va taraqqiyoti
4-Mavzu. SAN’ATNING KELIB CHIQISHI VA TARAQQIYOTI. SAN’AT TURLARI VA ULARNING O’ZARO ALOQADORLIGI.
Reja: 1. San’atning kelib chiqishi va taraqqiyoti. 2. San’at turlari va ularning o’zaro aloqadorligi. 3. Badiiy ijod jarayonida g’oyaviy niyat, badiiy tasavvur va estetik idrok etish. 4. Estetik tarbiya uning vazifalari, vositalari, tahdidlar va “ommaviy madaniyat”. 4.1. San’atning kelib chiqishi va taraqqiyoti San’at – estetik faoliyatning o’ziga xos turi, sehrli ma’naviy ko’zgu. Sehri shundaki, san’at asarini idrok etayotgan odam unda ham shu asarni yaratgan inson dunyosini, ham o’z dunyosini qadriyatlar prizmasi orqali ko’radi; o’zining qandayligini va qayerdaligini, yutuqlarini va nuqsonlarini, aqlni va hissiyotlarni aniqlashtirib oladi. Uning estetik mohiyati makon va zamondagi voqelik vositasida go’zallik, ulug’vorlik, fojiaviylik, kulgilik, xunuklik, tubanlik va boshqa estetik xususiyatlarni in’ikos ettirishi hamda ularni baholashi bilan belgilanadi. San’at qadriyatlarning qadrlanishini va qadrsizlangan qadriyatlarni ko’rsatib beradi, bir odam yoki bir nechaodam timsolida odam bilan olamning yaxlit, umumlashgan qiyofasini yaratadi, ularning uyg’unligini ta’minlaydi. U kishini yashashga o’rgatadi, go’zallikka da’vat etadi, ma’naviy yuksaltiradi. Shu sababli insoniyat tarixida san’atsiz yashab o’tilgan birorta ham davr yo’q. Faylasuf-nafosatshunoslar o’rtasida san’atning kelib chiqishi muhim muammolardan bo’lib kelgan. San’atning kelib chiqishi deganda ko’pchilik g’orlarning tosh davrlariga ibtidoiy davrlarda chizilgan ov manzalari va ov hayvonlarining tasvirini nazarda tutadi. Vaholanki, gap bu yerda san’atning qanday paydo bo’lganligi emas, balki nimadan paydo bo’lganligi to’g’risida borishi kerak. Ba’zilar uni taqliddan, bosh: erotik hissiyotlardan, kimlardir o’yindan, kimdir mehnatdan kelib chiqqan deb hisoblaydilar . Bunday nazariyalar va konsepsiyalar anchagina, lekin ular orasidagi ikkitasining tarafdorlari ko’pchilikni tashkil etadi. Ularda biri –insonni hayvonlik darajasidan odamlik pog’onasiga ko’targan narsa mehnat, san’at ham mehnatdan, insonning olamni o’zgartirishga bo’lgan ehtiyojidan kelib chiqqan, san’at faqat ijtimoiy hodisa degan moddiyatchilar ilgari surgan qarash. Ikkinchisi- san’at insonga berilgan ilohiy zavqning, ma’naviy olamning o’yin orqali namoyon bo’lishi, degan ma’naviyatchilar nazariyasi. Biz ana shu ikkinchi qarash tarafdorimiz Buning sababi shuki, mehnat, qanchalik qadrlamaylik, qanchalik sharaflamaylik, u- majburiyat bilan bog’liq, maqsadga yo’naltirilgan ijtimoiy hodisa, o’yin esa har qanday majburuyatdan yiroq, maqsadga muvofiqlik bilan shartlanadigan individual-ijtimoiy hodisa. Demak, mehnat-zaruriyat, o’yin- erkinlik. Inson mohiyatan erkin va erkinlikka intilib yashaydigan mavjudod sifatida o’z erkinligini eng avvalo o’yinda namoyon qiladi. O’yinsiz insonning yashashi mukin emas, u siz inson hayoti jahannam. Bu o’rinda yana bir bor Shillerning mashhur fikrini keltirish o’rinli: “Inson faqat tom ma’noda inson bo’lgandagina o’ynaydi va o’ynayotgan paytdagina to’liq insonga aylanadi”. Shuni aytish kerakki, hayvonot olamidagi o’yinning insoniyat jamiyatidagi o’yindan farqi bor.. Insonning o’yini esa, ma’naviy hodisa, to’g’rirog’i, ijtimoiylashgan ma’naviyat, u eng avvalo estetik ehtiyojni qondirishga qaratilgan. O’yinning inson hayotidagi barcha sohalarda ishtirok etishini, uning rang – barangligi, qamrovligi, universalligini va erkinlik bilan bog’liqligini o’zbek tilidagi “ o’yini o’zagidan yasalgan so’zlarining ko’pma’noliligidan ham ko’rishimiz mumkin. Shu o’zakdan yasalgan so’z va iboralardan bir nechasini keltiramiz: shaxmat o’yini; so’z o’yini; “ siyosatchining” o’yini, aktyor o’yini; “ o’rtaga chiqib o’ynab ketdi”, “yuragi o’ynab ketdi”, “ko’zi o’ynab ketdi”, “dorbozlar yaxshi o’yin ko’rsatadi”, “ Salim kechagi to’yda toza o’yin ko’rsatdi” va h.k San’at va axloq. Bu ikki ma’naviy hodisa shu qadar mustahkam aloqadaki, biri ikkinchisining ishtirokisiz to’laqonli mavjud bo’lolmaydi. Har ikkalasini ham insonshunoslik deb atash mumkin, faqat ular anatomiya kabi odam a’zolarini emas, inson axloqiy-estetik-ruhiy muruxxatlarini, ya’ni uning ezgulik va go’zallikka, yozuvlik va xunuklikka munosabatini aks ettiradi, o’rganadi. Shu sababli axloqdan tashqari san’atning mavjudligi mumkin emas, ayni paytda san’atsiz axloq targ’ibotdan mahrum bo’lib qoladi va faollik xususiyatini yo’qotadi. Zero, san’atning azaliy va abadiy bosh mavzusi ezgulik bilan yovuzlik o’rtasidagi kurashdir, boshqa barcha insoniy muammolarning o’rtaga tashlanishi va hal etilishi badiiy asarda ana shu mavzuning ochib berilishi uchun yordamchi vazifasini o’taydi. Download 0.56 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling