Qarshi shahar maktabgacha ta’lim tashkiloti tarbiyachisi


Download 319.93 Kb.
bet3/3
Sana14.12.2022
Hajmi319.93 Kb.
#1004766
1   2   3
Bog'liq
“Yoz ne’matlari”

Mevalar

Sabzavotlar

Men turaman bukib shox,
Kamtarinman va yumshoq.
Meni hamma shirin der,
Uzib olay birin der. (Shaftoli)



Popuk bargli boshim bor,
Vazmingina toshim bor.
Dumi uzun rediska
Menga kenjatoy uka. (Sholg‘om)



Donalarim marjoncha,
Bir boshi naq bir jomcha.
Quritsangiz mayizman,
Dasturxonning fayziman. (Uzum)

 

Yupqagina po‘stim bor,
Dalada ko‘p do‘stim bor.
Maqolda ham yoziqman,
O‘sha oltin qoziqman. (Sabzi)

 

Yo‘laklarda yursangiz,
Meni ta’tib ko‘rsangiz,
Yorishadi yuzingiz,
Qizaradi labingiz. (Qulupnay)

 

Yig‘lamayman, polvonman
Lekin juda hayronman.
Oshpazlarning o‘zlari,
Nega yoshlar ko‘zlarin?! (Piyoz)

 

Yoz pallada pishaman,
Qoqma – o‘zim tushaman!
Xohlasang ye turshagim,
Oltinday tovlanar rangim! (O‘rik)

 

Lag‘monda ham men borman,
Hamma joyda tayyorman.
Ko‘rinmasam qovurmada,
Erinmasdan kovla-da! (Kartoshka)

 

Download 319.93 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling