Mashg‘ulot maqsadi
|
Bolalarning tabiat hodisalari, yoz fasli to‘g‘risidagi tushunchalarini aniqlab, mustahkamlash; tabiat go‘zalligini his qilish va asrash, bog‘ va dalalarda pishib yetgan meva va sabzavotlar, ularning foydali xususiyatlari bilan tanishtirish, taqqoslash va farqlashga o‘rgatish.
|
Mashg‘ulotga tayyorgarlik ko‘rish
|
1. Zaruriy rasmlarni hozirlash va barcha ko‘rgazmalarni skaner qilish.
2. Bolalarning yoz pallasidagi o‘yinlari, chiniqish mashqlari va o‘tkazilgan an’anaviy tadbirlar to‘g‘risida video lavhalar olish.
3. Skanerga olingan materiallarni mashg‘ulot rejasiga qarab ketma-ketlikda diskka ko‘chirish.
|
Multimedia vositalari va ta’lim uslublari
|
1. Kompyuter, video va audio-disklar, USB-o‘tkazgich, video-pleyer.
2. Suhbat, savol-javob (rasmli testlar), jumboqli rasmlar umumlashtirish va rag‘batlantirish.
|
Ish shakllari
|
Yalpi va kichik guruhlarda ishlash.
|
Zaruriy jihozlar
|
Raqamli ko‘rsatkichlar, flip-chart (yoki magnitli doska), kesma magnitli rasmlar.
|