Qarshi xalqaro universiteti


Download 251.66 Kb.
bet3/5
Sana21.06.2023
Hajmi251.66 Kb.
#1641473
1   2   3   4   5
Bog'liq
Adabiyotshunoslik 2022

13. Аdabiyotshunoslikka oid nazariy asarlar: Аrastu “Poetika”, Choʼlpon “Аdabiyot nadir”, Fitrat “Аdabiyot qoidalari” va h.k. (2 soat)
14.Sharq yoki Gʼarb yozuvchilaridan birining ijodi misolida shakl va mazmun tahlili. (2soat)
15.Sharq yoki Gʼarb yozuvchilaridan birining ijodi misolida mavzu va gʼoya tahlili. (2 soat)
16.Badiiy obraz yaratish yoʼllari va turlari. (badiiy asar tahlili misolida) (2 soat)
17.Syujetning asosiy elementlari. Kompozitsiya vositalari. (badiiy asar tahlili misolida) (2 soat)
18.Badiiy asar tili tahlili ( epik va lirik asarlar tahlili misolida) (2 soat)
19.Sharq yoki Gʼarb lirik janrlari misolida sheʼr mazmuni va mohiyatini yoddan aytib, tahlil qilish (2 soat)
20.Sharq yoki Gʼarb epik asarlari misolida tahlil va talqin (2 soat)
21.Sharq yoki Gʼarb dramatik asarlari misolida tahlil va talqin (2 soat)
22.Jahon adiblari asarlari asosida adabiy yoʼnalishlar tahlili (2 soat)
23.Qiyosiy tahlil hamda hozirgi adabiy jarayon (web resurslar asosida) (2 soat)
24.Badiiy asar tahlili (2 soat)

Seminar mashgʼulotlari multimedia vositalari bilan jihozlangan auditoriyada oʼtkazilishi zarur. Mashgʼulotlar faol va interaktiv usullar yordamida oʼtilishi, mos ravishda munosib pedagogik va axborot texnologiyalar qoʼllanilishi maqsadga muvofiq.




    1. Mustaqil taʼlim va mustaqil ishlar


Mustaqil taʼlim uchun tavsiya etiladigan mavzular:

  1. «Dorian Grey portreti» (Oskar Uayld) romanidagi shaxs va jamiyat munosabatlarini konflikt nazariyasi asosida tahlil qiling.

  2. «Urush va tinchlik» (Lev Tolstoy) tarixiy haqiqat va badiiy to’qimaning o’rni qay darajada?

  3. «O‘tkan kunlar» (Abdulla Qodiriy) romanida aks etgan millat ruhini mujassam etgan oʼziga xos urf-udumlar, anʼanalar, qadriyatlar, millatning orzulari, armonlarining badiiy ifodasini; millatning axloqi, irodasi, eʼtiqodi yaxlit holda milliy ruhni tashkil qilishini izohlang.

  4. «Kecha va kunduz» (Cho‘lpon) romanidagi shaxs va jamiyat munosabatlarini konflikt nazariyasi asosida tahlil qiling.

  5. «Ulug‘bek xazinasi» (Odil Yoqubov) romanida tarixiy haqiqat va badiiy to’qimaning o’rni qay darajada?

  6. «Asrga tatigulik kun» (Ch.Aytmatov) asarida mavjud folklor namunalari (maqol, mif, rivoyat, afsona va qo’shiq)ni asar mohiyatini ochishdagi vazifasini baholang.

  7. «Muhabbat va nafrat» (Zulfiya Qurolboy qizi) hikoyasida konfliktning qanday turlaridan (inson – inson, inson – texnika, inson – tabiat, inson – jamiyat) foydalanilgan

  8. «Аndisha va gʼurur», Jeyn Ostin (Pride and Prejudice by Jane Austen) asarini tematik xususiyatiga koʼra tasnif (tarixiy, fantastik, biografik, detektiv va h.k.)lang.

  9. «Аlkimyogar», Paulo Koelo (The Alchemist by Paulo Coelho) asari mavzusi (kitob nima haqida?)ni tahlil qiling (abadiy, tarixiy yoki zamonaviy mavzu).

  10. «Chol va dengiz» (Ernst Xeminguey) asarining asosiy gʼoyasi va leytmotivini aniqlang.

  11. «Ruhlar isyoni» (Erkin Vohidov) dostonida intriga (asardagi voqealar rivojining shiddatli kechishi, keskinlik va dramatik taranglik) xarakterga xos xislatlarning to’laroq namoyon etishdagi ahamiyatini izohlang.

  12. «O‘rik gullaganda» (Hamid Olimjon) she’rida aks etgan peyzaj tasvirida shoir mahoratini tahlil qilihg.

  13. «Shaytonning tangriga isyoni» (Abdurauf Fitrat) she’riy dramasida monolog va dialoglarning mohiyatini sharhlang.

  14. «Temir xotin» (Sharof Boshbekov) tragikomediyasida remarka (asarda ishtirok etuvchi shaxslarning yoshi, tashqi ko’rinishi, xatti-harakati, kiyinishi, qalb kechinmasi, so’zidagi intonatsiya, shuningdek, voqealar kechadigan shart-sharoit)ni tahlil qiling.

  15. «Jannatga yo‘l» (Abdulla Oripov) dostoni voqealarini badiiy zamon va makon kategoriyasiga ko’ra tahlil qiling.

  16. «Dunyoning ishlari» (O‘tkir Hoshimov) asarida portret va personaj tasvirining qahramon psixologiyasi, kayfiyatiga hamohang ravishda aks ettirilganligini izohlang.

  17. «Iliada» dostonida motivning badiiy-estetik vazifalarini, har bir motivning boshqa motivlar bilan bogʼliq jihatlarini, ichki harakat va xususiyatlarini, asar mazmun-mohiyatini yoritishdagi oʼrnini izohlang. Mas., tush, farzandsizlik, safar, sinov, uylanish, homiy, xatar, oʼlim motivlari...

  18. «Jinoyat va jazo», Fyodr Dostoevskiy (Crime and Punishment by Fyodor Dostoyevsky) romanida koʼp ovozli (polifonik) tasvirning voqealar silsilasiga taʼsiri qay tarzda ekanligini aniqlang.

  19. «Boqiy darbadar» (Isajon Sulton) romanida muallif va personaj nutqining o’ziga xos xususiyatlarini tahlil qiling. Badiiy asarda xalq tilining qanday imkoniyatlaridan foydalanilgan?

  20. «Аmerika fojeasi» (Teodor Drayzer) asarini lingvistik jihatdan tahlil qiling.

  21. «Halokat» (Rabindranat Tagor) asaridagi milliy kolorit (qanday milliy anʼanalar, udumlar aks etganligi) qay darajada ifodalangan?

  22. «Sagʼri teri tilsimi» (Balzak) asarida konfliktning qanday turlaridan (inson – inson, inson – texnika, inson – tabiat, inson – jamiyat va h.k.) foydalanilgan.

  23. «Choliqushi» (Rashod Nuri Guntegin) asarida mavjud folklor namunalari (maqol, mif, ertak, afsona va hk.)ni aniqlang va asar mohiyatini ochishdagi vazifasini baholang.

  24. «Martin Iden» (Jek London) asarida aforizm yoki falsafiy mushohadalarning asar gʼoyasini ochishdagi oʼrnini izohlang.

  25. «Muvozanat» romanida (Ulug’bek Hamdam)da inson va jamiyat masalasi?

  26. «Ilohiy komediyasi» (Dante) asarida qanday mavzu va gʼoya ifoda etilgan?

  27. «Makr va muhabbat» (Fridrix Shiller) dramasida remarka (asarda ishtirok etuvchi shaxslarning yoshi, tashqi koʼrinishi, xatti-harakati, kiyinishi, qalb kechinmasi, soʼzidagi intonatsiya, shuningdek, voqealar kechadigan shart-sharoit)ni tahlil qiling.

  28. «Faust» (Gyote Yoxann Volfgang) asarida monolog va dialoglarning mohiyatini sharhlang.

  1. «O‘zbegim» (Erkin Vohidov) qasidasida qanday mavzu va g’oya tarannum etilgan? Shoir qanday kechinmalarni ifoda etgan?

30. «Dunyoning ishlari» (O‘tkir Hoshimov) asarida obraz yaratish yoʼllari. Mustaqil oʼzlashtiriladigan mavzular boʼyicha talabalar tomonidan taqdimotlar, interfaol oʼyinlar va keyslar tayyorlash va uni taqdimot qilish tavsiya etiladi.





Download 251.66 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling