Qarshiyeva norxolning yakuniy nazorat
Download 0.62 Mb. Pdf ko'rish
|
10 NORXOL
- Bu sahifa navigatsiya:
- Topshirdi : N.Qarshiyeva Qabul qildi: M.Shomirzayev
- Тexnologiya va dizayn” fanidan yakuniy nazorat yozma ish varianti savollari 10-variant
- 1.Metallarga ishlov berishda qo‘llaniladigan qo‘l asboblarning tuzilishi va ishlash prinsipi.
- Masshtabli lineyka yordamida ulcham olish
- 4. Xalq xunarmandchiligining etnik va tarixiy xususiyatlari.
- 5. O‘lchash va taqqoslash texnologiyalari. O’lchash
- Uzunlik o’lchovi birligi.
- Olchash asboblarida yo`l qoyiladigan xatolik
- Olchash asbobining o`lchash chegaralari
O'ZBEKISTON RESPUBLIKASI OLIY VA O'RTA MAXSUS TA'LIM VAZIRLIGI TERMIZ DAVLAT UNIVERSITETI 320- GURUH MEHNAT TA’LIM YO'NALISHI 3-KURS TALABASI
QARSHIYEVA NORXOLNING
Topshirdi : N.Qarshiyeva Qabul qildi: M.Shomirzayev
Тexnologiya va dizayn” fanidan yakuniy nazorat yozma ish varianti savollari 10-variant 1. Metallarga ishlov berishda qo‘llaniladigan qo‘l asboblarning tuzilishi va ishlash prinsipi. 2. Metallarga ishlov berishda qo‘llaniladigan dastgohlar hamda elektr va mexanizatsiyalashtirilgan jihozlar 3. Eksport va ichki bozor uchun ishlab chiqarilayotgan mahsulotlar. 4. Xalq xunarmandchiligining etnik va tarixiy xususiyatlari. 5. O‘lchash va taqqoslash texnologiyalari.
1.Metallarga ishlov berishda qo‘llaniladigan qo‘l asboblarning tuzilishi va ishlash prinsipi. Slesarlik uquv ustaxonalarida olib boriladigan amalyy mashg‘ulotlar davomida uquvchilarda hosil qilingan dastlabki kunikma va malakalar asosida aniqlik darajasi 0,01 mm gacha bulgan turli konstruktsiyadagi kontrol-ulchov va rejalash asboblari yordamida ulchash va rejalash ishlari urgatib boriladi. Bu asboblardan foydalanib chizig‘iy ulchamlarni va burchaklarni ulchash, yassi sirtlarning tekisligi va bir-biriga nisbatan tug‘riburchakliligini tekshirish,chizig‘iy va burchakli reja chiziqlari chizishda etarli mehnat malakalari hosil qilinadi. Bu maqsadda kontrol ulchov va rejalash asboblarining turlari, tuzilishi, ishga sozlash usullari urgatib boriladi Tayyorlanayotgan detal shaklining berilgan chizmaga nisbatan to‘g`riligini bilish uchun uni tayyorlash jarayonida o‘lchash asboblari bilan tekshiriladi. Ular shkalali va shkalasizlarga bo‘linadi. SHkalali asboblarga: chizg`ich, shtangenstirkul, mikrometr va boshqalar kiradi. CHizg`ich yordamida 1 mm aniqligi bilan tashqi va ichki o‘lchamlar o‘lchanadi SHtangenstirkul yordamida tashqi va ichki diametr uzunlik, qalinlik, chuqurlik va boshqalar o‘lchanadi. o‘lchash aniqligi 0,5 mm. Konus yordamida aniqligi (0,1; 0,05; 0,02 mm) bilan o‘lchash mumkin. Mikrometrlar tashqi o‘lchamlarni 0,01 mm aniqlik bilan o‘lchash imkonini beradi. Ularni tokarlik ishlarida ham o‘lchash uchun ishlatiladi
SHkalali o‘lchov asboblari: a) chizg`ich; b) shtangenstirkul; d) mikrometr Masshtabli lineyka yordamida zagotovka va buyumlarning chizig‘iy ulchamlarini ulchash, tayyor detallarning ulchamini tekshirish, kronsirkul va nutrometrlar yordamida olingan ulchamlarni hisoblash, sirkulni ulchashga sozlash ishlari bajariladi. Masshtab lineykasidan rejalash ishlarida ham foydalaniladi. Masshtabli lineyka ensiz, yupqa pulat polosadan iborat. The straighter is also used for planning.
1 Uning yuzasiga millimetrli, santimetrli masshtab birliklari tushirilgan bulib, U7 va U8 markali uglerodli asbobsozlik pulatlaridan quyidagi ulchamlarda tayyorlanadi: uzunligi 150 mm dan 1000 mm gacha, eni 11 mm dan 35 mm gacha, qalinligi 0,3 mm dan 1,5 mm gacha.
Masshtabli lineyka yordamida ulcham olish: a—ulchash, b—notug‘ri, v—tug‘ri, g—ichki ulchamlarni ulchash. Kronsirkul va nutromer. Masshtabli lineyka yordamida bevosita ulchash mumkin bulmagan buyum va detallarning tashqi va ichki ulchamlarini ulchashda kronsirkul va nutromerdan foydalaniladi. Masalan, shar, uq, val, sterjen kabilarning tashqi diametri, vtulkalarning ichki diametrlari, har xil aylanish sirtlaridan iborat detal va buyumlarning tashqi hamda ichki ulchamlari ulchanadi. Kronsirkul va nutromer yordamida olingan ulchamlar masshtabli lineyka yordamida hisoblanadi.
Buklama metr unta bir xil uzun-likdagi (100 mm li) lineykalardan iborat bulib, ular uzaro sharnir vositasida biriktirilgan. Bundan masshtabli lineyka singari chizig‘iy ulchamlarni ulchashda foydalaniladi. Buklama metr slesarlik uquv ustaxonalarida keng qullanilmaydi. U uzunligi 100 sm orasida bulgan buyumlarning ichki ulchamlarini ulchash uchun qulaydir Ruletka katta ulchamlarni ulchashda qullaniladi u matodan va pulat lentadan tayyorlanadi. Ruletkalar 2, 5, 10, 15 va 20 metrli bulishi mumkin. 5 metrgacha uzunlikdagi ruletkalarda millimetr, santimetr, metr masshtab birliklari tushirilgan. Ular yordamida Silindr, val kabi buyumlarning aylana uzunligini (yo‘g‘onligini), uyumlarning ichki ulchamlarini ham ulchash mumkin.
2. Metallarga ishlov berishda qo‘llaniladigan dastgohlar hamda elektr va mexanizatsiyalashtirilgan jihozlar . Chilangarlik tiskilari ishga yaroqli bo‘lishi, unga qistiriladigan buyumlarni mahkam tutib turishi, dastgohlarga puxta o‘rnatilishi kerak. Tiskilarning jag‘lari yezilmagan bo‘lishi va shilqillamasligi kerak. 2. Tiskilarga zagotovka yoki detallarni o‘rnatishda ularni qotirish faqat qo‘l kuchi bilan olib bajarilishi kerak. Tiski dastasiga qo‘shimcha truba kiydirib yoki dastani butun gavda bilan bosib qotirishga yo‘l qo‘yilmaydi. Tiskilarga vazmin, yumaloq buyumlarni o‘rnatishda yehtiyot bo‘lish kerak. Aks holda ular tiskidai chiqib ketishi va shikast yetkazishi mumkin. Detalni tiskidan chiqarib olishda uni chap qo‘lda tutib turib, tiskini ohista bo‘shatish kerak. 3. Bolg‘a, bosqon, yog‘och to‘qmoq kabi zarb beruvchi asboblarning dastalari pishiq-puxta va chayir yog‘ochlardan tayyorlanishi kerak. Dastalarni ponalab, puxta o‘rnatish kerak. 4. Dastalarni yoriq, butoqli, yumshoq yog‘ochlardan tayyorlamaslik kerak. Yoriq, butoqli, dastali asboblardan foydalanish qat’iy man yetiladi. Bu xildagi asboblar bilan bolg‘alash vaqtida dastalar sinib ketishi, bolg‘a va bosqonlar uchib ketib o‘quvchini shikastlashi mumkin. 5. Chilangarlik bolg‘alari va bosqonlarining zarb beruvchi muhralari bir oz qavariq bo‘lib, yezilmagan bo‘lishi kerak. 6. Bandlari (quyruqlari) uchli bo‘lgan asboblarga (egovlar, otvyortkalar, chilangarlik dastarralari va xokazolar) yog‘och va plastmassadan tayyorlangai dastalar o‘rnatish kerak. Dastasiz yoki ishga yaroqsiz dastali asboblardan foydalanish taqiqlanadi. 7. Zubila, kreysmeysel, chekich, sumba kabi zarb ta’sir yetuvchi asboblarning kallaklari yezilmagan bo‘lishi kerak. 8. Yezilgan, qaytaqi kallakli asboblardan foydalanishga ruxsat yetilmaydi. 9. Bolg‘alash vaqtida qo‘lni chaqib olmaslik uchun zubila va kreysmeysellarning uzunligi kamida 150 mm bo‘lishi, kalta asboblardan foydalanmaslik kerak. 10. Metallarni tiskiga qistirib olib zubila bilan qirqish vaqtida metall parchasining uchib ketishiga yo‘l qo‘ymaslik kerak. Metallni butunlay qirqib tushirmay, oxirgi qatlamni qayirib sindirib olish kerak. Shunga qaramasdan har yehtimolga qarshi yehtiyot to‘rini o‘rnatib olish kerak. 11. Mayda detallarni sandon yoki plita ustida qirqib olishda uning uchib ketib atrofdagilarni shikastlamasligi uchun yehtiyot to‘sqichi o‘rnatib olish kerak. 12. Zubila va kreysmeysel bilan cho‘yan, bronza kabi mo‘rt metallarga ishlov berishda ulardan uchib chiqqan metall kukunlari ko‘zga tushishligi uchun yehtiyot ko‘zoynagi taqib olish kerak. Egovlash vaqtida quyidagilar taqiqlanadi: a) egovlangan sirtlarning tozaligini qo‘l bilan siypalab tekshirish; b) dastadan ushlab egovni detal yoki tiskiga urib qotirish; bunday hollarda dasta yorilishi va egovning quyrug‘i qo‘lni shikastlashi mumkin; v) buyum sirtidagi kukunlarni puflab yoki qo‘l bilan tozalash. 13. Ish joyini metall parchalari va kukunlardan tozalash faqat cho‘tka yordamida olib borilishi kerak. Kavsharlash vaqtida: 1-Koviya va kavsharlanadigan buyumlarning o‘tkir qirra va burchaklarini tozalashda ularning issiq bo‘lmasligiga ye’tibor berish kerak. 2-Kislota tomib yetni kuydirib qo‘ymasligining oldini olish uchun maxsus cho‘tka yordamida choklarga yupqa qilib surtiladi. 3-Elektrik koviyalar bilan ishlash vaqtida barcha elektr o‘tkazgichlarning, uzgich va ulagich moslamalarning yaroqliligini tekshirib olish kerak. 4-O‘quvchilarning elektrik koviyalarni ruxsasiz mustaqil ravishda tuzatishlariga yo‘l qo‘yilmaydi.
Chilangarlik o‘quv ustaxonalarida olib boriladigan amaliy mashg‘ulotlar davomida o‘quvchilarda hosil qilingan dastlabki ko‘nikma va malakalar asosida aniqlik darajasi 0,01 mm gacha bo‘lgan turli konstruksiyadagi kontrol-o‘lchov va Har qanday buyumni yasash uchun uning tegishli chizmasi vg texnologik jarayonning asosini tashkil qiladigan texnologik kartasi bo‘lishi shart. Texnologik jarayon deganda umuman ishlab chiqarish jarayonining bir qismi tushuniladiki, unda zagotovkani tayyor detalga (buyumga) aylantiriladi. Texnologik jarayon o‘z navbatida texnologik mehnat operasiyalariga bo‘linadi. Har bir texnologik operasiya texnologik jarayonning tugal bir qismi bo‘lib, ularda bir ish o‘rnida va asbobni almashtirmay, masalan, kesish, egovlash, parmalash, parchinlash, kavsharlash kabi biror ish bajariladi. Shuningdek, texnologik operasiya ham texnologik jarayonning yanada kichik yelementlariga texnologik o‘tishlarga bo‘linadi. Bular texnologik operasiyaning tugal qismlaridan iborat bo‘lib, foydalaniladigan asbobning va ishlov beriladigan sirtning doimo bir xilligi bilan xarakterlanadi. Masalan, sirtni egovlash, ichki qiyshiq chiziqli sirtni egovlash, tashqi qiyshiq chiziqli sirtni egovlash va hokazo. Texnologik jarayonning yuqorida aytilgan har bir yelementini bajarishtegishli mehnat usullaridan foydalanishni taqozo yetadi. Mehnat usullari o‘quvchining ish o‘rnidagi turish holatlari, asboblarni ushlashi va bajaradigan mehnat harakatlari bilan bog‘liqdir Texnologik kartalarni tuzish va ulardan foydalanish uquvchilarning ijodiy faolligini oshiradi, texnik tafakkurinni rivojlantiradi va mustaqil ishlashga o‘rganishda yordam bsradi. Bundan tashqari, texnologik kartalarni tuzishda buyumning namunasiga yoki chizmasiga qarab uning murakkab konstruksiyasini ishlab chiqish; buyum uchun zagotovka tanlash va uning o‘lchamlarini aniqlash; texnologik operasiya va o`tishlarni hamda ularni bajarish tartibini belgilash; asboblar, uskuna va moslamalarni tanlash kabi muhim ishlarni. bilib oladi. Tuzilgan texnologik kartalar bo‘yicha rejalashtirilgan buyumning hamma detallarini yasash va ularni yigishni bajarish mumkin. Bu mashg‘ulotdagi amaliy ishlar yeshik lo‘kidonining qolgan detallarini yasash uchun texnologik kartalar tuzishga qaratilishi lozim 3. Eksport va ichki bozor uchun ishlab chiqarilayotgan mahsulotlar. Jahon amaliyotida kompaniyalarning tashqi bozorga chiqish yo‘llari muayyan bosqichlardan iborat. Dastlab firmalar tovarlarni eksport qilish orqali xorij bozoriga kirib boradi va marketing tadqiqotlarini amalga oshiradi. SHundan keyin to‘g‘ridan-to‘g‘ri tashqi bozorga investitsiya joylashtirish orqali ishlab chiqarish faoliyatini tashkil etish va mahalliy arzon (ishchi kuchi, xom ashyolardan) resurslardan keng foydalanish ko‘zda tutiladi. Kompaniyalarning tashqi bozorga chiqish usulining so‘ngisi ishlab chiqarish texnologiyalarining litsenziyaga berish orqali amalga oshadi. Bugungi kunda tashqi investitsiyalar asosida faoliyat olib boradigan kompaniyalar Transmilliy va Ko‘p millatli ko‘rinishida jahon miqyosida ishlab chiqarish va savdo faoliyatlarini amalga oshirmoqda. Bu kompaniyalarning asosiy yutug‘i yangi texnologiya ixtiro qilish va uni amalda joriy etishda namoyon bo‘ladi. Ayni vaqtda bu kompaniyalar jahon ishlab chiqarishining yo‘nalishini boshqarish bilan bir qatorda sarmoya va mehnat bozorlariga ham sezilarli darajada ta’sir ko‘rsatish salohiyatiga ega. SHuning uchun bu kompaniyalar jahon bozorining globallashuvi va milliy xo‘jaliklarning integratsiyalashuvida muhim rol o‘ynamoqda. Shubhasiz, ularning faoliyati ichki bozorni zarur iste’mol tovarlari bilan to‘ldirish imkonini beradi, ammo u tashqi bozorlar uchun yuqori sifatli tovarlarni ishlab chiqarishni etarlicha kafolatlamaydi. Shu bois, xorijiy kapital ishtirokida tashkil etilgan korxonalarning eksportga yo‘naltirilganlik darajasini oshirish ularni rivojlantirish strategiyasini muhim vazifalaridan biri bo‘lib qolmoqda. Bu yo‘nalishda aniq maqsadli ish olib borish nafaqat investitsiyalarni, balki eng avvalo, ilg‘or texnologiya va nou-xoularni jalb etishni ko‘zda tutadi. Ular esa O‘zbekistonga jahon bozorida o‘z mahsulotlarining raqobatbardoshligini oshirish imkonini beradi. Aytish kerakki, jiddiy xorijiy investorlar uchun yaratilayotgan keng istiqbollar va imkoniyatlar hamda aniq bayon etilgan taraqqiyot ustuvorliklari etakchi transmilliy kompaniyalar va korporatsiyalarning mamlakatimizga o‘z investitsiyalarini olib kirishiga yuqori darajada intilishini ta’minlaydi. So‘nggi yillarda jalb etilgan hamda izchil va barqaror iqtisodiy o‘sish, yangi yuqori texnologiyali ish o‘rinlarini yaratish hamda aholi daromadi darajasini ko‘tarishning ishonchli manbaiga aylangan uzoq muddatli investitsiyalar hajmi 35 milliard dollardan oshdi. Hozirgi kunda O‘zbekiston iqtisodiyotining etakchi tarmoqlari bo‘lgan neft-gaz va neft-kimyo sohalarida «Xitoy milliy neft korporatsiyasi», Janubiy Afrikaning «Sasol», Malayziyaning «Petronas», Koreyaning «Lotte», «LG international», «SK» korporatsiyalari, Koreya milliy neft korporatsiyasi, Koreya milliy gaz korporatsiyasi, Rossiyaning «Gazprom» va «Lukoyl», Amerikaning «Texaco», YAponiyaning «Mitsui» va «Marubeni» korporatsiyalari, mashinasozlik sohasida – Amerikaning «Jeneral Motors», Germaniyaning «MAN», YAponiyaning «Isuzu», aviatsiya infratuzilmasi va multimodal logistika sohasida – Koreyaning «Koreyan Eyr» va YAponiyaning «Mitsubisi», oziqovqat va tamaki mahsulotlari ishlab chiqarish sohalarida – SHveysariyaning «Nestle», Angliya-Amerikaning «VAT», kimyo sohasida – Ispaniyaning «Maksam», to‘qimachilik va engil sanoat sohalarida – Koreyaning «DEU interneyshnl», Hindistonning «Spenteks», YAponiyaning «Mitsubisi» va boshqa o‘nlab xorijiy kompaniyalar, bank-moliya sektorida «Royal Bank of Scotland», «Koreya Taraqqiyot banki» va hokazolar yaqin sheriklar hisoblanadi. Bugungi kunda O‘zbekiston Respublikasi hududida xorijiy investorlar bilan birgalikda faoliyat olib borayotgan qo‘shma korxonalarning soni 4 mingdan oshdiMamlakatimizda eksportga yo‘naltirilgan korxonalarning tashqi iqtisodiy faoliyatni rivojlantirish maqsadida O‘zbekiston Respublikasi qonunchiligi quyidagi imtiyozlardan foydalanishni nazardan tutadi: Bular - qo‘shilgan qiymat solig‘iga imtiyozlar; - aksiz solig‘iga imtiyozlar; - daromad solig‘iga imtiyozlar; - mulk solig‘iga imtiyozlar. O‘zbekiston Respublikasi Soliq kodeksining 212-moddasiga asosan tovarlarni chet el valutasida eksportga realizatsiya qilish aylanmasiga nol darajali stavka bo‘yicha qo‘shilgan qiymat solig‘i solinadi, ya’ni bu eksport qilinadigan tovarlarni ishlab chiqarishda foydalanilgan moddiy resurslar uchun qo‘shilgan qiymat solig‘i summasini to‘lashdan ozod etilishini anglatadi. Quyidagilarga aksiz solig‘i solinmaydi: - aksiz to‘lanadigan tovarlarni ularning ishlab chiqaruvchilari tomonidan eksportga realizatsiya qilishga, bundan O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan belgilanadigan aksiz to‘lanadigan tovarlarning ayrim turlari mustasno; - keyinchalik O‘zbekiston Respublikasining bojxona hududidan olib chiqib ketilishi sharti bilan "bojxona hududida qayta ishlash" bojxona rejimiga joylashtirilgan tovarlardan ishlab chiqarilgan qayta ishlash mahsuli bo‘lgan aksiz to‘lanadigan tovarlarni topshirishga; (O‘zbekiston Respublikasi Soliq kodeksi 230-modda). Foyda va mulk solig‘iga imtiyozlar. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2000-yil 5-iyundagi PF-2613- sonli “Eksport mahsuloti ishlab chiqaruvchilarni rag‘batlantirish borasidagi qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘risida” Farmoniga muvofiq, eksportga mahsulot ishlab chiqaruvchi korxonalarning eksport salohiyatini kengaytirish, ularni mulkchilik shaklidan qat’iy nazar, davlat tomonidan qo‘llab-quvvatlash, amaldagi soliq imtiyozlarini tartibga solish va eksportga mo‘ljallangan
4. Xalq xunarmandchiligining etnik va tarixiy xususiyatlari. Xalq hunarmandchiligi har bir xalqning, jumladan, o'zbek halqining paydo bo'lisni, shakllanishi, tarixiy rivojlanishi, milliy qadriyatlarini ifodalaydigan soha bo'lib hizmat qila oladigan ma'naviy, moddiy, madaniy merosi hisoblanadi. Shuning uchun yoshlarga, maktab o'quvchilariga xalq hunarmandchiligiga oid ishlarni o'rgatish ularni ma'naviy tomondan tarbiyalashda, o'z halqining hunarmandchiligi, urf-odatlari, asriy milliy qadriyatlari bilan tanishtirish va kasb-hunarga yo'naltirishda katta ahamiyatga egadir. Xalq hunarmandchiligi naqqoshlik, ganchkorlik, zargarlik yog'och o'ymakorligi, metall o'ymakorligi, kashtachilik, ko'nchilik, pazandachilik, yog'ochlarni kuydirib ishlash, kulolchilik, kosibchilik, mahsido'zlik, sangtaroshlik, temirchilik, pichoqchilik, anjomsozlik, qulfsozlik, misgarlik, ignasozlik kabi 150 dan ziyod sohaga ega bo'lib, o'zida mehnat va kasb ta'limining ko'pgina xususiyatlari - amaliyligi, ijodiyligi, milliyligi,mahalliy xomashyolarni topish va tamirlash qulayligi, o'g'il va qiz bolalar mehnatining o'ziga xosligi, shahar va qishloq maktabini uyg'unlashtira olishi, asosiy hollarda murakkab qurilmalar, uskunalar, asboblar va stanoklar talab qilmasligi, mashg'ulotlarni tashkil etishning soddaligi bilan ajralib turadi. Natijada bu sohani yetarlicha o'rgangan, ma'lum kasblarni egallagan yoshlarning ishsiz qolmasliklari, mehnat bozorining raqobatbardoshligi bilan alohida e'tiborga molikdir. Xalq hunarmandchiligi san'ati milliy qadriyatlarni va an'analarini izchil o'rganish, rivojlantirish hamda takomillashtirgan holda boyitib borish malaka va ko'nikmalariga asoslanadi. Darhaqiqat, “Ta'lim to'g'risida”gi qonunda “Umumiy ta'lim uzluksiz ta'lim tizimida asosiy bo'g'in bo'lib, ta'lim oluvchilarni ilmiy bilim, mehnat va boshlang'ich kasb-kor ko'nikmalarini, ishbilarmonlik asoslarini egallashlari, shuningdek, ijodiy qobiliyatlarini va ma'naviy fazilatlarini rivojlantirishni ta'minlaydi,” - deb ta'kidlagan. Xalq
hunarmandchiligi yoshlarning tafakkuri, tasavvuri, estetik didi, epchilligi kabi sifatlarini shakllantirishga yordam beradi. Zero, bu sifat va fazilatlar yosh avlodni har tomonlama
rivojlantirishga samarali ta'sir ko'rsatadi. Shularni hisobga olgan holda keyingi yillarda mamlakatimizda xalq amaliy san'atining bir necha o'nlab turlari rivojlantirilmoqda. Qadimiy
yodgorliklarni saqlash, ularni qayta tiklash, ta'mirlash ishlariga keng yo'l ochib berilmoqda. Jumladan, Samarqand, Buxoro, Xiva, Qo'qon va Toshkentdagi obidalar qayta tiklanmoqda, ularni
berishmoqda.
Naqqoshlik san'ati ancha rivojlantirilib, turli xil zamonaviy binolarga , zeb berish ishlarida keng qo'llanilmoqda, Naqqoshlik namunalarini, ayniqsa, choyxona, oshxona.
hammom va madaniyat saroylarida ko'rish mumkin. Bunday yangi binolarni ko'rib ko'ziiniz quvonchga, dilimiz zavq-shavqga to'ladi.
Ganch o'yish va gul solish hunari o'zbek xalq san'atida katta o'rin tutadi. Issiq kunlarda oppoq sathli
ganchli devor xonani sovuq tutadi, biroq bezagini ko'zdan kechirsangiz, o'sha oppoq va nafis bezaklar qalbingizni isitadi. Xalq ustalari, ganch tili bilan inson his-tuyg'ularining butun ehtirosini
ifodalash mumkin, deb hisoblaydilar.Darhaqiqat, xonadagi ganch o'ymakorligi, jihoz yoki naqsh uyni jonlantirib yuboradi.
O'zbekiston xalq amaliy san'atining juda keng tarqalgan tirlaridan biri kulolchilikdir. Milliy tovoq,
bejirim kosalar, piyola, nafis ko'za va vazalarga bugungi kunda ham talab katta, ayniqsa ular sayyohlar nazarini o'ziga jalb qilmoqda.
Kandakorlik san'ati metallarga badiiy ishlov berishning qiziqarli, o'ziga hos tarmog'i hisoblanadi.Misdan ishlangan buyumlar turmushda san'at namunalari sifatida keng
foydalanilmoqda. O'zbekistonda Mustaqillik e'lon qilinishi bilanoq odamlarga munosib turmush va mehnat qilish
sharoitlarini yaratishga, xalq farovonligini oshirishga, ijtimoiy adolat tamoyillarini qaror
toptirishga, o'sib kelayotgan yosh avlodni insonparvarlik ruhida tarbiyalashga katta e'tibor qaratildi.
Hozirgi sharoitda yoshlarning mehnat va kasb tayyorgarligi muhim ijtimoiy vazifa bo'lib, bu soha
nazariyotchilari va amaliyotchilari, pedagog olimlar, o'qituvchi, tarbiyachi, murabbiy va ustalar yoshlarga xalq hunarmandchiligining turli qirralarini o'rgatishi, ularni shu yo'nalishdagi kasblarni
egallashga tayyorlashi hunarmandchiligimizni rivojlantirishga, taraqqiy ettirishga va shu orqali jahon madaniyati xazinasiga munosib hissa bo'lib qo'shishga olib keladi.
Milliy urf-odatlar, an'analar xalqlarningyashash sharoiti milliy xususiyatlarni o'zida jamlab, ming yillar davomida hayot deb atalmish murakkab sinovlardan o'tib, xalqning o'ziga xos tuzugi - qonuni
merosni o'rganish, amaliyotga tadbiq etishga shart-sharoit yaratildi. Hozirgi davrda ta'lim-tarbiya
ishini takomillashtirish, milliylashtish, jahon andozalariga mos keladigan pog'onaga ko'tarishda boy
milliy- madaniy merosimizga, milliy va umuminsoniy qadriyatlarga, yangi davming yangi talablariga alohida ahaniiyat berish kerak. Bu esa eng avvalo: zamonaviy ta'lim -tarbiya shakllari,
vositalari va usullaridan keng ko'lamda foydalana oluvchi yuqori malakali o'qituvchilar tayyorlashni taqozo etadi. Ta'kidlash kerakki, ta'lim-tarbiyani bir-biridan ajratish mumkin
emas.Ta'lim-tarbiyaviy tadbirlarni tashkil etishni ma'lum kasb-hunarga yo'naltirilganligi, tabiiyki,
o'quvchilarda mehnatga muhabbat hissi o'z-o'zidan tarkib topgan bo'lmaydi.U oilada ota-onaning yoki boshqa katta yoshdagi kishilarning shaxsiy namuna ko'rsatishi.keyinchalik ta'lim-tarbiya
maskanlarida o'tkaziladigan mehnat ta'limiga oid mashg'ulotlarda insoniyat jamiyati to'plagan mehnatsevarlik an'analarini o'rganish orqali tarkib topadi. Bir so'z bilan aytganda mehnat
ta'limining asosiy maqsadi - o'quvchilarning hayotdan olgan bilimi va tajribalarini aniq ishlab chiqarish mazmuniga ega masalalarning yechimini topish yo'li bilan boshlang'ich kasb-hunar sirlarini tarkib toptirishga
qaratishdan iborat. Umumta’lim maktablarida tashkil etiladigan mehnat ta'limi mashg'ulotlarini qiziqarli, samarali va
kasbiy,
hisoblash, o'lchash-tekshirish, chizish va tuzishga doir hamda turli xil moslamalar, texnologik jarayonlami boshqara olish, bevosita mehnat ob'ektlari, predmetlari va qurollari bilan munosabatda
bo'lish kabi xislatlar tarkib topgan bo'lishi kerak. Xalq hunarmandchiligi moddiy madaniyatimizning eng qadimiy va muhim turlaridan hisoblanadi
va tasviriy hamda amaliy san'atning ko'pdan-ko'p sohalari bilan uyg'unlashib ketadi. Ammo tasviriy
va amaliy san'at, buyumlarga badiiy ishlov berish jarayoni hamda xalq hunarmandchiligining o'ziga
xosligi, yo'llari, xususiyatlari bir- biridan farqlanadi. Shuning uchun moddiy ma'naviyatning, madaniyatning ushbu sohalariga oid mavjud ta'riflarini keltirib, taqqoslab o'tish o'rinlidir.
ichiga oladi. Tasviriy san'at real borliqni ko'rgazmali obrazlarda, mavjud predmetlarni uiarning tabiiy shakli, o'rni bo'lishini o'ziga o'xshatib, umumlashtirib va tipiklashtirib ifodalaydi.
berilgan
bezak texnikasiga qarab farqlanadi. Xalq turmush madaniyatini xarakterlaydi. Amaliy bezak san'ati
Hunarmandchilik - hunarmand, har xil oddiy mehnat qurollari yordamida xomashyodan turli
mahsulotlar tayyorlanadigan ishlab chiqarish, shunday mahsulotlar tayorlanadigan kasblarning umumiy nomi. Bora-bora kulolchilik, duradgorlik, temirchilik, misgarlik, zargarlik, binokorlik,
haykaltaroshlik, o'ymakorlik, toshtaroshlik, ko'nchilik, pichoqchilik, do'ppichilik va boshqalar ajrala borgan. Demak yuqoridagi ta'riflardan ko'rinib turibdiki, xalq hunarmandchiligining
mohiyati, mazmuni, tuzilishi, xususiyati o'ziga xosdir. Respublikamizda mavjud bo'lgan xalq hunarmandchiligining Toshkent, Samarqand Buxoro, Nukus, Xiva, Termiz, Urganch, Namangan,
Andijon, Farg'ona, Chust, Shahrisabz va boshqa markazlarining ta'limiy-tarbiyaviy imkoniyatlari beqiyos bo'lib, o'ziga xosligi jihatidan bir-biridan ajralib turadi.
O'zbek xalqining shakllanishi tarixi bilan uyg'unlashib ketgan xalq hunarmandchiligining o'nlab turlari bo'lishiga qaramasdan, hozirgi zamon ta'lim-tarbiya tizimida ulardan deyarli foydalanmasdan
kelish hollari ham mavjud, bu esa mehnat va kasbga yo'naltirishda ta'lim tizimining milliy, mahalliy, etnik, tarixiy xususiyatlardan ajralib qolishiga sabab bo'ladi. Shuning uchun ham hozirgi
kelmoqda.
Dunyoda har qanday hunar bo'lmasin, albatta uning ustalari va uning shogirdlari bo'ladi. Naqqoshlik, ganchkorlik, misgarlik, pichoqchilik, bo'yrachilik, gilamdo'zlik, zardo'zlik, yog'och
o'ymakorlik, savatchi, temirchi, suyak o'ymakor, sangtarosh, chilgar, zargar va boshqa hunar ustalari bor. Milliy hunarmandchilikni rivojlantirishga katta e'tibor berilayotgan hozirgi bir paytda
Har
bir hunar qadimdan muqaddas hisoblangan bo'lib, ular hurmatlab, e'zozlab kelingan. Otabobolarimiz tomonidan ustoz va shogirdlar uchun o'ziga xos odob-axloq me'yorlari, maxsus tartibqoidalar, urf-odatlar, muomala madaniyati, irimlar, duolar, milliy an'analar ishlab chiqilgan bo'lib,
5. O‘lchash va taqqoslash texnologiyalari. O’lchash – bu maxsus texnik vositalar yordamida fizik miqdorning qiymathii tajriba yo’li bilan aniqlashdir. O’lchash – o’lchanayotgan miqdorni (masalan, val o’lchamini) birlik sifatida qabul qilingan miqdor bilan taqqoslashdan iboratdir (uzunliklarni o’lchash uchun bunday birlik sifatida metr qabul qilingan). O’lchov birliklari, vositalarini va o’lchash usullarini o’rganadigan fan metrologiya deb ataladi. Metrologiyaning asosiy vazifalari O’z RST 8.010-93 (GOST 16263-70) da keltirilgan. O’lchov birliklarini umumlashtirish maqsadida ISO ning oliy organi XI Bosh anjumani tavsiyasiga binoan 1960 yilda birliklarning xalqaro tizimi SI (internatsional tizim) kiritildi. Shu asosda GOST 8.417-81 (ST SEV 1052-78) ishlab chiqildi. SI da har xil parametrlarni: mexanik, issiqlik, elektrik, magnit, yorug’lik, akustik va ionlashtiruvchi nurlanishlarni o’lchashda ishlatiladigan oltita asosiy birlik bor. Asosiy birliklar sifatida: metr (m) – uzunlikni o’lchash uchun kilogramm (kg) – massani o’lchash uchun, sekund (sek) – vaqtni o’lchash uchun; Kelvin gradusi (K°) - haroratni o’lchash uchun; Amper (A) - elektr toki kuchini o’lchash uchun; kandela (sham) kd – yorug’lik kuchini o’lchash uchun ishlatiladi. Kuch birligi qilib Nyuton olinadi 1H=1kг
-2 ; bosim birhgi Paskal 1Пa =1кг
м -1 c -2 va h.k. SI da o’nlik ko’paytmalar uchun quyidagi qo’shimchalar kiiitildi: eksa (e)–10 11 ; peta (p)–10 15 ; tera (t)–10 12 ; giga (g)–10 9 ; mega (m)–10 6 ; kilo (k)–10 3 ; gekto (g)–10 2 ; deka (da)–10 1 ; ditsi (d)–10 -1 ; santi (s)–10 -2 ; milli (m)–10 -3 ; mikro (mk)–10 -6
-9 ; piko (p)–10 -12 ; femto (f)-10 -15 ; atto (a)–10 -18 .
etaloni sifatida kesimi X shaklida bo'lgan va platina (90%) hamda iridit (10%) qotishmasidan yasalgan brusning ikki shtrixi (chiziqchasi) o'rtalari orasidagi masofa (°S da) qabul qilingan edi. Bu etalonda ikki shtrix o'rtalari orasidagi masofani yo 0,1 mkm. dan ortiq aniqlik bilan o'lchash mumkin bo'lmaganligi uchun fan va texnikaning talablariga javob bermay qoldi. Uning yana bir kamchiligi tabiiy ofat (zilzila, suv toshqinni) vaqtida yo'qolishi mumkin edi. Shuning uchun 1960 yilda ISO ning oliy organi XI Bosh anjumani metrning yangi aniqlanishini qabul qildi. Yangi tizimda 1 metr kripton (gaz) yorug'lik to'lqinlarining uzunliklari yordamida ifodalangan, ya'ni bu tushuncha tabiiy miqdorga bog'langan, ya'ni "metr, vakkumda kripton-86 spektrining to'q sariq chizig'iga mos nurlanish to'lqinlarining 1650763,73 tasiga teng uzunlikdir." Bir metr mln. mikrometr (mkm) ga teng, shu sababli metrning etaloniga yorug'lik to'lqinlarining 1650763,73 ta uzunligi joylashadi. Yangi etalon yordamida hozir 1 metrning uzunligi 0,002 mkm. li xatolik bilan yasaladi, bu xatolik esa ilgarigi etalondagi xatolikdan 50 marta kam. BMITI da bu etalonni hosil qilish uchun etalon interferometr yaratildi. O'lchash asboblarida yo`l qo'yiladigan xatolik deb, o'lchash asbobidan foydalanishda yo'l qo'yiladigan eng katta xatolikka aytiladi. O'lchash xatolarini ko'zdan kechirishda o'lchash asbobi ko'rsatkiclilarining bir xil bo'lmasligi qaraladi (variatsiya-bir miqdorni qayta-qayta olchab olingan qiymatlari ayirmasidir).
mumkin bo'lgan eng katta va eng kichik o'lchamlardir. Shkala bo`yicha o`lchash chegaralari – o'lchamning shkala yordamida bevosita o'lchash mumkin bo'lgan eng katta qiymatidir. O'lchashdagi zo'riqish - o'lchanadigan buyum va o'lchash asbobi sirtlarining yondashishida o'lchash asbobida yuz beradigan zo'riqishdir. O'lchash usuli deb, qandaydir miqdorni o'lchashda ishlatiladigan vositalar va uslublar majmuasiga aytiladi. O'lchanadigan buyumlarning qiymatlarini aniqlash usullari absalyut, nisbiy, bevosita va bilvosita, kontaktli va kontaktsiz bo'lishi mumkin. Mutloq o`lchash usuli o'lchanayotgan miqdorni o'lchash asbobining ko'rsatishlariga qarab bevosita to'la hosil qilishdan iborat. Masalan, detalni shtangensirkul bilan o'lchab, o'lchamning 25,5 mm ekanini topish.
Download 0.62 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling