Qashqadaryo viloyati ko’kdala tumanidagi "Agro Bio Gold" mchj ga qarashli


Download 69.72 Kb.
bet1/3
Sana24.01.2023
Hajmi69.72 Kb.
#1117151
  1   2   3
Bog'liq
Документ Microsoft Word (3)


Qashqadaryo viloyati ko’kdala tumanidagi
“Agro Bio Gold” MCHJ ga qarashli
O’simliklar kilinikasi va biolaboratoriyasi

Қашқадарё вилояти Кўкдала туманидаги


“Агро Био Голд” МЧЖ га қарашли
Ўсимликлар клиникаси ва биолабораторияси
Barchaga tegishli ma'lumot. Amaliyot kelishuvi shartnomasi 2023 yil uchun tuziladigan bo'lsa quyidagi talablariga javob berishi kerak.
1. Shartnomada so'rab o'tilgan barcha malumot kiritilishi kerak bo'lgan jumlalarni to'liq holda yozilishi. Misol tashkilot rahbari. ismi sharifi. STIR raqami. 2. Arizani ustiga qalam bilan qaysi yonalish uchun amaliyot kelishuvi bo'lsa yozib qo'ying. Paxta-boshoq, bog'-uzum, sabzavot-poliz, issiqxona, qayta ishlash, omborxona, logistika markazi, agroklaster.

- Paxta va boshoq - Umirov Feruz


- Bogdorchilik va uzumchilik bo'yicha - Tangriyev Oybek,
- Meva sabzavot agroklasteri hamda Sabzavot va poliz bo'yicha - Normatova Sitora,
- Logistika markazlari va qayta ishlash korxonalari va issiqxonalar - Abdunazarov Rustam,
- Omborxonalar - O'ljayev Muzrob.
Ushbu mas'ullarga o'z yo'nalishlariga tegishli Amaliyot kelishuvlarining pdf skaner qilib taqdim eting.


Sitrus oqqanoti teng qanotlilar turkumining aleyrodid yoki oqqanotlilar oilasiga mansub sitrus va subtropik mintaqa o‘simliklari uchun juda zararli ichki karantin zararkunanda hisoblanadi.
Vatani Janubiy sharqiy Osiyo (Xitoy, Hindiston) mamlakatlari hisoblanadi. Hozirgi kunda subtropik va tropik iqlimli mamlakatlarda keng tarqalgan. Hindiston, Ve'tnam, Janubiy Xitoy, Afg‘oniston, Yaponiya, Fillipin va Seylon orollari va ko‘pgina MDH davlatlarida uchraydi. 1942 yildan AQSh, Argentina, Braziliya, Chili, Gavayi orollari Yevropa, O‘rta yer dengizi sohillariga tarqala boshlagan. Bugungi kunda ushbu hashorot O‘zbekistonning barcha hududlariga tarqalib ulgurgan.

Morfologik belgilari: Sitrus oqqanoti urg‘ochisining uzunligi 1,6-2,0 mm keladigan bir juft oqqanotga ega, ko‘zi qora, pushti dog‘li, tanasi och sariq, jim turgan paytida qanotlari tanasini berkitib turadi. Urg‘ochisi va erkagi tashqi ko‘rinishidan bir-biriga juda o‘xshash. Biroq erkagi urg‘ochisidan maydaroq, tanasi kichkina va uzunchoq. Urg‘ochisining tanasi kalta va kengrok bo‘ladi. Mo‘ylovi yetti bo‘g‘imli, oyoqlari ikki bo‘g‘imli tirnoqli, ular yordamida u barglarning tag qismiga yopishib turadi. Tuxumining uzunligi 0,24-0,32mm, yangi qo‘yilgani yaltiroq havo rang tusli, keyinchalik sarg‘aya boradi. Tuxumi bandi orqali barglarga yopishib turadi. Lichinkasining ko‘zlari tuxum qobig‘idan ochib chiqishidan oldin to‘q qizil rangda yaqqol ko‘rinib turadi. Qizil ko‘zlar ko‘ringandan uch kun o‘tgach lichinkalar ko‘plab chiqa boshlaydi. Tuxumlarining rivojlanishi ob-havo sharoitiga bog‘liq ravishda o‘zgarib turadi. Havoning harorati 23-25 daraja bo‘lganda tuxumlar 13 kun, ya'ni eng qisqa vaqtda rivojlanadi. Lichinkalar yangi ochib chiqqanda 0,21-0,34 mm uzunlikda tanasining atrofi kalta tukli, 3 juft oyoqlari yaxshi rivojlangan bo‘ladi. Lichinkalar barglarning ostki qismiga yopishib tumshug‘ini barg ichiga tiqib oziqlana boshlaydi. Shu tariqa lichinka barg shirasini so‘rib oladi va o‘zidan juda mayda tomchi shira ajratib chiqaradi. Lichinkaning ikkinchi yoshi-uzunligi 0,57-0,66 mm keladi. Tana tuzilishi oddiylashadi. Ko‘zlari ko‘rinmay qoladi shu holatda qishlaydi. Lichinkaning uchinchi yoshi-uzunligi 0,91-1,1mm ga yetadi. Ko‘rinishi murakkablashib yapaloq holga keladi. Rangi shaffoflanib yashil barglarga yopishganda ko‘rinmay qoladi.
Kunlar isishi bilan qishlagan lichinkalar bahor oylarida rivojlana boshlaydi. O‘lchami kattalashadi, tanasi sariq rangga kiradi. Ko‘zlari kattalashib to‘q qizil rangga kiradi. Oyoqlari kattalashib qanotlari rivojlanadi. Pupariy holatida oqqanot ko‘pgina zaharli kimyoviy preparatlar va moyli emulsiyalar ta'siriga chidamli bo‘ladi. Qizil ko‘zlarining paydo bo‘lishi kapalakning uchib chiqishiga 5-6 kun qolganini bildiradi. Pupariy oqqanot lichinkasining oxirgi qobig‘i hisoblanadi. U eniga va yoniga yorilib T-simon yoriq hosil qiladi va bu yoriqdan yetilgan oqqanot tashqariga chiqadi.

Download 69.72 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling