Qashqadaryo viloyati ko’kdala tumanidagi "Agro Bio Gold" mchj ga qarashli
Download 69.72 Kb.
|
Документ Microsoft Word (3)
- Bu sahifa navigatsiya:
- Kurash choralari.
- Karantin tadbirlari.
Kimyoviy choralar: Zararlanish markaziga birinchi ishlov berish bahorda, yozning boshida imogoning birinchi avlodida o‘tkaziladi. Bunda maxsus tavsiyanomalarda keltirilgan kimyoviy vositalardan foydalaniladi. Ikkinchi ishlov lichinkalarning birinchi avlodi ko‘plab chiqadigan vaqtda o‘tkaziladi. Uchinchi ishlov birinchi va ikkinchi avlod lichinkalariga qarshi o‘tkaziladi. Oqqanot bilan kuchli zararlangan ko‘chatlarda to‘rtinchi ishlov sentyabrning birinchi yarmidan mevalarga rang kirguncha amalga oshiriladi. Mevalarni terib olishdan 20-25 kun oldin ishlov berish to‘xtatiladi. Purkash ishlari lichinkalarning ikkinchi avlodiga va daraxtlardagi qora dog‘lardan tozalash uchun amalga oshiriladi. Kuz-qish oylarida sitrus o‘simliklari ildizlari yopiq holatda fumigasiya qilinadi. Zararlanish markazi tugatilgandan so‘ng qurigan shoxlar kesib tashlanadi va zararlangan joylarning o‘zida yoqib yuboriladi.
Shu o‘rinda qora sitrus oqqanoti haqida ma’lumot. O‘zbekistonda qora sitrus oqqanoti Toshkent viloyati hududida aniqlangan. Qora sitrus oqqanoti asosan limon o‘simligining xafli kushandasi hisoblanadi. Shu bilan bir qatorda u mandarin va greypfrut o‘simliklarida ham aniqlangan. Qora sitrus oqqanoti kapalagining qanotlari yozilganda 4-5 mm uzunlikda bo‘lib, qanotlari kulrang, ingichka, o‘tkir uchli bo‘ladi. Oldingi juft qanoti ikkita to‘q chiziqlar , o‘rtasida esa V shaklida belgisi va tepa uchida qora dog‘lari bor. Kurash choralari. Karantin tadbirlari qatoriga ko‘chatlik materiallarini muntazam tekshirish va ekspertiza qilish, zararkunanda tarqalgan hududlardan qo‘chatlar materiallar va qalamchalarni keltirish qat’iyan man qilinadi. Hasharot tarqalgan dalalardagi ko‘chatlarga fosfor-organik preparatlar bilan ishlov berilishi kerak. Qora sitrus oqqanoti sitrus va subtropik mintaqa o‘simliklari uchun juda zararli ichki karantin zararkunanda hisoblanadi. Zarari. Qora sitrus oqqanoti asosan sitrus o‘simliklarida limon, mandarin, apelsin, trifoliat, choy, xurmo, shilvi, nastarin, dafna, jasmin, kamfara, gardeniya, ligustrum kabi o‘simliklarga katta zarar keltiradi. Lichinkalari barglarni so‘rib, uning sharbati bilan oziqlanadi, bundan barglar kuchsizlanadi va o‘simliklar xosildorligi pasayadi. Karantin tadbirlari. Zararkunandani o‘z vaqtida aniqlash maqsadida o‘simliklarni doimiy tekshirib turish; Xo‘jalik ko‘chat yetishtirib, sotishga ixtisoslashgan bo‘lsa, fumigatsion kameralarga ega bo‘lishi, ko‘chat va qalamchalarni jo‘natishdan oldin zararsizlantirishi; Karantin holati joriy qilingan xo‘jaliklarda o‘simlik mahsulotlarini karantin inspeksiyasining ruxsatisiz tashqariga olib chiqib ketmaslik, kabi tadbirlarni o‘z ichiga oladi. Download 69.72 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling