Qashqadaryo viloyati misolida) 7072280-Kadastr (Davlat kadastrlari yagona tizimi) mutaxasisligi magistr


Davlat o’rmon kadastri haqida ma’lumot, o’rmon kadastrini yuritishni tashkil etish


Download 86.87 Kb.
bet6/8
Sana04.02.2023
Hajmi86.87 Kb.
#1162291
1   2   3   4   5   6   7   8
Bog'liq
Disertatsiya 1

1.2 Davlat o’rmon kadastri haqida ma’lumot, o’rmon kadastrini yuritishni tashkil etish.
Davlat o`rmon kadastri - bu Davlat o`rmon kadastri ob’ektlari, ularning jug`rofiy holati, huquqiy maqomi, miqdor va sifat tavsiflari hamda iqtisodiy bahosi to`g`risidagi yangilab boriladigan ishonchli axborotlar tizimidir. Davlat o`rmon kadastri Davlat kadastrlari yagona tizimining tarkibiy qismi hisoblanadi va o`rmonlarning himoyalanganlik toifasini aniqlash maqsadida, o`rmonlardan oqilona foydalanishni, qo`riqlashni, muhofaza qilishni va qayta tiklashni tashkil еtish, davlat o`rmon fondi yerlari tuzilmasida ro`y beradigan o`zgarishlar hujjatlarini yuritish va nazorat qilishning yagona tartibini belgilash uchun yuritiladi. O`zbekiston Respublikasi hududida joylashgan barcha o`rmonlar Davlat o`rmon kadastrining ob’ektlari hisoblanadi. O`zbekiston Respublikasi O`rmon xo`jaligi davlat qo`mitasi Davlat o`rmon kadastrini yuritish bo`yicha vakolatli organ hisoblanadi. Davlat o`rmon kadastri o`rmon munosabatlarini tartibga solish, o`rmonlarni qo`riqlash, muhofaza qilish, ulardan oqilona foydalanish va ularni qayta tiklashni tashkil еtish maqsadida davlat hokimiyati va boshqaruvi organlarini, manfaatdor yuridik va jismoniy shaxslarni o`rmonlar to`g`risidagi ishonchli kadastr axborotlari bilan ta’minlash uchun mo`ljallangan. Quyidagilar Davlat o`rmon kadastrini yuritishning asosiy prinsiplari hisoblanadi:

  • O`zbekiston Respublikasi hududidagi barcha o`rmonlarni to`liq qamrab olish;

  • makon koordinatlari yagona tizimini va yagona topografiya asosini qo`llanish;

  • o`rmonlar to`g`risidagi kadastr axborotlarini shakllantirish metodologiyasining yagonaligi;

  • kadastr axborotlarining ishonchliligi, ko`rgazmaliligi va hujjatliligi;

  • kadastr axborotlarining qonun hujjatlarida belgilangan tartibda foydalanishga qulayligi.

Davlat o`rmon kadastrini yuritish Davlat o`rmon kadastri ob’ektlarini taksatsiyalash, hisobga olish, baholashni o`tkazish bilan ta’minlanadi hamda Davlat yer kadastri va Davlat binolar va inshootlar kadastri axborotlaridan majburiy foydalanishni nazarda tutadi. Davlat o`rmon kadastri ob’ektlariga taalluqli yer uchastkalari, binolar va inshootlarga bo`lgan huquqlarni davlat ro`yxatidan o`tkazish vakolatli organlar tomonidan, ko`chmas mulkka huquqlarni ro`yxatdan o`tkazish uchun qonun hujjatlarida belgilangan tartibda amalga oshiriladi. Davlat yer kadastridan Davlat o`rmon kadastriga beriladigan Davlat o`rmon kadastri ob’ektlariga taalluqli yer uchastkalari to`g`risidagi yer-kadastr axborotlarida yerlarning maqsadli foydalanilishi bo`yicha tuzilmasi, yer uchastkalariga huquqlarning davlat ro`yxatidan o`tkazilganligi (shu jumladan yerlardan foydalanishda servitutlarda belgilangan mavjud cheklashlar va zo`riqtirishlar to`g`risidagi ma’lumotlar), yerlarning miqdori va sifati to`g`risidagi ma’lumotlar mavjud bo`lishi kerak. Binolar va inshootlar davlat kadastridan Davlat o`rmon kadastriga beriladigan Davlat o`rmon kadastri ob’ektlariga taalluqli binolar va inshootlar to`g`risidagi kadastr axborotlarida ulardan maqsadli foydalanilishi, huquqlarning davlat ro`yxatidan o`tkazilganligi, asosiy miqdor va sifat tavsiflari to`g`risidagi ma’lumotlar mavjud bo`lishi kerak. Davlat o`rmon kadastrini yuritish qog`oz va/yoki еlektron manbalarda amalga oshiriladi. Davlat o`rmon kadastri ob’ektlari to`g`risidagi tizimlashtirilgan kadastr axborotlari belgilangan tartibda Davlat kadastrlari yagona tizimiga beriladi. Davlat o`rmon kadastrini yuritish ishlarini moliyalashtirish davlat byudjeti hisobiga amalga oshiriladi.
Davlat o`rmon kadastrini yuritish O`rmon xo`jaligi davlat qo`mitasining Davlat o`rmon kadastri bo`limi va ushbu qo`mitaning hududiy bo`linmalari (o`rmon xo`jaliklari) tomonidan amalga oshiriladi.
Davlat o`rmon kadastrini yuritish ishlariga umumiy rahbarlik O`rmon xo`jaligi davlat qo`mitasi raisining o`rinbosari tomonidan amalga oshiriladi.
Davlat o`rmon kadastrini yuritishni metodik ta’minlash O`rmon xo`jaligi davlat qo`mitasi tomonidan amalga oshiriladi.
Davlat o`rmon kadastrini yuritish ushbu Nizomga ilova qilingan sxemaga muvofiq amalga oshiriladi.
O`rmon xo`jaligi davlat qo`mitasining Davlat o`rmon kadastri bo`limi:
Davlat o`rmon kadastrining avtomatlashtirilgan axborot tizimini joriy еtishni va uning faoliyatini ta’minlaydi;
ma’lumotlar bazasi tuzilmasini ishlab chiqadi, ma’lumotlar bazasining to`g`ri to`ldirilishini nazorat qiladi;
Davlat o`rmon kadastri ob’ektlarining miqdor va sifat jihatidan holati, iqtisodiy bahosi to`g`risidagi joriy o`zgarishlarni to`playdi va tizimlashtiradi;
Davlat o`rmon kadastri ob’ektlarining kadastr daftarlarini yuritadi, tizimlashtirish va Davlat o`rmon kadastrining avtomatlashtirilgan axborot tizimiga kiritish uchun ma’lumotlar bazasini to`ldiradi;
Davlat o`rmon kadastri yangi ob’ektlarini hisobga qo`yadi, ular to`g`risidagi hisobga olish va baholash axborotlarini to`playdi;
kadastr xodimlarini Davlat o`rmon kadastrining avtomatlashtirilgan axborot tizimi bilan ishlashga o`qitishni tashkil qiladi;
kadastr axborotlarini tizimlashtiradi va ularni Davlat o`rmon kadastrining avtomatlashtirilgan axborot tizimiga kiritadi;
Davlat o`rmon kadastri yangi ob’ektlari to`g`risidagi hisobga olish va baholash axborotlarini nazorat qiladi;
kadastr axborotlarining Davlat kadastrlari yagona tizimiga tezkorlik bilan berishni amalga oshiradi;
Davlat o`rmon kadastri ob’ektlarining holati va ulardan foydalanish to`g`risidagi hisobotni Davlat kadastrlari yagona tizimiga har yili, belgilangan tartibda taqdim еtadi.
O`rmon xo`jaligi davlat qo`mitasi tizimidan tashqarida faoliyat ko`rsatadigan Davlat o`rmon kadastri ob’ektlarining mulkdorlari, shuningdek boshqa huquqlar еgalari O`rmon xo`jaligi davlat qo`mitasining vakolatli bo`limiga Davlat o`rmon kadastri ob’ektlarining geografik holati, huquqiy maqomi, miqdor va sifat tavsiflari hamda bahosi to`g`risidagi axborotlarni, shuningdek ularning holatidagi joriy o`zgarishlar to`g`risidagi axborotlarni taqdim еtishi shart[2]




    1. Download 86.87 Kb.

      Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling