Qashqadaryo viloyati misolida) 7072280-Kadastr (Davlat kadastrlari yagona tizimi) mutaxasisligi magistr


Download 86.87 Kb.
bet8/8
Sana04.02.2023
Hajmi86.87 Kb.
#1162291
1   2   3   4   5   6   7   8
Bog'liq
Disertatsiya 1

Nizomga
ILOVA
Davlat o`rmon kadastrini yuritish
SXEMASI













Davlat kadastrlari yagona tizimi
("Ergeodezkadastr" davlat qo`mitasi)



















1. O`rmon xo`jaligi bosh boshqarmasining vakolatli bo`linmasi Davlat o`rmon kadastri ob’ektlari bo`yicha kadastr axborotlarini to`playdi.

2. O`rmon xo`jaligi bosh boshqarmasining vakolatli bo`linmasi yer kadastridan hamda binolar va inshootlar davlat kadastridan yer uchastkalari, binolar va inshootlar to`g`risidagi axborotlarni oladi.


3. O`rmon xo`jaligi bosh boshqarmasining vakolatli bo`linmasi kadastr axborotlarini Davlat kadastrlari yagona tizimi ma’lumotlar bazasiga beradi.


4. O`rmon xo`jaligi bosh boshqarmasining vakolatli bo`linmasi so`rovga ko`ra Davlat kadastrlari yagona tizimi ma’lumotlar bazasidan Davlat o`rmon kadastri bo`yicha axborotlar olishi mumkin.


5. Davlat kadastrlari yagona tizimidan foydalanuvchilar so`rovga ko`ra Davlat kadastrlari yagona tizimi ma’lumotlar bazasidan belgilangan tartibda Davlat o`rmon kadastri bo`yicha kadastr axborotlari olishi mumkin.












>















































































3






























































































4













5






















Davlat o`rmon kadastri
Qishloq va suv xo`jaligi vazirligi huzuridagi O`rmon xo`jaligi bosh boshqarmasi
O`rmon xo`jaligi bosh boshqarmasining vakolatli bo`linmasi

<-





























































Davlat yer kadastri, Binolar va inshootlar davlat kadastri













Foydala-
nuvchilar

<


































>



















2


































































































































>

<





























































1











































1






































































O`rmon xo`jaligi bosh boshqarmasi tizimidagi Davlat o`rmon kadastri ob’ektlari







O`rmon xo`jaligi bosh boshqarmasi tizimida bo`lmagan Davlat o`rmon kadastri ob’ektlari






































































































































II-BOB. Qashqadaryo viloyatining umumiy yer maydoni, yer toifalari va o’rmon fondi yerlarini o’rganish.

2.1 Qashqadaryo viloyati umumiy yer maydoni va yer toifalari bo’yicha tavsifi.

Bugungi kunda Qashqadaryo viloyati bо‘yicha korxona, tashkilot, muassasalar, fermer-dehqon xо‘jaliklari va fuqarolarning foydalanishdagi jami yerlar 2 856 799 gektarni tashkil etib, shundan о‘rmon fondi yerlari 412052 gektar umumiy yer maydonga nisbatan 14,4 foizini tashkil qiladi.[2]


Qashqadaryo viloyatida yer fondining toifalarga bolinishi. 2021 yil 1-yanvar xolatiga kora.


Yer fondidan foydalanish maqsadi va tartibiga kо‘ra о‘ziga xos xususiyatlarga ega bо‘lib, viloyat bо‘yicha ushbu kо‘rsatkichlarning umumiy kо‘rinish quyidagicha: Jumladan:

  • qishloq xо‘jaligiga mо‘ljallangan yerlar 1097863 gektar (umumiy yer maydonga nisbatan 81,3 foiz);

  • aholi punkti yer maydonlari 11487 gektar (umumiy yer maydonga nisbatan 0,4 foiz);

  • sanoat transport, mudofaa, aloqa va boshqa maqsadlar uchun belgilangan yerlar 67026 gektar (umumiy yer maydonga nisbatan 2,3 foiz);

  • tabiatni muhofaza qilish, sog‘lomlashtirish rekreatsiya maqsadlariga mо‘ljallangan yerlar 26 gektar (umumiy yer maydonga nisbatan 0,0009 foiz);

  • tarixiy-madaniy ahamiyatga molik yerlar 2567 gektar (umumiy yer maydonga nisbatan 0,09 foiz);

  • о‘rmon fondi yerlari 412052 gektar (umumiy yer maydonga nisbatan 14,4 foiz);

  • suv fondi yerlari 37067 gektarni (umumiy yer maydonga nisbatan 1,3 foiz);

  • davlat zaxira yerlari 3819 gektarni (umumiy yer maydonga nisbatan 0,13 foiz). [3]




2.2 Qashqadaryo viloyati o’rmon fondi yer maydonlarini o’rganish........

Qashqadaryo viloyati tumanlaridagi о‘rmon xо‘jaliklarining yer maydonlari quydagilarni tashkil etadi. Shu jumladan:


G‘uzor tumanida 7028 gektar, Dehqonobod tumanida 101377 gektar, Qamashi tumanida 86804 gektar, Qarshi tumanida 849 gektar, Qarshi shahrida 181 gektar, Kasbi tumanida 22 gektar, Kitob tumanida 76562 gektar, Koson tumanida 1773 gektar, Muborak tumanida 12209 gektar, Nishon tumanida 2856 gektar, Mirishkor tumanida 596 gektar, Chiroqchi tumanida 28525 gektar, Shahrisabz tumanida 75733,1 gektar va Yakkabog‘ tumanida 17533,7 gektar о‘rmon fondi yerlarini tashkil qiladi.
Qashqadaryo viloyat о‘rmon xо‘jaliklarining yer maydonlari eng katta qismi Dehqonobod tumanida ya’ni 101377 gektar tashkil qiladi.


2.3 Qashqadaryo viloyatida o’rmon xo’jaligi sohasini rivojlantirish chora-tadbirlari to’g’risida.
O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI VAZIRLAR MAHKAMASINING QARORI
23.07.2020-yil.
Qashqadaryo viloyatida tog‘, tog‘ yonbag‘irlari va cho‘l hududlaridagi samarasiz foydalanilayotgan yer maydonlaridan unumli foydalanish, yaylovzorlar, pista, bodom plantatsiyalarini barpo etish va o‘rmonzorlarni ko‘paytirish maqsadida, Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
1. O‘zbekiston Respublikasi O‘rmon xo‘jaligi davlat qo‘mitasi va Qashqadaryo viloyati hokimligining Qashqadaryo viloyati Chiroqchi tumanida O‘zbekiston Respublikasi O‘rmon xo‘jaligi davlat qo‘mitasi tizimida davlat muassasasi shaklidagi Qumdaryo davlat o‘rmon xo‘jaligini tashkil etish to‘g‘risidagi takliflariga rozilik berilsin.
2. Yangi tashkil etilayotgan Qumdaryo davlat o‘rmon xo‘jaligining tuzilmasi O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017 yil 11 maydagi “O‘zbekiston Respublikasi O‘rmon xo‘jaligi davlat qo‘mitasi faoliyatini tashkil etish to‘g‘risida”gi PQ-2966-sonli qarorining 5-ilovasiga muvofiq shakllantirilishi ma’lumot uchun qabul qilinsin.
3. Quyidagilar Qumdaryo davlat o‘rmon xo‘jaligining asosiy vazifalari va faoliyat yo‘nalishlari etib belgilansin: o‘rmon barpo etish, o‘rmon fondini har tomonlama kengaytirish, ularni muhofaza qilish va o‘rmon boyliklaridan oqilona foydalanishga qaratilgan tadbirlarni amalga oshirish; ajratilgan yer maydonlarida pista, bodom va dorivor o‘simliklar plantatsiyalarini barpo etish hamda ko‘chatxonalar tashkil etish; o‘rmonlarni tiklash, ihota o‘rmonzorlarini ko‘paytirish chora-tadbirlarini ishlab chiqish va amalga oshirish, tog‘ yonbag‘irlari hamda cho‘l hududlarida eroziyaga qarshi daraxtzorlar barpo etish; o‘rmonlarni yong‘indan, zararkunanda va kasalliklardan, noqonuniy daraxt kesishdan va o‘rmon to‘g‘risidagi qonun hujjatlari boshqa buzilishlaridan muhofaza qilish va nazoratini olib borish.
4. Qashqadaryo viloyati hokimligi bir oy muddatda Qumdaryo davlat o‘rmon xo‘jaligiga bepul foydalanish huquqi bilan ma’muriy bino ajratilishini ta’minlasin. 5. Qashqadaryo viloyati hokimligi, O‘rmon xo‘jaligi davlat qo‘mitasi va O‘zbekiston Respublikasi Yer resurslari, geodeziya, kartografiya va davlat kadastri davlat qo‘mitasi bilan birgalikda ikki oy muddatda: tabiiy o‘rmonzorlar maydonlari, dorivor o‘simliklar zahirasi mavjud maydonlar va tuman hokimliklari zaxirasidagi yer maydonlarini pista va bodom plantatsiyalarini barpo qilish hamda dorivor o‘simliklar yetishtirish uchun doimiy foydalanish huquqi bilan o‘rmon xo‘jaliklariga ajratib berilishini Chiroqchi tumani hududidagi yer maydonlarini xatlovdan o‘tkazib, tabiiy o‘rmonzorlar va samarasiz foydalanilayotgan yer maydonlaridan 18.7 ming gektar maydonni doimiy foydalanish huquqi bilan yangi tashkil etilayotgan Qumdaryo davlat o‘rmon xo‘jaligiga belgilangan tartibda ajratib berilishini ta’minlasinlar.
6. O‘zbekiston Respublikasi O‘rmon xo‘jaligi davlat qo‘mitasi: bir oy muddatda yangi tashkil etilayotgan Qumdaryo davlat o‘rmon xo‘jaligining nizom va shtatlar jadvalini tasdiqlanishini ta’minlasin: ikki oy muddatda pistachilik sohasini yanada rivojlantirish, pistaning mamlakatimiz tuproq iqlim sharoitiga mos serhosil va yuqori sifatli navlarini ko‘paytirish hamda kelajakda yangi istiqbolli navlarini yaratish maqsadida Qashqadaryo viloyati Qamashi tumanidagi Qamashi davlat o‘rmon xo‘jaligi tarkibida yuridik shaxs maqomiga ega bo‘lmagan Pistachilikni rivojlantirish ilmiy tajriba uchastkasi faoliyatini tashkil etsin.
7. Belgilab qo‘yilsinki, Qumdaryo davlat o‘rmon xo‘jaligi faoliyatini moliyalashtirish 2019 yilda O‘rmon xo‘jaligi davlat qo‘mitasining jamg‘arma mablag‘lari hisobidan keyingi yildan boshlab budjet, jamg‘arma, budjetdan tashqari va qonun hujjatlarida taqiqlanmagan boshqa manbalar hisobidan moliyalashtiriladi.
8. O‘zbekiston Respublikasi Innovatsion rivojlanish vazirligi, O‘zbekiston Respublikasi Ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish davlat qo‘mitasi, O‘rmon xo‘jaligi davlat qo‘mitasi, O‘zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi va Qashqadaryo viloyati hokimligi bilan birgalikda viloyatda mavjud tabiiy holda o‘suvchi dorivor o‘simliklar zaxirasini o‘rganishga va yo‘qolib ketish arafasida turgan Tojik kovragi (Ferula tadshikorum Pimenov) va Kapalakqo‘nmas (Ajuga turkestanica)(Regel) (Briq) larning zahirasi, muhofazasi, monitoringi hamda uning tabiiy o‘sish areallarida madaniy plantatsiyalarini tashkil qilish uchun yetishtirish usullarini ishlab chiqishga yo‘naltirilgan ilmiy loyihalarni amalga oshirilishi uchun loyixa mablag‘larini ajratilishini ta’minlasinlar.
9. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish O‘zbekiston Respublikasi O‘rmon xo‘jaligi davlat qo‘mitasi raisi N.J.Bakirov va Qashqadaryo viloyati hokimi Z.SH.Ro‘ziyev zimmasiga yuklansin.



Download 86.87 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling