52-mashq. Berilgan gaplardagi ajratilgan so‘zlarga qavs ichidagi kelishik shakllarini qo‘shib ko‘ring, ma’noda yuz bergano‘zgarishlarni izohlang. - 52-mashq. Berilgan gaplardagi ajratilgan so‘zlarga qavs ichidagi kelishik shakllarini qo‘shib ko‘ring, ma’noda yuz bergano‘zgarishlarni izohlang.
- 1. Yo‘lchiboy aka, qayer (-ga, -dan) qochasiz? (Oybek) 2. Baxtim(-dan, -ga) deymi, yo buning aksimi, Munisxon kiyim-kechakni yaxshiko‘radigan ayol ekan. (O‘. Umarbekov) 3. Ilmiy ishlaringiz (-da, -ga)muvaffaqiyat! (Erkin A’zam) 4. Chollar (-dan, -ning) biri unga emas,jo‘mragidan hovur chiqayotgan choynakka qarab gap boshladi. (SaidAhmad) 5. Ot (-ga, -da) juda epchil ekansan-ku, qizim! Barakalla-ye...(Abdulla Qahhor) 6. Juvon qo‘lidagi olma (-ni, -dan) ustma-ust bir nechamartaba tishladi va chala chaynab yutdi. (Abdulla Qahhor) 7. Shunda uo‘zining hozirgina dala (-ga, -dan) kelganini esladi. (P. Qodirov) 8. Sersoya ayvonda Sattor Oyshaxonning yoni (-ga, -da) o‘tirib mastava ichar ekan, xotinining yuziga qaray olmas, biror joyi unga tegib ketishidancho‘chir, o‘zini majbur qilib, odob yuzasidan uzuq-yuluq gaplashar edi.(P. Qodirov) 9. In damay konduktorning yoni (-ga, -da, -dan) o‘tib oldim.(O‘. Hoshimov) 10. Rais uka, sizni ko‘rganim (-dan, -ga) xursandman.(O‘. Umarbekov)
-
53-mashq. Quyidagi gaplarda qo‘llangan ko‘makchilarni ma’nodosh kelishik shakllari bilan almashtirib ko‘ring. Ma’nodagi o‘zgarishlarni izohlang. - 53-mashq. Quyidagi gaplarda qo‘llangan ko‘makchilarni ma’nodosh kelishik shakllari bilan almashtirib ko‘ring. Ma’nodagi o‘zgarishlarni izohlang.
- 1. «Alvasti ko‘prik» tepasiga chiqib, shahar tomon shitob bilan ketdi.(Said Ahmad) 2. U supadan tushib, vazmin bosib bog‘ sari yo‘naladi. (Erkin A’zam) 3. O‘smir o‘rtoqlari oldida uyalgani uchun ham uydan ketishga ahd qilgan. (Tohir Malik) 4. Anavi g‘it-g‘it mashina bilan To‘laganning adabini beraman. (O‘. Umarbekov) 5. Xatni Sobiraxon olib, ko‘k qalam bilan ostiga chizilgan yerini o‘qidi. (Abdulla Qahhor) 6. Rejissyor uchunbundan ortiq dahshat yo‘q edi. (Sh. Xolmirzayev) 7. Bolam, Shodmon shahardan kelgan, – deya entikdi. (Sh. Xolmirzayev)
Do'stlaringiz bilan baham: |