- KOSHIN 1 Chinniga o‘xshatib ishlangan, yaltiroq, naqshli g‘isht plastinkasi. 2 Bir-biriga zich qilib yopishtirilgan rang-barang shisha, marmar, tosh, yog‘och va shu kabilardan yasalgan surat yoki naqsh.
- KULLIYOT Bir adabiy turga mansub asarlarning majmuyi, she’riy to‘plam.
- KUNGURA Qal’a devorlari yoki imoratlar aylanasiga tishga o‘xshatib ishlangan me’moriy bezak; dandana.
- MADRASA Diniy oliy o‘quv yurti.
- MAQBARA Qabr ustiga qurilgan me’moriy inshoot yoki tosh tobut; dahma, sag‘ana.
Mustahkamlash - 1. O‘zbek tilida birdan ortiqlik qay tarzda ifodalanadi?
- 2. Ko‘plik shakli qanday uslubiy ma’nolarni ifodalaydi?
- 3. Qanday morfologik vositalarni bilasiz?
- 4. -ajak qo‘shimchasi ko‘proq qaysi uslubda qo‘llanadi?
- 5. O‘zbek tilida qaysi kelishik shakllari belgisiz qo‘llanishi mumkin?
- 6. Qaysi kelishik shakllari ko‘makchilar bilan ma’nodosh bo‘la oladi?
- 7. Grammatik me’yorlarga ko‘ra qaratqich kelishigi qaysi qo‘shimcha bilan mutanosiblikda qo‘llanadi?
- 8. Qaratqich kelishigi uyushiq bo‘laklarning har biriga alohida-alohida qo‘shilsa, qanday uslubiy ma’no ifodalanadi?
- 54-mashq. She’riy asarlardan kelishik shakllarining belgisiz va qisqargan qo‘llanishlariga misollar toping. Kelishik shakllari ning qisqar tirilgan holati qaysi uslubda ko‘proq uchrashini ayting.
YANGI MAVZU BO`YICHA TESTLAR - 1.Qaysi kelishik qo`shimchasi belgisiz qo`llanmaydi?
- A)Tushum kelishigi C)Qaratqich kelishigi
- B)Chiqish kelishigi D)Jo`nalish kelishigi
- 2.Qaysi kelishikdagi so`z butinni ifodalaydi?
- A)Jo`nalish kelishigi C)Qaratqich kelishigi
- B)Chiqish kelishigi D)Tushum kelishigi
- 3.Qaratqich bog`lanib kelgan so`z nima deyiladi ?
- A)qaralmish C)Qaratqich
- B)sifatlovchi D)sifatlanmish
Do'stlaringiz bilan baham: |