Qatlamlarning birlamchi gorizontal yotishi


Qatlamlarning yotish elementlari


Download 255.34 Kb.
bet4/4
Sana14.05.2023
Hajmi255.34 Kb.
#1461909
1   2   3   4
Bog'liq
2. 2 Qatlamlarning birlamchi gorizontal yotishi

2. 7 Qatlamlarning yotish elementlari


Qatlamlarning fazoda tutgan o’rnini aniqlashda ularning yotish elementlari: yo’nalish va yotish chiziqlari, yo’nalish va yotish azimutlari hamda yotish burchagidan foydalaniladi.
Yo’nalish chizig’i deb, qatlam yuzalaridan birining ma’lum gorizontal tekislik bilan kesishish chizig’iga, boshqacha qilib aylganda, qatlam yuzasidagi har qanday gorizontal chiziqqa aytiladi. Shunday qilib, qatlam yuzasida sanoqsiz ko’p yo’nalish chiziqlarini o’lkazish mumkin. Umumiy holda qatlam yo’nalishi o’zgarib borishi mumkin, lekin qisqa bir masofada yo’nalish chizig’ini to’g’ri chiziq deb qabul qilish mumkin.

2.6-rasm. Qatlamning yotish elementlari. BA-yotish chizig’i, BG-yotish chizig’ining gorizontal tekislikka o’tkazilgan proyeksiyasi, DA-yotish burchagi
Yotish chizig’i deb, yo’nalish chizig’iga perpendikulyar bo’lgan va qatlam yuzasi bo’ylab uning yotishi chiziqqa aytiladi. Yotish qatlam yuzasida yotuvchi boshqa har qanday chiziqning qiyalik burchagidan katta bo’ladi.
Yo’nalish azimuti deb, geografik meridianning shimoliy yo’nalishi bilan qatlamning yo’nalish chizig’i orasidagi o’ng vektor burchakka aytiladi. Yo’nalish chizig’i ham har qanday to’g’ri chiziq kabi ikki qarama-qarshi tomonga ega. Shuning uchun ham unda bir-biridan 1800 ga farq qiluvchi ikkita azimut o’lchanadi. Masalan: qatlamning yo’nalish azimuti 400-2200.

2.7-rasm. Planda qatlamning yotish elementlari orasidagi munosabat. a1va a2


– yo’nalish chizig’ining azimutlari, a3-yotish chizig’ining azimuti.


Yotish_azimuti'>Yotish azimuti deb, geografik meridianning shimoliy yo’nalishi bilan yotish chizig’ining gorizontal tekislikka o’tkazilgan proyeksiyasi orasidagi o’ng vektor burchakka aytiladi. Geologik obyektlarning yotish azimuti ularning yo’nalish azimutlaridan 900ga farq qiladi.
Yotish burchagi deb, yotish chizig’i bilan uning gorizontal tekislikka o’tkazilgan proyeksiyasi orasidagi burchakka aytiladi. Yo’nalish chizig’ining fazoda tutgan o’rni uning azimuti bilan, yotish chizig’iniki esa ham yotish azimuti, ham yotish burchagi bilan aniqlanadi. Odatda, qiya yotgan geologik obyektlar uchun ularning yotish azimuti va yotish burchagi, tik (vertikal) yotganlari uchun esa, faqat yo’nalish azimutlari o’lchanadi.
Download 255.34 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling