Qatlamlarning birlamchi gorizontal yotishi
Gorizontal yotgan qatlamlarning xaritalarda va aerofotosuratlarda tasvirlanishi
Download 255.34 Kb.
|
2. 2 Qatlamlarning birlamchi gorizontal yotishi
- Bu sahifa navigatsiya:
- 2. 6. Qatlamlarning qiya yot1shi
2.5. Gorizontal yotgan qatlamlarning xaritalarda va aerofotosuratlarda tasvirlanishiGeologik xaritalarda qatlamlarning chegaralari relyef yuzasini ifodatovchi gorizontallarga parallel yoki mos tushishi orqali ularning gorizontal yotganligini aniqlash mumkin. Gorizontallar tushirilmagan geologik xaritalarda qatlamlarning gorizontal yotishi taxminan aniqlanadi. Agar joyning relyefi yetarli darajada notekis bo’lsa va xaritada tasvirlangan qatlamlar yoki boshqa stratigrafik gorizontlarning qalinligi relyefning nisbiy balandligidan kichik bo’lsa, qatlamlar va stratigrafik gorizontlar orasidagi chegara, gorizontallar kabi, relyefning asosiy tafsilotlarini ham ifodataydi. Bunda relyefning eng past joylarida nisbatan qari va eng baland joylarida yosh tog’ jinslari ochilib yotgan bo’ladi. Agar qatlamning qalinligi joy relyefining nisbiy balandligidan katta bo’lsa, qatlamlarni ajratuvchi chegara Yer yuzasida ochilmagan bo’ladi va u qatlam keng maydonlarni egallab yotadi. Aerofotosuratlar bilan ishlayotganda, birinchi navbatda, Yer yuzasida doimiy geologik xususiyatlari va belgilari bo’lgan tayanch gorizontlariga e’tibor berish kerak bo’ladi. Shuning uchun ham aerofotosuratlarda stratigrafik komplekslar ichida muhim bo’lgan qatlamlarning chegaralari va ularning aniq mutlaq balandliklari aniqlanadi. Aerofotosuratlarni talqin qilish vaqtida belgilangan chegaralarni tekshirish va to’g’rilash dalada o’sha chegaralar bo’ylab yurish orqali bajariladi. Gorizontal yotuvchi qatlamlarning chegaralari gorizontallar bo’ylab yoki ularga parallel ravishda o’tishi kerak. 2.4-rasm. Qatlamlarning gorizontal yotishi (geologik xarita). Gorizontallar bilan qatlamlarning chegaralari mos tushgan. 2. 6. Qatlamlarning qiya yot1shiQatlamlarning gorizont tekisligida nisbatan bir tomonga ma’lum burchak ostida yotishi qiya (monoklinal) yotish deb yuritiladi. 2.5-rasm. Qatlamlarning qiya (monoklinal) yotishi Qiya yotish gorizontal yoki unga yaqin bo’lgan yuzada to’plangan tog’ jinslari qatlamlarining tektonik kuchlar ta’sirida birlamchi vaziyatini o’zgartirishidan vujudga ketadi. Shuning uchun ham qatlamlarning bunday yotishi burmali tog’larga xos bo’ladi. Qiya yotish faqat cho’kindi tog’ jinslari qatlamlarigagina taalluqli bo’lmasdan, balki tomirli jinslarga, daykalarga, sillanja, Yer yoriqlarining yuzasiga va shunga o’xshash boshqa geologik obyektlariga ham xosdir. Xaritada qatlamlarning qiya yotganligini ularning chegaralari relyef gorizontallarni qirqib o’tganligidan aniqlash mumkin. Download 255.34 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling