Qatlamlarning birlamchi gorizontal yotishi


Gorizontal yotgan qatlamlarning haqiqiy qalinligini aniqlash


Download 255.34 Kb.
bet2/4
Sana14.05.2023
Hajmi255.34 Kb.
#1461909
1   2   3   4
Bog'liq
2. 2 Qatlamlarning birlamchi gorizontal yotishi

Gorizontal yotgan qatlamlarning haqiqiy qalinligini aniqlash


Xaritada tasvirlangan gorizontal yotuvchi qatlamlarning haqiqiy qalinligini aniqlash juda oson. Qatlamlarning haqiqiy qalinligi ostki va ustki yuzalari orasidagi eng qisqa masofa bo’lganligi uchun, uni qatlam yuzalari mullaq balandliklari orasidagi farqdan aniqlasa bo’ladi.
Qatlamning haqiqiy qalinligini dalada aneroid orqali ham aniqlash mumkin.
Buning uchun qatlamning ostki va ustki yuzalarining Yer yuziga chiqish joylaridagi atmosfera bosimi milimetrlarda o’lchanadi. Ular orasidagi ayirma o’n birga ko’paytirilib, qatlamning haqiqiy qalinligi metrlarda aniqlanadi.
Gorizontal yotuvchi qatlamlarning Yer yuzasiga chiqish kengligi yoki uning gorizontal tekislikka o’tkazilgan proyeksiyasi relyef yuzasining qiyaligiga qarab o’zgaradi. Relyef yuzasining nishabligi qancha past bo’lsa, qatlamning Yer yuzasiga chiqish kengligi shuncha katta bo’ladi. Aksincha, relyef nishabligi qancha katta bo’lsa, u shuncha tor va relyef tik holda 0 ga teng bo’ladi.


    1. Gorizontal yotgan qatlamlar bo’yicha stratigrafik ustun va geologik kesma tuzish


Barcha qatlamlarning qalinligini navbatma-navbat aniqlab bo’lgandan keyin stratigrafik ustun tuzish mumkin. Stratigrafik ustunda ajratilgan qatlam, gorizont va boshqa yirikroq stratigrafik tabaqalarning (zona, varus, bo’lim va sistema) qalinligi va qisqacha ta’rifi yoshi bo’yicha ketma-ket tartibda ko’rsatilgan bo’ladi. Qatlamlarning litologik tarkibi chiziqli belgilar bilan beriladi. Stratigrafik ustunning miqyosi, odatda, xarita miqyosidan yirikroq qilib olinadi. Bu kesma tuzilishini butun tafsilotlari bilan ifodatash uchun, qatlamlar orasidagi munosabatni vaqalinliklarni ko’rsatish uchun qulay bo’ladi.
Geologik xaritalarda tasvirlangan tog’ jinslarining yotish shakli, stratigrafik ketma-ketligi, tarqalishi va qalinligini ko’rsatish uchun geologik kesma tuziladi. Kesma chizig’i gorizontal yotuvchi qatlamlar tasvirlangan xaritalarda relyefning eng past va baland nuqtalaridan o’tishi kerak. Shundagina barcha qatlamlar
bo’yicha to’liq ma’lumot olish mumkin. Agar bu joyda burg’i qudug’i qazilgan bo’lsa kesma chizig’i albatta u orqali o’tishi kerak.



Download 255.34 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling