A dabiy-tarixiy m anbalar Rudakiy m erosini 700
mingdan 1 million 300 ming misragacha ko‘rsatishadi'.
Afsuski, bu muazzam merosning juda oz qismi bizga qadar
yetib kelgan. 1956-yili 1100 yillik yubileyi munosabati bilan
uning parokanda she’rlari bir yerga jamlanganda 1840
misrani tashkil etgan edi2. Sadriddin Ayniyning guvohlik
berishicha, u o ‘z she’rlaridan devon tuzgan ilk shoir
hisoblanadi3. «Bo‘yi jo ‘yi M oiiyon oyad hame» («M oii-
yon arig‘ining bo‘yi kelmoqdadir») misrasi bilan boshla-
nadigan g‘azali unga favqulodda shuhrat keltiradi. Unga
120 shoir tazmin bitgan, lekin birortasi Rudakiy daraja-
siga ko‘tarilolmagan. «Modari may» («Mayning onasi»)
qasidasi ham mashhur. Buyuk hind eposi «Kalila va
Dimna»ni she’riy taijima qilgan. Ilm-u adab ahli shoir
uslubini «sahli mumtane’», ya’ni «oson-u mumkin emas»,
deb baholaganlar. Rudakiy va uning izdoshlari forsiy she’-
riyatda bir necha asr hukmronlik qilgan Xuroson (yoki
Turkiston) uslubiga asos solib, uni rivojlantirganlar.
Rudakiy aruzni chuqur o‘rganib, uni xalq orasida keng
tarqalgan qo‘shiqlarga tatbiq qilish natijasida o‘nga yaqin
yangi vaznlar kashf etgan. Ularning ko‘pchiligi xalq
qo‘shiqlarining barmoq vaznlari asosida tuzilgan4. Shoirni
ruboiy janrining yozma adabiyotdagi kashshofi ham
deydilar5. Chunki janrning barcha talablariga javob bera-
digan ilk ruboiylar Rudakiy qalamiga mansub.
Rudakiy o ‘zidan keyingi Sharq adabiyotiga kuchli ta’sir
o‘tkazgan. Xususan, fors-tojik adabiyotida undan ta’sir-
lanmagan, unga ergashmagan, o ‘z ijodiy takomilida uni
ustoz sifatida e’tirof etmagan shoir yo‘q hisobi.
Do'stlaringiz bilan baham: