ABU ABDULLO RUDAKIY
( 8 5 8 - 9 4 1 )
Dunyo ilmu adab ahlini asrlar davomida hayratga solib
kelayotgan muazzam forsiy adabiyotning tamal toshini
qo‘ygan, uning Odam Atosi deb ulug‘langan, o'zidan
keyingi barcha Sharq shoirlari tomonidan ustod sifatida
e ’tirof etilgan Abu Abdullo Ja ’far binni M uhammad
Rudakiy Samarqand yaqinidagi Panjro‘dak qishlog‘ida
tug‘ilgan. U alohida qobiliyat sohibi bo‘lib, «sakkiz yoshida
Qur’onni xatm qilib, qorilikka o‘tgan va she’r ham ijod
qila boshlagan. Chiroyli ovozi tufayli ashula aytish va ud'
asbobini chalishga kirishib, bu sa n ’atda m ahorat
ko‘rsatadi»2. Yosh iste’dodning ovozasini eshitgan Nasr
ibn Ahmad uni Buxoroga — somoniylar saroyiga da’vat
etadi. Uning iste’dodi Buxoroda nash’u namo topadi.
Davlatshoh Samarqandiyning yozishicha, «... ustod
Rudakiy advor3 ham musiqa fanida tamom quwatga ega
edi... uning ilmlar va ko‘p fanlardan tamom voqifligi bordir.
She’riyat turlaridan qasida va masnaviyni (ham) yaxshi
aytar erdi. Ustod Rudakiy xos-u avom oldida baland
martabaga erishgan»4.
Do'stlaringiz bilan baham: