Olamaro joyiz ul-xato insondur,
0 ‘z nafsi uchun hamisha sargardondur.
Gah nafsi uchun makr qilur, gohi hiyal,
Bilmas netarin — o ‘z ishiga hayrondur2.
To‘rtala misrasi ham qofiyalanadigan (aaaa) ruboiyda
ohangdorlik yuqori bo‘lgani uchun u tarona yoki ruboiyi
tarona deb yuritiladi. Bunday ruboiy ruboiyi musarra’ deb
ham ataladi. Alisher Navoiy esa uni ruboiya deydi. Bunday
ruboiy nihoyatda latif sanalib, shoirdan katta san’atkor-
likni talab qilgan. Masalan, Foniy ijodidan bir misol:
Davr eli jabr etsa, ko‘tarma isyon,
K o‘n boriga, y o ‘q tufayli b o‘lma sarson,
Tinglash kerak emasmi — eshitma pinhon,
S o‘zlash kerak emasmi — gapirma bir on.
1 Yunusov M. Barhayot an’analar. — Toshkent, 1969. 85—86-betlar.
Do'stlaringiz bilan baham: |