Qatrada quyosh aksi
Bu haqda qarang: Shamsi Qaysi Roziy. A l-m o‘jam. — Dushanbe
Download 0,89 Mb. Pdf ko'rish
|
ruboiy gulshani
1 Bu haqda qarang: Shamsi Qaysi Roziy. A l-m o‘jam. — Dushanbe,
1991. S. 9 5 -% . 2 I s ’hoqov Yo. Navoiy ijodida ruboiy janri / / « 0 ‘zbekistonda ijti- moiy fanlar», 1968, 9-son, 35-bet. 7
axram va axrab vaznlarida — ularning 24 tarmog'ida yozi- ladi. Boshqa har qanday vaznga solinsa, u ruboiy emas, balki qit’a yoki to‘rtlik deb ataladi. Bunga ajablanmasa ham bo‘ladi. Chunonchi, tuyuq birgina ramali musaddasi maqsur (mahzuf) vaznida yoziladi. Ruboiy nega faqat hazaj bahrida yaratiladi? Nima sababdan ruboiy uchun vazn bu qadar q a t’iy qilib belgilangan? Mumtoz poetikaga oid asarlarda bu savolga aniq va qoniqarli javob yo‘q. O'tmish adabiyotshunoslari faqat falsafiy fikrlar, hayotiy kechinmalarni ifodaiash uchun mazkur vaznlarning qulayligi xususida gapirish bilan kifoyalanadilar. G ‘aybulla Salomov va Najmiddin Komilovlar bu masalani birmuncha kengroq tushuntiradilar: «Sharq klas- sik she’riyatida har bir janr muayyan mavzular doirasini qamrab oladi va u o‘sha belgilangan adabiy tur uchun muvofiqlashtirilgan. Chunonchi, masnaviy — epik tasvimi, g‘azal — lirik kechinmalarni, qit’a — pand-nasihatni ifo daiash uchun xizmat qilgan. Ruboiy-chi? Ruboiyda ham g‘azal va qit’a ma’nosi ba’zan ifodalanadi. Lekin ohang, intonatsiya boshqacha bo‘ladi. Qit’ada turli xil axloqiy-ijti- moiy fikrlar badiiy uqtirish yo‘li bilan bayon etilib, tamsillar orqali kitobxonning ongiga1 ta’sir qilinadi. Ru boiyda esa fikr kitobxonning ruhi, qalbiga ta’sir etish orqali singdiriladi. Qit’aga nisbatan ruboiyda tuyg‘ulami ifodaiash, lirik kayfiyat tug‘dirish ustun. To‘g‘ri, g‘azal ham kayfi- yatni, lirik tuyg‘uni aks ettiradi. Ruboiy g‘azaldan, ta’bir joiz bo‘lsa, o‘ychan tuyg‘uni, hikmatona lirikani ifodalashi bilan ajralib turadi. Ana shu o‘ziga xos ma’no talqini, ta’siri va tarannumi axram va axrab vaznida muvofiq intonatsiya bilan mukammal bir holda ro‘yobga chiqadi»2. Albatta, ruboiyning shakl nuqtayi nazaridan qat’iy talablari, nozik jihatlari bo‘lishi bilan birga, o‘z imko-
Download 0,89 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling