Qattiq chiqindilarni qayta ishlash korxonalarida yigish, saqlash va tashish bo'yicha ekologik yondashuv


Download 429.65 Kb.
Sana16.06.2023
Hajmi429.65 Kb.
#1515847
Bog'liq
m (2)


Qattiq chiqindilarni qayta ishlash korxonalarida yigish, saqlash va tashish bo'yicha ekologik yondashuvQattiq chiqindilarni qayta ishlash korxonalarida yigish, saqlash va tashish bo'yicha ekologik yondashuv
Bugungi kunda butun dunyoda chiqindilarning fuqarolar hayoti vasogʼligʼiga, atrof-muhitga zararli taʼsirining oldini olish, chiqindilarhosil boʼlishini kamaytirish va ulardan xoʼjalik faoliyatida oqilonafoydalanilishini taʼminlashga qaratilgan katta loyihalar amalgaoshirilmoqda. Sababi har yili dunyo boʼylab 3 milliarddan ortiq qattiqmaishiy chiqindi hosil boʼlib kelmoqda. Ulardan kamida 57 foizi ekologikjihatdan xavfsiz boʼlmagan usullar bilan qayta ishlanadi. Oʼrtacha kishiboshiga kunlik toʼgʼri keladigan maishiy chiqindi 1,05 kgni tashkil etadi,hududlar kesimida uning quyi va yuqori chegaralari 0,2 dan 5,5 kg oraliqdatebranib turadi. Sharqiy Osiyo va Tinch okeani hududida dunyo chiqindisining47 foizga yaqin qismi shakllansa, bu koʼrsatkich Yaqin Sharq va ShimoliyАfrika davlatlarida eng kam – 8 foizni tashkil etadi. Osiyo va Yevropadavlatlarida qattiq maishiy chiqindini toʼplash va qayta ishlash siyosati hamdaOʼzbekistonda bu borada amalga oshirilayotgan ishlar toʼgʼrisida soʼzbormoqda.
MUHOKАMА VА NАTIJАLАR
Koʼpgina davlatlarda qattiq maishiy chiqindini qayta ishlashda bir nechadavlat boshqaruv darajalari ishtirok etib, mahalliy darajadagi organlarasosiy oʼrinni egallaydi. Mahalliy organlar chiqindilarni toʼplashda,tashishda va qayta ishlashda muhim ahamiyat kasb etmoqda. Ular, shuningdekchiqindini olib ketish uchun toʼlov miqdorini belgilash vakolatiga egaboʼlishi, chiqindilarni yoʼq qilish, qayta ishlashga litsenziya va ruxsatnomaberish aksariyat hollarda davlat yoki uning hududiy vakolatli organlaritomonidan amalga oshirilmoqda.АQSh shaharlarida chiqindini olib ketish odatda yagona tarif boʼyichaamalga oshiriladi. Ushbu xizmatning oʼrtacha oylik narxi 9 dan 70 АQShdollargachani tashkil qiladi. Chikagoda joylashgan turar-joy binolaridayashovchi aholi Koʼchalar va sanitariya departamenti tomonidan taqdimetiladigan chiqindini tashish xizmati uchun har bir turar-joyga oʼrtacha oylik9,5 АQSh dollari miqdorida pul toʼlaydi. Mazkur summa suv va kanalizatsiyaxizmatlari bilan birgalikda umumiy kommunal toʼlovi tarkibiga kiritilgan.Аmsterdamda chiqindi uchun toʼlov oilada yashovchi fuqarolar soniga qarabamalga oshiriladi, bir kishi turadigan xonadon uchun yillik 326 yevromiqdoridagi toʼlov amalga oshirilsa, bir necha kishilik oila 435 yevrogachamablagʼ sarflashi mumkin.Seulda fuqarolar kvartira haqi uchun umumiytoʼlovni toʼlaydi, uning tarkibiga elektr energiyasi, suv, hududni tozalash,liftlarga xizmat koʼrsatish, chiqindini olib ketish kabi xizmatlar kiradi.
Chiqindi uchun toʼlov “qoʼshimcha xizmatlar” tarkibiga kiritilgan boʼlib,umumiy toʼlovning 10 foizidan oshmagan miqdorda oʼrnatiladi. JanubiyKoreya chiqindini qayta ishlash tizimining yana bir oʼziga xos jihati bu oziqovqat chiqindisini alohida jamlanishidir. Har bir chiqindi yigʼishshoxobchasida oziq-ovqat qoldiqlarini tashlash uchun alohida konteynerajratilgan, biroq uni faqatgina ushbu chiqindi yigʼish shoxobchasigabiriktirilgan turar-joy binolari aholisi maxsus karta orqali ochishimumkin. Qutiga kiritilgan oziq-ovqat qoldiqlarining vazni avtomatikravishda qutida oʼlchanadi va fuqaro hisobiga yozib boriladi, oy yakunida barchahisoblar jamlanib, qoldiqni utilizatsiya qilish harajati chiqariladi hamda uqoʼshimcha xizmatlar tarkibida kvartira haqi uchun umumiy toʼlovga qoʼshiladi.Umuman ushbu davlatlarda chiqindilarni tasniflash, toʼplash, tashishhamda mahalliy, sanoat va xavfli chiqindilarni qayta ishlashning asosiyjihatlarini tartibga soluvchi qonunchilik amal qiladi.Chet eldagi qattiq maishiy chiqindilarni boshqarish tizimlari
haqida maʼlumot Shahar chiqindisini yigʼish va tashish davlatlarboʼyicha farqlanadi.
– Ichki xizmat koʼrsatish. Mahalliy organlar bevosita chiqindilarniboshqarish boʼyicha xizmatlarni oʼzlari koʼrsatishlari ham mumkin. Misoluchun, Isroilda, chiqindi toʼplashda xususiy sektorning roli oshib borayotganboʼlsa-da, mahalliy chiqindilarni toʼplash boʼyicha ishlar mahalliyKanalizatsiya va chiqindi departamenti tomonidan amalga oshiriladi. Baʼzixollarda, xususan Norvegiyaning baʼzi hududlarida chiqindini toʼplash,tashish va qayta ishlash huquqi maʼlum bir mahalliy hokimlikka qarashlikorxonaga yoki bir necha hokimliklarga qarashli korxonalarga maxsus shartnomatuzish orqali taqdim etilishi mumkin.– Xizmatlarni tanlov asosida taqdim etish. Maʼlum bir (yoki birnecha) hudud chiqindisini toʼplash, tashish xizmatlari shartnoma asosida xususiy yoki boshqa shakldagi xizmat koʼrsatuvchi korxonalarga taqdim etilishi mumkin. Iqtisodiy hamkorlik va rivojlanish tashkilotiga (IHRT) kiruvchi davlatlar, xususan, Estoniya, Polьsha va Kolumbiya kabimamlakatlarida tanlov asosida hudud chiqindisini toʼplash va tashish boʼyicha xizmatlarni koʼrsatuvchi korxona tanlab olinadi.Oʼzbekistonda qattiq maishiy chiqindini toʼplash va qayta ishlashda amalga oshirilayotgan islohotlar va amaldagi tariflarRespublikamizda 2017-2018 yillarda qattiq maishiy chiqindi bilanishlash tizimi infratuzilmasini takomillashtirish boʼyicha keng koʼlamliishlar olib borilgan. Sanitariya jihatidan tozalash boʼyicharespublika hududlarida 172 ta filialiga ega 13 ta davlat unitarkorxonasi hamda 9 ta maishiy chiqindilar bilan bogʼliq ishlarni kompleks amalga oshirish klasterlari tashkil etilgan boʼlib bunda amalga oshirilgan tadbirlar respublika aholisining deyarli yarmini sanitar jihatidan tozalash boʼyicha xizmatlar bilan qamrab olish imkonini yaratdi. Biroq, aholiningqattiq maishiy chiqindini toʼplash va olib chiqib ketish boʼyicha xizmatlardanfoydalanish imkoniyati asosan respublikaning yirik shaharlarida qoniqarliboʼlib, kichik shahar va qishloq joylarda (ayniqsa olis qishloq aholi yashash
punktlarida) mazkur xizmatlar umuman mavjud emas yoki yetarli darajada
qamrab olinmagan.
Hozirda qattiq maishiy chiqindini toʼplash va olib ketish xizmatiningnarxi viloyatlar boʼyicha farqlanib, bir oyda kishi boshiga 2300 soʼmdan 4500gachani tashkil etadi. Аmaldagi tariflar qattiq maishiy chiqindini faqattoʼplash va olib ketish uchun boʼlib, uni saralash, yoʼq qilish va koʼmish boʼyichaxarajatlarni oʼz ichiga olmaydi. Oʼzbekiston Respublikasi Prezidentining 2019 yil 17 apreldagiqarori bilan 2019-2028 yillar davrida Oʼzbekiston Respublikasida qattiqmaishiy chiqindilar bilan bogʼliq ishlarni amalga oshirish strategiyastasdiqlangan. Hujjat qattiq maishiy chiqindini qayta ishlashning samaraliva zamonaviy tizimini yaratishni koʼzda tutadi.Strategiyaga muvofiq, 2019-2028 yillar davomida umumiy hajmi 2188,2mln АQSh dollariga teng miqdorda investitsiya kiritilishi rejalashtirilgan.Strategiyani bir necha bosqichlarda amalga oshirish koʼzda tutilgan:– birinchi bosqich (2019-2021 yillar) – qattiq maishiy chiqindini bilanbogʼliq ishlarni amalga oshirish sohasidagi qonunchilik bazasini va iqtisodiytartibga solish mexanizmlarini takomillashtirish, QMChni toʼplash va olibchiqib ketish boʼyicha xizmatlarning samarali tashkillashtirilishinitaʼminlash maqsadida sanitariya jihatidan tozalashning moddiy-texnikbazasini va infratuzilmasini rivojlantirish, toʼlov intizominimustahkamlash, qattiq maishiy chiqindi bilan bogʼliq ishlarni amalga oshirishsohasida ekologik taʼlim tizimini rivojlantirish uchun metodik va axborottaʼminotini yaratish;– ikkinchi bosqich (2022-2028 yillar) – qattiq maishiy chiqindilarnisaralab yigʼish boʼyicha infratuzilmani rivojlantirish, poligonlarnioptimallashtirish, qayta yuklash stantsiyalari va chiqindilarni qayta ishlashobʼektlarini qurish, chiqindilar bilan bogʼliq ishlarni kompleks amalgaoshirish klasterlari faoliyatini takomillashtirish, ularning qattiq maishiychiqindilarni qayta ishlash boʼyicha salohiyatini rivojlantirish, shuningdek,quyidagi maqsadli koʼrsatkichlarga erishish:aholini qattiq maishiy chiqindilarni toʼplash va olib chiqib ketishboʼyicha xizmatlar bilan qamrab olish koʼlamini 100 foizga yetkazish;hosil boʼladigan qattiq maishiy chiqindilarning kamida 60 foiziniqayta ishlashni taʼminlash;
oʼziga xos qattiq maishiy chiqindilarni (tarkibida simob boʼlganchiqindilar, avtoshinalar, akkumulyatorlar, ishlatilib boʼlingan moylar,
qadoqlash chiqindilari va h.k.) qayta ishlash hajmini 25 foizgacha oshirish;poligonlarga koʼmish uchun yoʼnaltiriladigan qattiq maishiy chiqindilarhajmini 60 foizgacha kamaytirish;barcha poligonlar holatini oʼrnatilgan talablarga muvofiqlashtirish,yopilgan poligon yerlarini toʼliq rekulьtivatsiya qilish;qattiq maishiy chiqindilar bilan bogʼliq ishlarni amalga oshirishobʼektlarida muqobil energiya manbalaridan 35 foizgacha foydalanish;Ishning maqsadi:Shu bilan birga, ekologik xavfsizlikni taʼminlashga qulay shartsharoitlar yaratish, shuningdek, aholi punktlarining sanitariya holatinilozim darajada shakllantirishga ayrim tizimli muammolar toʼsqinlikqilmoqda, xususan:birinchidan, tegishli infratuzilmani qoniqarsiz holatga va aholipunktlari xizmatlar bilan toʼliq qamrab olinishining taʼminlanmasligigaolib keluvchi maishiy chiqindilar bilan bogʼliq ishlarni amalga oshirishsohasida davlat-xususiy sheriklik yetarli darajada joriy etilmagan;ikkinchidan, tabiiy resurslardan oqilona foydalanmaslikka olibkelayotgan ikkilamchi moddiy resurslardan foydalanish holati, shuningdek,maishiy chiqindilarni qayta ishlash tizimi zamonaviy talablarga javobbermaydi; uchinchidan, aholi yashash punktlarining ifloslanishiga sabab boʼlayotgapolimer plyonkali materiallardan haddan tashqari koʼp foydalanilgan va ulartarqalgan, shuningdek, muqobil biologik chiriydigan materiallardanfoydalanish tizimi mavjud emas;Statistik taxlillarga koʼra, soʼnggi yillarda respublikamizda yiliga200 million tonnadan ortiq sanoat chiqindisi (uning 58 foizi toksikchiqindilar toifasiga mansub), 53 million tonnaga yaqin maishiy chiqindihosil boʼladi. Chiqindixonalar va chiqindi saqlash omborxonalarida 3milliard tonnaga yaqin sanoat, qurilish va maishiy chiqindi saqlanayotganihamda ular 13.3 ming gektar maydonni egallab turganini inobatga olsak,chiqindilarning salbiy taʼsirini tasavvur etish qiyin emas. Tibbiyotchiqindilari atrof-muhit va uning deyarli barcha elementlari — suv, havo,tuproq, oziq-ovqat mahsulotlarining ifloslanishi sababli aholi orasidanafaqat toʼgʼridan-toʼgʼri, balki, bilvosita infektsion va noinfektsion
kasalliklarning tarqalishi xavfini tugʼdiradi. Shuning uchun mazkur
muammoga jiddiy yondashish taqozo etilmoqda. Shuni taʼkidlash joizki, bu
chiqindilarning 60-70 foizini organik moddalar tashkil qiladi va ularniqayta ishlash natijasida katta miqdordagi energiya va energiya tashuvchilarniishlab chiqarish mumkin. Mutaxassislarning taʼkidlashicha, maishiychiqindilar butun dunyoda arzon xomashyo hisoblanadi. Rivojlangan mamlakatlar tajribasi uning 85 foizini qayta ishlash mumkinligini
Hozirgi paytda Sogʼliqni saqlash vazirligi tomonidan tibbiyotchiqindilari, yaʼni patogen mikroorganizmlar bilan zararlangan maxsuschiqindilarni yoʼq qilish va zararsizlantirish ishlari olib borilmoqda.Аmmo, bunday chiqindilar qaysi toifaga mansub, ularga qanday yondashishzarurligi xaqida oʼrganilishlar olib borilishi, «xavfli xususiyatga egaboʼlgan maxsus (spetsifik) tibbiy va biologik chiqindilar» tushunchasinikiritish va oʼrganish zarur.
qayta ishlash muammosi yaqinda bo'lib, hatto begona, shunday qilib, xalq Daily, mahsulotni katta miqdorda ishlab chiqaradi. sanoatda o'z istiqbollari bor, va ba'zi mamlakatlar, hatto qayta ishlash bo'yicha muammolarni import bu juda ajoyib bo'lgan.

IFLOSLANISH GLOBAL MUAMMO


Kundalik insoniyat binoning katta miqdorda ishlab chiqarish. Sanoat va tibbiy buyumlar va o'rtacha shaxsiy yashash uchun oddiy qilib qo'yadigan plastmassa, shisha, qog'oz va hatto har bir narsani katta hajmda qoldiqlari. qayta ishlash va qayta ishlash binoning faqat bir kichik o'z ichiga oladi. Har bir narsa undan ham va sekin zaharlar , atrof-muhit, bu binoning zaharli narsa bo'lsa ham. Tabiat qog'oz, plastik ishlab chiqarish mumkin, polietilen to'g'ri emas - u vaqt kichik quvvat sifatida olib, o'n yillar va hatto asrlar mumkin. Texnologik o'sish odamlarni yangi mahsulot ko'p bergan, lekin u ham kerak bo'lsa ham, parchalanish va tez organik qayta ishlash tobe bo'lmagan materiallar paydo bo'lishiga hissa qo'shgan. Bu faqat odamlar jiddiy bu fikr va faqat asrlar ikki vaziyatni yaqin uchun qanday o'ylash, deb hisoblanadi. Afsuski, insoniyat nodon iste'mol uzoq modellari rad jalb, va qiyin safarini kutmoqda.
reklama

HAL QILISH YO'LLARI


Ayni paytda, ayniqsa, bir kompleks taqdirda, muammo qutulish ham yordam berishi mumkin eng istiqbolli yo'nalishlaridan uch bor. ishlab chiqarish, u biyobozunur materiallar ishlab chiqarish chiqishi. axlat kattakon - qadoqlash bo'ladi: .. Plastik sumkalar, qutilari, boshqalar Qog'oz, karton va boshqa yangi materiallar - bu sayyora tozalash uchun bir qadam.
Ikkinchi chora - ijtimoiy mas'uliyat. saralash isrof - bu tabiat oddiy iste'molchi uchun, albatta, mumkin oddiy narsa. bo'limiga butun tarkib bilan tanish shug'ullanadi, agar Axir, u vaqt va energiya resurslari uchun katta bo'ladi. A tartibida axlat qayta ishlash ancha oson bo'ladi.
rag' qayta qaytish - Nihoyat, yana bir chorasi bevosita bir oldin bog'liq. Paketlar, qog'oz, plastik va shisha idishlar - barcha hayot berishi mumkin, ular axlatga bo'ladi.


Ular har ikki samarali bo'lishi va hujjat ma'nosizligini ko'rsatish mumkin bo'lsa-da, barcha bu chora-tadbirlar, o'z yo'lida yaxshi - u hukumat amalga oshirish va usullar axlat miqdorini oshirish uchun dasturiy ta'minot. 'liq.

SHAXSIYNI TASNIFI


turli darajalarga axlat berish uchun bir necha mezonlar bor. Ular orasida:

  • kelib chiqishi - maishiy va sanoat korxonalari (ishlov berish, ishlab chiqarish va boshqalar ..);

  • darajada - qattiq, ichish, gazsimon;

  • joylashtirilgan- 5 kategoriyalar - Rossiyada qurilmalar.

Birinchi marta e'tibor qaratmoqda. ishlab chiqarish, bitta ishlab chiqarish foydali emas, nima, boshqa birli manba bo'lishi mumkin. Ikkinchidan, sanoatni qayta ishlashni utilizatsiya yoki xavf tufayli atrof-muhit, ularning atrof-muhit va inson xavfsizligi mavjud bo'lishi mumkin, deb aslida zarur. Shu vaqt maishiy foydani amalda o'zlari e'tibor emas, va aslida o'rtacha Rossiya oilaga 400 dan ortiq kilogramm hosil. plastmassa va chiqindi qog'oz - bu yarim yildan. Shu bilan bir vaqtda Rossiyadan foydalanishga va maishiy vaziyatni qayta ishlashga qurildi.

QAYTA TIKLA


boshqani turli xil turli xil narsalarni talab qiladi. katta soni zararli zarardir neft qayta ishlash va yog'och operatsiya qayta ishlash va kimyo sanoati. axlatxonaga dafn yoki issiqlikni qayta ishlash - asosiy muammo sanoat ishlab chiqarishni qayta ishlash, u holda qutilish uchun yagona yo'l, keyin har doim ham imkoni bo'lmaydi, va, deb hisoblanadi.

Biz, katta inson hayotida plastmassa haqida aytgan bo'lishi kerak. Uning yordami uchun moddadan foydalanishni talab qiladi, har bir qancha ushlab bo'linadi deb aslida qiyin. Bu jarayonda, mahsulotlar katta miqdorda tashkil chunki Bundan tashqari, plastmassa termik qo'shish, masalan, oddiy, tez-tez uni yoqqa mumkin emas. Shu bilan bir vaqtda organik oziq juda ko'p vaqt talab etadi.

UCHUN


deb axlat berish chiqib tartiblashtirish uchun zarur bo'lgan, hatto oldin, shuning uchun har bir guruh, uning usullarini qayta tiklash kerak:

  1. organikni biologik davolash uchun mos kelib chiqishi chiqishi. Qog'oz, karton, oziq-ovqatni va oziq-ovqatlarni buzilib ketish mumkin. Kelajakda, ular qishloq xo'jaligida sayohat mumkin. Ba'zan, hatto bu usul tabiiy matolar qaytadi.

  2. Metall eritish mukammal fosh va qayta. asosiy muammo, faqat bir plomba muammo, misol uchun, elektr texnikasi, uning bo'linishi bo'ladi.

  3. Bizni yog'ochni qayta ishlash haqida gapirgan bo'lsa turli xil turlari, issiqlik bilan davolash. xom yonish energiya ma'lum bir yuk qabul qilish mumkin.

  4. mexaniklash () va vositalar yordamida qayta ishlash plastik. qayta, yana yangi polimer qayta-qayta yuborish mumkin bo'lgan olingan.

  5. DAFN. eng chiqindi toza atrof-muhit uzoq vaqt o'z ichiga oladi, maxsus atrof-muhit izolyatsiyasi o'z ichiga oladi. Biroz vaqtdan so'ng, ular tabiiy ravshan parchalaydi yoki qayta ishlash bo'yicha chora-tadbirlar eksport.

reklama

JOY


Qattiqni xammasi energiya va xom ashyo, qo'shimcha manba bo'lishi mumkin. Shunday qilib, G'arb umumiy sirtni uchdan ixtiyorida bo'ysunadi, qolgan qandaydir qayta tiklanish uchun mehnat qiladi. Bundan tashqari, u energiya ishlab chiqarish va materiallar ishlab chiqaradi, yomon va undan mahsulotlarni hech yig'ish bor.
Rossiyada, afsuski, yo'q ishi. tizimi saralashda o'z go ko'chada, hech bir joyda bir necha bölmeli topish uchun emas. Faqat bir kichik qismi ko'proq yoki kichik bir qayta ishlash plastik ishlab chiqarish, lekin, hatto faqat 5-7% ini har qanday harakat qiladi. katta qolgan axlat ostida tushadi.


ISTIQBOLLARI


Olimlarni qayta ishlash zarari va ko'proq foydali qilish uchun turli xil usullar bilan taklif mumkin. eng yashovchan texnologiya original komponentlar va sahifa qayta parchalab uchun imkon bo'lgan bo'lishi ko'rinadi. Bu ekologik neytral usullar Evropada test rejimida va hali qoniqarli emas.

AXLAT VA SAN'AT


Qayta ishlash va qayta tiklashni qayta ishlash - qayta ishlashni qayta tiklash, ish ko'p rassomlar va haykaltaroshlar ruhlan bir muammo. Kanada dizaynerlar parcha materiallardan to'siq to'qiy kiyim taklif. Shunisi diqqatga sazovor, bu juda isrof bo'lsa ham kiyiladi mumkin. Gollandiyadan me'moriy Firma ular qochqinlar yashash mumkin bo'lgan joylarni sun'iy orollar, barpo etish taklif issiq dog'lar. Nihoyat, bir taniqli amerikalik hudolzhnitsa Liza Houk uning rasmlari, munozarali va ajoyib cho'pni qarab. Bas, u hech narsa haqida gapirish kerak emas.

Bosh vazir birinchi o‘rinbosari Ochilboy Ramatovning matbuot xizmati O‘zbekistonda chiqindilarni qayta ishlash sohasiga oid ayrim ma'lumotlarni Kun.uz'ga taqdim etdi.



Foto: KUN.UZ
Ma'lum qilinishicha, ayni paytda respublikada 13 ta sanitariya jihatidan tozalashga ixtisoslashtirilgan davlat unitar korxonalari hamda ularning tuman va shaharlardagi 174 ta filiali, shuningdek, «Maxsustrans» DUK hamda 101 ta xususiy korxonalar faoliyat yuritmoqda.
Prezidentning 2019 yil 17 apreldagi qarori bilan, «2019–2028 yillarda O‘zbekistonda qattiq maishiy chiqindilar bilan bog‘liq ishlarni amalga oshirish strategiyasi» tasdiqlangan. Unda, qattiq maishiy chiqindilarni qayta ishlashning samarali va zamonaviy tizimini yaratish ko‘zda tutilgan.
Shu bilan birga, chiqindilarni olib chiqib ketish tariflari iste'molchilar tomonidan chiqindilar saralab yig‘ilganini inobatga olib, pasaytirilgan holda belgilanadi.
Saralangan chiqindi turi, xususan keng tarqalgan plastikni qayta ishlash muhim ahamiyatga ega. Plastikdan granula olinib, ikkilamchi xomashyoga aylanadi. Mazkur xomashyodan ko‘plab mahsulotlarni ishlab chiqarish mumkin.
Xususan, O‘zbekistonda «Sanfa Producs» kompaniyasi – birinchilardan bo‘lib klaster tizimi asosida plastik chiqindilarni qayta ishlab, tayyor mahsulot ishlab chiqarib, eksportga qo‘ygan kompaniyalardan biri.
Hozirda mazkur kompaniya bir yilda 2000 tonna plastmassa idishlarini qayta ishlash natijasida linoleum uchun asos, avtoyo‘llar, gidroinshootlarning qurilishi uchun zarur geotekstil, polimer geomembrana, yengil sanoat uchun sintepon va boshqa mahsulotlarni ishlab chiqarmoqda.
Shunday korxonalardan yana biri – Surxondaryo viloyatida joylashgan «BioTexno Eko» korxonasi bo‘lib, yillik quvvati 180 000 tonna, bir sutkada 500 tonna maishiy chiqindilarni saralab qayta ishlaydi. Tsellofan, plastik, plastmassa kabi maishiy chiqindilardan granulalar, polietilen quvurlarni ishlab chiqaradi.
Maishiy chiqindilar butun dunyoda arzon xomashyo hisoblanadi. Rivojlangan mamlakatlar tajribasi uning 85 foizini qayta ishlash mumkinligini ko‘rsatmoqda.
Shimoliy Yevropa mamlakatlarida allaqachon chiqindilarni alohida yig‘ish yo‘lga qo‘yilgan, natijada qog‘oz, plastik, alyuminiy kabi xomashyoning katta qismi qayta ishlashga yuboriladi.
«Mamlakatimizda chiqindilarni saralab yig‘ish jarayonlariga butunlay o‘tishga qancha vaqt ketishini aytish murakkab bo‘lsa-da, asosiysi O‘zbekiston bu boradagi qadamlarini tashladi. Ayni damda Toshkent shahrida mazkur jarayon uchun zarur sharoitlarni yaratish ishlari boshlandi. Majoziy ma'noda chiqindilar ikkinchi hayotga ega bo‘lmoqda», – deyiladi Ochilboy Ramatovning matbuot xizmati taqdim etgan ma'lumotda.

Mamlakatimizda ekologik xavfsizlikni ta’minlash, atrof-muhitni muhofaza qilish va tabiiy resurslardan oqilona foydalanish sohasida yirik islohotlar amalga oshirilmoqda. Mustaqillik yillarida mamlakatimizda bu sohaning zamonaviy mustahkam normativ-huquqiy bazasi yaratildi.


Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va tabiatdan foydalanish sohasidagi faoliyatni belgilab beruvchi 30 ga yaqin qonunlar va 200 dan ortiq qonunosti me’yoriy hujjatlar qabul qilindi. Shuning bilan bir qatorda hozirda jamiyatimizning rivojlanishi bilan bog`liq bo’lgan ekologik muammolardan biri chiqindilar mauammosi bo’lib, bugungi kunda chiqindilar atrof-muhitni ifloslantirishi natijasida atrof muhitga, fuqarolar hayoti va sog`lig`iga, shuningdek, jismoniy va yuridik shaxslarning mulklariga xavf tug`dirmoqda. Bunday sharoitda, hosil bo’layotgan chiqindilarni to’plash, saqlash, tashish, yo’q qilish, ko’mib tashlash, utilizatsiya qilish, ularni turlarga ajratish va qayta ishlash masalasi ustuvor vazifalardan hisoblanadi.


Chiqindilar bilan bog`liq ish­larni amalga oshirish sohasi­dagi munosabatlarni tartibga solish hamda chiqindilarni boshqarishga oid davlat siyosatini yuritish maqsadida 2002 yil 5-aprelda «Chiqindilar to’g`risida»gi O’zbekiston Respublikasi Qonuni qa­bul qilingan. Qonunning asosiy vazifasi chiqindilarning fuqarolar hayotiga va sog`lig`iga, atrof-muhitga zararli ta’­sirining oldini olish ham­da chiqindilar hosil bo’lishini kamaytirishdan iboratdir. Bundan tashqari, O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2014-yil 15-iyuldagi 194-son qarori bilan tasdiqlangan qattiq va suyuq maishiy chiqindilarni to’plash va olib chiqib ketish xizmatlari ko’rsatish qoidalari, O’zbekiston Respublikasi Adliya vazirligida 2014-yil 12-noyabrda 2625-son bilan ro’yxatga olingan O’zbekiston "O’zkommunxizmat" agentligi bosh direktorining 2014-yil 16-oktyabrdagi 104-son buyrug`i bilan tasdiqlangan maishiy chiqindilarni tashish qoidalari va shu kabi bir qator qonunosti hujjatlari bilan tartibga solingan.


Dunyoning deyarli barcha mamlakatlarida qattiq maishiy chiqindilar aholi jon boshiga hisoblaganda har yili bir foizga oshib borayapti. Bu esa o’z navbatida jahonning ekologik barqarorligiga o’zining salbiy ta’sirini ko’rsatmay qolmaydi, albatta. Mutaxassislarning hisob-kitoblari bo’yicha, bugungi kunda chiqindining 800 dan ortiq turi qayd etilgan bo’lib, kelajakda chiqindining tur ko’rsatkichi bundanda yuqoriga qarab o’sishi mumkin. Energetika, rangli va qora metallurgiya, kimyo sanoati va qurilish industriyasida foydalaniladigan materiallardan hosil bo’lgan chiqindilar atrof-muhitni ifloslantiruvchi asosiy manbaga aylanmoqda. Ularni e’tiborsiz qoldirish esa tabiiy resurslar va tabiatning kutilmagan o’zgarishlariga sabab bo’ladi. Chunki hatto tabiiy xomashyodan tayyorlangan mahsulotning ham yerga singib, qo’shilib ketishi uzoq vaqt davom etadigan jarayon hisoblanadi. Masalan, qog`oz chiqindiga aylanganidan so’ng faqat uch oydan keyingina chiriy boshlaydi. Plastik, polietilen xaltachalarning biologik komponentlarga to’liq ajralishi uchun 400-450 yil talab etilsa, shisha faqat million yildan keyingina to’la yo’qolishi mumkin.


Shuni ta’kidlash joizki, bu chiqindilarning 80 foizini organik moddalar tashkil qi­ladi va ularni qayta ishlash natijasida katta miqdordagi energiya va energiya tashuvchilarni ishlab chiqarish mumkin. Mutaxassislarning ta’kidlashicha, maishiy chiqindilar butun dunyoda arzon xomashyo hi­soblanadi. Rivojlangan mamlakatlar tajribasi chiqindilarning 85 foizini qayta ishlash mumkinligini ko’rsatmoqda. Ayrim mamlakatlarda chiqindilarni alohida yig`ish tizimi yo’lga qo’yilgan. Natijada qog`oz, plastik, alyuminiy kabi xomashyoning katta qismi qayta ishlashga yuboriladi. Bu jarayonning atrof muhitga ijobiy ta’siri juda katta. Chiqindilarni qay­ta ishlash natijasida mahsulot ishlab chiqarish uchun sarflanadigan energiya va xomashyo­ miqdori 50 foizgacha tejalishi mumkin.


Bugungi kunda yer yuzidagi ko’pgina rivojlangan davlatlarda yuzaga kelayotgan noxush vaziyat va ekologik muammolarni bartaraf etish maqsadida chiqindidan unumli foydalanish yo’lga qo’yilmoqda. Ayrim mamlakatlarda chiqindilarni turlarga ajratib, alohida yig`ish tizimi yo’lga qo’yilgan bo’lib, Yaponiyada rezina mahsulotlarining 34 foizi, qog`oz va kartonning 54 foizi, shisha buyumlarning 43 foizi chiqindini qayta ishlash hisobiga tayyorlanadi. Xitoyda esa metalldan yasalgan buyumlarning 33 foizi, jun, ipak va charmdan tayorlangan buyumlar, hatto attorlik buyularining 34 foizi turli xil chiqindilarni qayta ishlash orqali tayyorlanadi.


Shveysariya esa bugungi kunda chiqindilarga eng e’tiborli mamlakat sifatida e’tirof etilmoqda. Sababi bu davlatda chiqindilar fuqarolar tomonidan turlarga ajratilgan holda maxsus konteynerlarga tashlanishi lozim. Bu tartibga rioya qilmagan fuqaro esa jarimaga tortiladi. Chiqindilar turlarga ajratilmagan holda bir idishga joylashtirilishiga ham ruxsat beriladi, ammo u ma’lum miqdorda soliq to’lashi lozim. Shuning uchun ham bu mamlakatda fuqarolar chiqindilarni ikkilamchi qayta ishlash punktlariga topshirishni afzal ko’rishadi. Bu kabi misollarni dunyoning ko’plab rivojlangan mamlakatlarida keltirib o’tish mumkin.


Amaliyot shuni ko’rsatadiki, qattiq maishiy chiqindilarni alohida to’plash tizimini joriy etgan xorijiy mamlakatlarda qog`oz, shisha, plastik chiqindilarning turli konteynerlarga joylashtirilishi ushbu materiallardan mahsulot ishlab chiqarishga ixtisoslashgan zavod va fabrikalarda qiziqish uyg`otmoqda. Saralangan oziq-ovqat chiqindilari biogaz ishlab chiqarish imkonini bersa, rangli metallar ikkilamchi ishlab chiqarishga yo’naltirilmoqda. Fan-texnika va texnologiyalarning jadal rivojlanishi jarayonida aholi iste’moli uchun yaroqsiz bo’lgan ishlab chiqarish mahsulotlarining chiqindi sifatida tashlab yuborilishi, insonning tabiatga ko’rsatayotgan salbiy ta’siri sifatida tobora avj olib bormoqda. Inson va tabiat o’rtasidagi munosabatlar murakkablashib, ushbu ta’sir tabiiy omillar bilan qiyoslanadigan darajaga yetdi. Shuning uchun bugungi kunda tobora ko’payib borayotgan chiqindilarni to’g`ri boshqarish orqali atrof muhitni muhofaza qilish, hozirgi davrning eng dolzarb muammolaridan biri hisoblanadi. 


Ekologik muammolarni hal qilishda turli xil chiqindilarni qayta ishlash va uning me’yor hamda turlarini kamaytirish, ulardan ikkilamchi xomashyo sifatida qayta foydalanish orqali atrof muhitga chiqadigan ekologik salbiy oqibatlarning oldini olish va bundan tashqari ta’lim muassasalaridagi o’quvchi, talaba yoshlarga, hatto shahar, qishloq va mahallalarda fuqarolarga ham chiqindilarni to’g`ri boshqarish ta’limini yo’lga qo’yish muhim vazifadir.


Tahlillarga ko’ra, so’nggi yil­larda respublikamizda yiliga 100 million tonnadan ortiq sanoat chiqindisi, 35 mil­lion tonnaga yaqin maishiy chiqindi hosil bo’ladi. Chiqindi poligonlarida 2 milliard tonnaga yaqin sanoat, qurilish va maishiy chiqindilar saqlanayotgani ham­da ular 12 ming gektar may­donni egallab turganini inobatga olsak, chiqindilarning salbiy ta’sirini tasavvur etish qiyin emas.


Qattiq maishiy chiqindilarni turlarga ajratilgan holda alohida to’plashni qat’iy tarzda yo’lga qo’yilishi mamlakatimizda ekologik xavfsizlikni ta’minlash borasida muhim ahamiyat kasb etadi. Sababi, plastik butilkaning to’liq parchalanishi uchun kamida 700 yil talab etiladi. Plastik idishlar, polietilen paketlar va boshqa chiqindilar suv havzalariga tushib, atrof-muhit zararlanishiga sabab bo’ladi va inson salomatligi uchun xavf tug`diradi. Yoki energiya beradigan asboblar (batareya va akkumulyator) ni umumiy chiqindilarga qo’shib yuboramiz. Vaholanki, birgina shunday element 20 kvadrat metr yerni zaharlaydi. Uning tarkibidagi og`ir metallar esa tuproq va yerosti suvlariga singadi.


Mamlakatimizda ham maishiy chiqindilarni qayta ishlash masalasiga katta e’tibor qaratib kelinayapti. Chiqindilar bilan bog`liq ish­larni amalga oshirish sohasi­dagi munosabatlarni tartibga solish maqsadida 2002-yilda O’zbekiston Respublikasining "Chiqindilar to’g`risida”gi Qonuni qabul qilingan. Qonunning asosiy mazmuni chiqindilarning fuqarolar hayoti, sog`lig`i va atrof-muhitga zararli ta’­sirining oldini olishga qaratilgan. Vazirlar Mahkamasining 2014-yil 27-oktyabrdagi "Chiqindilar bilan bog`liq ishlarni amalga oshirish sohasida davlat hisobi va nazoratini olib borish tartibi to’g`risidagi nizomni tasdiqlash haqida” qarori va yana bir qator qonun hujjatlari bu boradagi ishlar uchun dasturilamal bo’layapti.


Ko’rilayotgan chora-tadbirlar chiqindilar bilan birga, qimmatli modda va materiallarning yo’q bo’lib ketishiga yo’l qo’ymaslik, atrof-muhitning sanoat va maishiy chiqindilar bilan ifloslanishining oldini olish, qattiq maishiy chiqindilarning yig`ilishi, zararsizlantirish muammolarini hal etishga yo’naltirilgan. Bu borada esa qishloq joylarida uy xo’jaliklaridan chiqqan turli, ayniqsa, chorva mollari chiqindilarini yo’qotishning eng samarali usullari kompostlash orqali muammo yechimini bartaraf etish mumkin. Bu esa tuproq unumdorligini oshiruvchi ekologik toza, ogranik o’g`it va ularni dalaga qo’llash texnik va iqtisodiy jihatdan arzon, qulay va samarali vosita hisoblanadi. Bundan tashqari ulardan tabiiy, ekologik toza va arzon biogaz ham olish mumkinki, bu esa o’z navbatida viloyatning chekka tumanlaridagi aholini tabiiy gaz yetishmovchiligi muammosini hal qilishga yordam beradi. 


Mamlakatimizda iste’molchilar endi qattiq maishiy chiqindilarni alohida paketlarga joylashtirishlari, plastmassa, metall (turlari bo’yicha), shisha buyumlari, qog`oz chiqindilari, shuningdek, biochiqindilar va qayta ishlanmaydigan hamda utilizatsiya qilinmaydigan boshqa chiqindilar alohida saralanishi lozim. Chiqindi to’plash shoxobchalari chiqindilarni alohida to’plash uchun rangi, belgisi va yozuvi bilan ajralib turadigan maxsus konteynerlar bilan jihozlash, bundan tashqari, tarkibida simob bo’lgan lampalar ham boshqa chiqindilardan alohida saqlanishi shart. Ular maishiy chiqindilarni qabul qilish shoxobchalaridagi maxsus konteynerlarga joylashtirilishi lozim.


Aholining qattiq maishiy chiqindilarni ko’chalar, suv yo’li, ariq va qattiq maishiy chiqindilarni to’plash va ko’mish uchun ajratilmagan joylarga tashlashi qat’iyan taqiqlanadi. Fuqarolar va xizmat ko’rsatish tashkilotlari tomonidan chiqindilarni aholi yashash joylarida, tabiatni muhofaza qilish, sog`lomlashtirish, rekreatsion va tarixiy-madaniy ahamiyatga ega bo’lgan yerlarda, suvni himoya qilish zonalari va suv ob’ektlarining sanitariya-qo’riqlash zonalari chegaralarida, shuningdek, fuqarolar hayoti va salomatligi uchun xavf vujudga kelishi mumkin bo’lgan boshqa joylarda hamda muhofaza etiladigan tabiiy hududlar va ob’ektlarda saqlash va ko’mish taqiqlanadi.


Qattiq va suyuq maishiy chiqindilarni olib chiqib ketishning davriyligi sanitariya me’yorlari va kasallik paydo qiluvchi bakteriyalar rivojlanishining oldini olish qoidalari hamda joylardagi iqlim sharoitlaridan kelib chiqqan holda, mahalliy hokimliklar tomonidan belgilanadi. Qattiq maishiy chiqindilarni olib chiqib ketishning minimal davriyligi chiqindi yig`ish punktlaridan har kuni va xususiy sektordan uch kunda bir marta amalga oshiriladi. Chiqindi va qattiq maishiy chiqindilarni o’z vaqtida olib ketilishi ustidan jamoatchilik nazorati fuqarolarning o’zini o’zi boshqarish organlari zimmasiga yuklatilgan.


Qoidaga muvofiq, sanitariya-tozalash tashkilotlari belgilangan muddatda chiqindilarni olib chiqib ketishi, iste’molchilarga sifatli xizmat ko’rsatishi, aholini zarur miqdordagi chiqindi to’plash shoxobchalari va konteynerlar bilan ta’minlashi, shuningdek, ularning holatini nazorat qilib borishi kerak.


Shuni alohida ta’kidlash joizki, O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2013-yil 3-dekabrdagi 315-son "Respublika aholi punktlarida sanitariya jihatidan tozalash tizimini rivojlantirish va takomillashtirish chora-tadbirlari to’g`risida”gi qaroriga asosan Davlat byudjeti mablag`lari hisobidan bosqichma – bosqich keng ko’lamli ishlar amalga oshirilmoqda. Qarorda belgilangan dasturlarni amalga oshirish bo’yicha tasdiqlangan moliyalashtirish manbalaridan biri hisoblangan respublika byudjeti hisobidan jami 65,0 mlrd. so’m mablag` ajratilgan bo’lib, shundan 58,4 mlrd. so’m 400 dona chiqindi chiqarish maxsus texnikasi sotib olishga, 6,6 mlrd. so’m obodonlashtirish boshqarmalari hisobida bo’lgan qattiq maishiy chiqindilar poligonlariga xizmat ko’rsatish uchun 65 dona maxsus texnika sotib olishga yo’naltirilgan. Barcha tumanlar obodonlashtirish boshqarmalari 400 dona chiqindi chiqarish maxsus texnikasi va 65 dona samosval va avtopogruzchik maxsus texnikalari bilan ta’minlangan. Shuningdek, 21117 dona chiqindi yig`ish maydonchalarini qurish va ularni 5015 dona konteynerlar bilan ta’minlash ishlariga jami 17,3 mlrd. so’m, 51 ta mavjud qattiq maishiy chiqindi poligonlarini tartibga keltirish va texnika bilan jihozlash uchun 16,3 mlrd. so’m, 49 ta yangi barpo etiladigan qattiq maishiy chiqindi poligonlarini qurish va texnika bilan ta’minlash uchun 2,3 mlrd. so’m mablag` ajratilib, belgilangan ishlar amalga oshirilgan.




Muxtasar aytganda, chiqindilarni boshqarish jarayonida kommunal xizmatlar ko’rsatish qoidalarining me’yor va talablariga to’liq rioya etish nafaqat mahalliy hokimiyat organlari, mas’ul tashkilotlar, fuqarolarning o’zini o’zi boshqarish organlari yoki xususiy uy-joy mulkdorlari shirkatlari, balki iste’molchilarning tashabbuskorligi va faolligiga ham bog`liqdir. Bu borada har bir fuqaro mamlakatimizda amalga oshirilayotgan islohotlar, avvalo, inson manfaatlarini himoya qilish, aholining turmush darajasi va sifatini oshirishga qaratilganini anglab yetishi muhimdir.
Download 429.65 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling