Qattiq dori shakllarining biologik samaradorligini aniqlash tabletkalarning erishi testini ishlab chiqish
-rasm. Dori preparatlarining biologik samaradorligini o‘rganishda qo‘llaniladigan farmakokinetikaning asosiy parametrlari
Download 0.76 Mb.
|
Qattiq dori shakllarining biologik samaradorligini aniqlash tabletkalarning
- Bu sahifa navigatsiya:
- 3.2-rasm.Dori vositasini ikki xil dori shaklida qo‘llanilgandagi konsentratsiya dinamikasi
- 3.3-rasm. Dorivor moddani minimal zaharlilik konsentratsiyasini (MZK) va minimal ta’sir konsentratsiyasini (MTK) dori shaklini ikkita (A va
3.1-rasm. Dori preparatlarining biologik samaradorligini o‘rganishda qo‘llaniladigan farmakokinetikaning asosiy parametrlari:
1-maksimal konsentratsiya (S); 2- pik; 3-maksimal konsentratsiya hosil qilish vaqti (t) ;4- egri chiziqli yuza ostidagi “konsentratsiya-vaqt”. 3.2-rasm.Dori vositasini ikki xil dori shaklida qo‘llanilgandagi konsentratsiya dinamikasi: A dori shakli; 2- B dori shakli; R – dori vositasining pik konsentratsiyasi; MTK – minimal ta’sir konsentratsiyasi. 3.3-rasmda bir dori vositasi ikki xil dori shaklida A va B qo‘llanilganda MTK 6 mkg/ml va minimal zaharlilik konsentratsiyasi (MZK) 8 mkg/ml bo‘lgan kinetikasi keltirildi. A shaklda qo‘llanilganda modda konsentratsiyasi MZKsi yuqori, va mos holda u zaharli ta’sirga ega. B shaklda qo‘llanilganda esa dori vositasi qonda terapevtik konsentratsiyada saqlanadi, ammo zaharlilik konsentratsiyasiga yetmaydi va organizmni zararlamaydi. Ikkinchi asosiy parametr bo‘lib, biologik suyuqlikda R maksimal konsentratsiya bo‘lgungacha ketgan vaqt hisoblanadi. 3.3-rasm. Dorivor moddani minimal zaharlilik konsentratsiyasini (MZK) va minimal ta’sir konsentratsiyasini (MTK) dori shaklini ikkita (A va B) ko‘rinishida qabul qilinganda qondagi uning konsentratsiyasini dinamikasi bo‘yicha aniqlash. 1-dori shakli A; 2-dori shakli B; R- dorivor moddani maksimal konsentratsiyasi; AUCA=34,4 (mkg/ml)·s, AUCB=34,2 (mkg/ml)·soat 3.3-rasmdan dori vositasining maksimal konsentratsiyasi uni A shaklidan foydalanilganda 1 soatdan keyin erishiladi, B shaklida esa 4 soatdan keyin erishiladi. Faraz qilamiz, bu holda dorivor modda uyqu keltiruvchi vosita. U minimal terapevtik konsentratsiyaga yetib uxlatish ta’sirini birinchi holatda 30 daqiqadan keyin ko‘rsatadi, ikkinchi holda esa faqatgina 2 soatdan keyin ko‘rsatadi. Shu bilan birga uyqu dorisini ta’siri A shakldan foydalanganda 5,5 soat davom etadi, ikkinchi holatda (B shaklidan foydalanilganda) 8 soatgacha ta’siri davom etadi. Shunday qilib, bir xil uyqu vositasini, farmakokinetik xususiyatlarini hisobga olgan holda ko‘rsak, turli dori shakllarida uning tibbiyotda ishlatish yo‘riqnomalarida farq bo‘ladi. A shaklidagi vositani uxlash qiyinlashgan holatda ishlatish maqsadga muvofiqdir, B shakldagi vositani uyqi vaqtini o‘zgarganda uni uzaytirish uchun ishlatish maqsadga muvofiq hisoblanadi. Uchinchi, biosamaradorlikning yanada asosiy parametri bo‘lib, egri chiziq ostida “konsentratsiya-vaqt (AUC)” hisoblanadi.– bu egri chiziq tagida joylashgan yuza “konsentratsiya vaqt” (AUC), bu ko‘rsatkich bir marta preparat qabul qilingandan keyin qonga tushgan dorivor moddaning miqdorini ko‘rsatadi. 3.3-rasmdabirxil dori moddasini ikki xil dorishaklidagi biologik samaradorligini ko‘rsatkichlarini xarakterlovchi egri chiziqlar keltirilgan. Bu egri chiziqlar turli shaklda, turli maksimumda MTKga yetish vaqtlarini turliligini ko‘rsatadi. Shu bilan birga bu egri chiziqlar tagidagi yuzalar bir xil (AUC A shakl uchun 34,4(mkg/ml) soatga teng, B shakl uchun 34,2(mkg/ml) soat) teng, demak ikkala dori shakllari dorivor moddani qonga bir xil miqdorda tushishini ta’minlaydi. Lekin, ular dorivor moddani adsorbsiya darajasi va MTKga yetish tezligi turliligi bilan farq qiladi, bu ularni terapevtik ta’sirini miqdor va sifat parametrlariga katta ta’sir o‘tkazadi, demak ularni bioekvivalent dori preparatlari deb bo‘lmaydi. Bu sifat ko‘rsatkichini bir xil tarkibli va ta’sirli, lekin turli farmatsevtik korxonalarda ishlab chiqarilgan preparatlarni tavsiya etish va qabul qilishda nazarda tutish lozim. 3.4-rasmda bir xil moddani uch xil A, B, V dori shakllarida ishlatilgandagi kinetikasini ko‘rsatuvchi egri chiziqlar keltirilgan. Egri chiziq ostidagi yuza A shaklda B shaklga nisbatan katta, V shaklda esa yanada katta ekanligini ko‘rsatib turibti. Bundan ko‘rinib turibdiki, A dori shakli dori moddasini qonga so‘rilishini B va V shakllarga nisbatan yaxshiroq ta’minlaydi. Shunday qilib, turli generik preparatlarini, dori shakllarini davolash jarayonida analogi bilan almashtirishda biologik samaradorlikni parametrlarini hisobga olish kerak bo‘ladi. Dorivor moddani absorbsiya darajasi va maksimal konsentratsiyaga yetish tezligi orasidagi farq nafaqat trepevtik ta’sirini parametrlarining miqdoriga, balki uning sifat ko‘rsatkichlariga ham ta’sir etadi. Download 0.76 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling